Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ona tili o'qitishning mazmuni va metodlari o'quvchilarga dastur ta'lab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko'nikma va malaka hosil qilishga ko'maklashish lozim.
Mazkur maqsad va vazifalarni to'laqonli bajarish uchun o'qituvchi faqat dars bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Darsdan tashqari paytlarda ham muntazam ish olib borishi yaxshi natija beradi.
Kurs ishining obyekti.Kurs ishida Boshlang`ich sinflarda ona tilidan o`quvchilarning yozilishi qiyin so`zlarni yozishga o`rgatishda zamonaviy pedagogika texnologiyalari asosida o`rganishni anniq belgilab beradi .
Kurs ishining predmeti. Boshlang'ich sinf ona tili ta'limi o'quvchilarga nutq faoliyatining asosiy turlarini o'stirish masalalarni hal etadi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida o`rganish shuning barobarida o`quvchilarini ona tili darslarida bo`lgan darslarini oshirishdan iborat deb belgiladik.
Kurs ishining amalliy ahamiyati.Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini takomillashtirish, ona tilidan o`quvchilarning yozilishi qiyin so`zlarni yozishga o`rgatish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi. Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda mustahkamlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda oldin o'tilganlarni takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar, mustahkamlaydilar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.Kurs ishi, kirish , 2 ta asosiy bob, 4 ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Tavsiyalar Boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq o'stirish uch yo'nalishda: so'z ustida ishlash, so'z birikmasi va gap ustida ishlash, bog'lanishli nutq ustida ishlash orqali amalga oshirilishi metodik adabiyotlarda qayd etilgan. Savod o'rgatish darslarida ham yuqoridagi uch yo'nalish bo'yicha ish olib boriladi. Ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi, shu jumladan savod o'rgatish ham o'quvchilar nutqi va tafakkurini o'stirish bilan bog'liq holda uyushtiriladi. Savod o'rgatish davridagi ishlarning miqyosi keng bo'lib, ekskursiyalar, bolalarning kuzatishlari, predmet va sujetli rasm yuzasidan suhbat va shu kabiiar bilan bog'lanadi.
Bu davrda o'quvchilar nutqini o'stirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) o'quvchilar nutqidagi kamchiliklarni to'g'rilash;
2) ularning tasavvur va tushuncha doirasini kengaytirish bilan bog'liq holda lug'atini boyitish;
3) o`quvchilar nutqidagi ayrim so'zlarning ma'nosiga aniqlik kiritish;
4) gap va uch-to`rt gapli kichik ,,hikoya" (bog`lanishli nutq)ni og`zaki to`g`ri tuzish ko'nikmasini o`stirish. Bolalar bu davrda, birinchidan, kiyim-kechak, ish qurollari, mevalar kabi predmetlar bilan tanishish yordamida so'zni ongli ishlatishga; ikkinchidan, turli sodda yig`iq gap (Bolalar yuguiyaptilar), sodda yoyiq gap (Lola do'konga bordi), uyushiq bo'lakli gap (Anvar o`qidi va yozdi) tuzadilar.
Ular bu ko`nikmalarni amaliy mashqlar yordamida egallaydilar. Bolalarning shaxsiy tajribalari, kishilar hayoti va tabiatni kuzatishlari nutq o`stirish uchun asosiy manba hisoblanadi. Narsalar, uy-ro'zg'or buyumlari, o`simliklar, hayvonlar qiziqarli suhbat uchun mavzu bo'lib xizmat qiladi.
Bu jarayon o`quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning barmoq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali jismoniy mashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yozuv jarayonida o'quvchi ruchkani qog'oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to'xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba'zan chiziqdan chiqib ketadi, noto'g'rilarini bo'yab, to'g'rilaydi. Bunda u o'qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi, uning qo'li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni o'quvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi.
So'zlarni o'qishga o'rgatishda bilib o'qitishdan tashqari jadvallar ham yaxshi samara beradi. 24 Umuman olganda, har bir o'qish darsida albatta bo'g'in tuzilishi murakkab so'zlarni o'qish mashqi o'tkazilishi lozim. Bu usul o'quvchilarda o'qish malakasining takomillashuviga yordam beradi. O'qishga o'rgatishda so'zlarni va gaplarni to'ldirib o'qish ko'nikmalarini hosil qilish o'quvchini gap tuzishga, tez fikrlashga yo'naltiriladi. O'quvchi tushirib qoldirilgan harf va so'zni rasmga qarab topadi, uning gap mazmuniga mos yoki mos emasligiga e'tibor beradi, o'rtoqlariga nisbatan tez topib, o'qituvchining raxmatiga sazovor bo'lishga intiladi. «Alifbe» darsligidagi matnlarda turli tinish belgilari ishlatilgan. Ular shularga mos ohang tanlashni, to'xtash, pauza qilish o'rinlarini belgilab olishni taqozo etadi. Bunda ham o'qituvchining tushuntirishi (birinchi uchragan tinish belgini izohlashi) va ifodali o'qish namunasini ko'rsatishi katta ahamiyat kasb etadi.