Boshlang'ich sinf o’quvchilariga ona haqidagi asarlarni o'rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan. Reja: kirish



Yüklə 449,37 Kb.
səhifə7/15
tarix13.02.2023
ölçüsü449,37 Kb.
#84159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
2 5199617163794586071

Biz-biz edik, biz edik,
O'ttiz ikki qiz edik.
Ikki safga tizildik,
Birin-ketin uzildik.
Shov tegirmonning toshi,
Oltin egarning boshi.
Shuni topgan bolaning Yuzyigirma ikki yoshi.
Bir uychada turadi,
O'ttiz ikki pahlavon.
Birdek kiygan libosi,
Birdek ahil-jonajon.
Topishmoq janri yozma adabiyotning rivojiga ham barkali hissa qo'shgan. Chumnchi, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, ОуЬек, Gafur G'ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Po'lat Mo'min, Qudrat Hikmat, Anvar Оbidjon va boshqa qalamkashlar tomonidan yaratilgan nazm va nasrda o'z ifodasini topshganligini koramiz.



  • To'ni silliq, tukiyo'q. Hammasi to'q, pokyo'q, Ichi qizil, ko 'ki yo 'q,

Uni cho'qolmas chumchuq, Bu nima, qizim Qunduz?

  • Bumi, dadavoy? (Tarvuz.)

  • Malla tukli, sap-sariq, Murabbosi mazalik. Palovga bossa bolar, Podvalga ossa bolar. Tishlab kodib, ayt, Mehri,

  • Bumi dadavoy? (Behi.)
Masalan, G'afur G'ulom “Oylashni o'rganamiz”, “Buni toping, qizlarim” asarlarida topishmoq janrini yuksak qadrlaganligini ko'ramiz. Chunonchi, “Buni toping, qizlarim” topishmoq asari kichkintoylarning ong, tushuncha, fikrlarini rivojlantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi:
Topishmoq janri bugungi o’qish darslarini tushunarli, ta’sirli, qiziqarli qilib o'tishda, bolalarning o'y-fikrlarini jamlashda soha muallimlariga ham juda qo'l kelmoqda.
Yuqoridagi sharhlardan ko'rinadiki, bola topishmoqsiz o'smaydi. U kattalar, bolalar davrasida ko'plab fikrlar qayrovi - jumboq tinglaydi, o'zi ham qatnashadi va echadi. Bu esa uning kelajakda o'ziga pishiq -puxta, aqlli, zakovatli inson bo'lib kamol topishi uchun mustahkam zamin bo'ladi.
TEZ AYTISH
Xalq og'zaki ijodining eng ko'p tarqalgan va muhim janrlaridan biri tez aytish. Tez aytish bolaning tilini ravon, burro qilishdan tashqari, aqliga - aql qo'shadi, ongini rivojlantiradi, xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga, el-yurtiga, o'zini qurshab olgan olamga nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod har gal o'zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o'zlashtiradi. Bu yo'l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona,foydali, porloq kelajak yo'lidir.
Tez aytishni qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga, tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so'z o'yini bilan ijro etiladigan har bir tez aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo'ladi. SHulardan birinchisi qayta- qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon bo'ladi. Bularning hammasi yig'ilib bola tarbiyasiga bog'lanadi. Bola olamga kelishi bilanoq uni kelajakda komil inson bo'lib o'sishi uchun mana shunday chora - tadbirlarni qo'llashga to'g'ri keladi. Aks holda bu ish kechiktirilsa, ko'zlangan natija chiqmay qolishi mumkin.
Novvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar, -
deyilgan tez aytish shu asosda yuzaga kelgan.
Insonning o'zi, uyi - oilasi, ona-Vatani tinch bo'lsa, bu bitmas-tuganmas shodlik, baxt. Mana shu baxt uchun kurashish g'oyasini kichkintoy qalbiga singdirib borishda ona haqidagi tez aytishlarni o’rganish foydadan holi bo'lmaydi.
Mehnatkash xalq o'z ijodida hech narsaga befarq qaramagan. Hatto, insonning kiyim-kechagi, boringki, dastro'molu sochiqlar to'g'risida ham munosabat bildirgan. Qarang, sodiq sochini sochiqqa artdi. Bu tez aytishga asos bo'lgan narsa birinchi navbatda, inson yuvinib -taranib, pokiza bo'lib yurishi lozim. Ikkinchidan, o'zi tutadigan buyumi ham risoladagidek bo'lmog'i kerakligi tez aytishda ko'zga tashlanib turibdi.
Odamzod ota-ona, buvi-bobolar yordami, ularning aytib beradigan alla- qo'shiq, maqol, masal, topishmoq, tez ayrish, ertaklari bilan kamol topadi, o'sadi, ulg'ayadi. Odob, o'qish, kasb -hunarni egallash ham shu zaylda kamolot cho'qqisiga ko'tariladi. Inson qanchalik og'ir-bosiq bo'lsa, u hamisha ezgulik sari intilsa, kurashsa; kam gapirib ko'p o'qisa, o'rgansa, o'z sohasining etuk kishisi bo'lsa shu kishi baxtiyordir. Ana o'shanda xalq to'qigan mana bu tez aytish ham zoye ketmagan bo'ladi:

Yüklə 449,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin