Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: O ’qivchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda ona haqidagi asarlardan keng foydalanishni yo’lga qo’yishni ana shu orqali ularda odob-axloq malakalarini rivojlantirish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutildi:
Bugungi kunda odob-axloq sifatlarni shakllantirishda o’qituvchilar duch keladigan muammolar o’rganib chiqildi;
Ona haqidagi asarlardan foydalanib o’quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish ishlarini amalga oshirish yo’llari o’rganilib, darslarda ulardan foydalanish yo’lga qo’yildi;
“Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va sog’lom o’sishi, balki ularning zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan inson bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bera oladigan barkamol avlod bo’lib, voyaga yetishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”1.