Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda pedagogik



Yüklə 287 Kb.
səhifə4/12
tarix27.04.2023
ölçüsü287 Kb.
#103360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Azizova Nafisa shoyusupova (2)

Texnologik operasiya - ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.
Texnologik xarita- ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.
Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.
Ana shu ta`rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchining o’quvchilarga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi
Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo‘lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o‘ziga xos jihati – tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o‘zining ko‘p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to‘liq namoyon bo‘lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog‘liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog‘liq.
Ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardandir Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshirфdi, o’quvchilarning mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki ular kabi boshqalari ham o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma’lum “material“ bilan ish ko’radi.Biroq Pedagogik Texnologiyalar inson ongi bilan bog’liq bilimlar soxasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos tomonlari –tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga ta’sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Pedagogik texnologiya asosida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to’liq bajarishi mumkin. Natijada, mantiqiy bog’langan qisqa yo’llardan shunday olib boriladiki, oqibatda o’quvchilar deyarli xato qilmaydilar va o’quvchi ularning natijasini ma’lum qilish bilan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta’lim maqsadini to’la amalga oshirish sari yana yangi qadamlar qo’yiladi.



Yüklə 287 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin