Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy tafakkurini o‘stirishda qo‘llanadigan usullar
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshang‘ich sinf o‘qituvchisi Eshboyeva Gulasal Edilovna Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy tafakkurini o‘stirishda qo‘llanadigan usullar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: pedagogika, maqsad,ta’lim va tarbiya, munozara, aqliy tafakkur…
Boshlang‘ich sinflarda tabiat, atrofimizdagi olam, kattalarga hurmat, muomala madaniyati to‘g‘risidagi bilimlar tarkibiga jonsiz tabiat jismlari va hodisalari, o‘simlik va hayvonlar, odam tanasining tuzilishi va salomatlikni muhofaza qilish, yilning har xil fasllarida qishloq xo‘jalik mehnati to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalar, oddiy geografik tasavvur hamda tushunchalar kiradi. Bolalar maktabga kelishi bilan o‘qituvchi rahbarligida atrof olam bilan maqsadga yo‘nalgan holda tanishib boradilar. Atrof olam bilan dastlabki tanishish ularning sezgi organlarining qabul qilishiga asoslanadi. Olamni bilib olishning birinchi bosqichi bolalarning barcha yangiliklarni qarab chiqishga, iloji bo‘lsa ushlab ko‘rishga qaratilgan tug‘ma intilishdir. Shunga ko‘ra dastlabki tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirishda o‘quvchiga o‘rganish obyekti bilan bevosita muloqotda bo‘lish imkoniyatini berishi kerak.
O‘quvchilar tafakkurini rivojlantirmasdan, ularni fikrlash ishiga jalb qilmasdan turib tushunchalarning o‘zlashtirilishiga erishish mumkin emas. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini rag‘batlantirish uchun o‘qituvchi mavzu va dars boshida ular oldiga muammolar qo‘yadi. O‘qituvchi tushunchalar tarkibini bilib, ularni tashkil qiluvchi elementlar bo‘yicha o‘quvchilar bilimini obyektiv baholashi mumkin. Tushunchalarni o‘zlashtirilishining qadrini bilish o‘qituvchiga o‘qitishning borishini fahmlashga, bilimni o‘zlashtirish jarayoniga to‘g‘ri rahbarlik qilishga yordam beradi. Tushunchalarni ajratib o‘qituvchi tegishli metodik uslublarni tanlaydi va qo‘llanadi.Mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish. Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutq katta rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilari nutqining to‘g‘ri bo‘lishini kuzatib borishi kerak. Nutqni mashqlantirish uchun eng muhim materiallardan biri o‘quvchi atrofidagi tabiatdir. Atrof tabiat bilan tanishtirish bolalarning kuzatishlariga asoslanadi. Tabiatni kuzatish jarayonida to‘plangan material leksikani boyitish, jumlalar va og‘zaki hikoyalar tuzish, lug‘aviy mashqlar, yozma insho bajarish, suhbatlar o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Ko‘pincha kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari tabiatni kuzatib, xulosa chiqara olmaydilar, bajargan ishlarining mazmunini aytib berolmaydilar, kuzatishlarini amaliy tajriba, darslik matni bilan bog‘lashga qiynaladilar, o‘rganilgan mavzu bo‘yicha og‘zaki hikoya tuzolmaydilar. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarida foydalanish uchun nutqiy mashqlar ishlay turib, o‘qituvchi aqliy ishning muayyan shakllariga — tahlil va sintezga, induksiya va deduksiyaga eng muhim belgilarni ajratishga, umumlashtirishga, fikr yuritish bo‘yicha masalalar yechishga, sabab va oqibat bog‘lanishlarini aniqlashga, taqqoslash va qarama - qarshi qo‘yishga tayanish kerak.
“E’tiboring bo‘lsin!” usuli o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrlarini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgartirishga ishontiradigan g‘oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo‘llanadi. O‘quvchilar shuningdek, maktab, mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterli bo‘lgan eng dolzarb muammolar o‘z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o‘rganadilar.O‘quvchi ochiqdan-ochiq savollar usuli bilan odatda dars jarayonida faol bo‘lmagan o‘quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi.Mashqni o‘tkazish uslubiyati.
1.Tayyorgarlik:o‘qituvchi sinfning to‘rt burchagiga yoki sinfning ma’lum ochiq makoniga to‘rtta tablichka osib qo‘yadi.
2.Sinf o‘lcham yoki o‘quvchilar soniga bog‘liq holda olti yoki sakkiz ko‘ngillini chaqiradi. Bordi-yu, o‘yinda sinf o‘quvchilarning bir qismi ishtirok etsa, unda qolganlari o‘z joylarida o‘tiraveradilar.
3.O‘yin paytida band bo‘lishi uchun ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga ham topshiriq berish zarur.
“NUQTAI NAZAR” USULI. Maqsadi:o‘quvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab, himoya qilishga o‘rganadilar, o‘quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berish, o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o‘quvchilar o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin. “Nuqtai nazaring bo‘lsin” usuli o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrlarini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgartirishga ishontiradigan g‘oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo‘llanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinflarda har bir dars uchun ijodiy yondashib, yangiliklar kiritish, ya’ni, innovatsion texnologiyalarda ishlash faoliyatini boyitib borish lozim. Buning uchun o‘qituvchidan, eng avvalo, bilim, malaka va shu o‘rinda o‘z mahoratini va san’atini to‘laqonli namoyish etish, hamda o‘z faniga doir yangiliklardan xabardor bo‘lish talab etiladi
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.M. I.Nuriddinova Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikni o‘qitish metodikasi- Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015-y B–298.
2.Sh.Po‘latov “Ta’lim menejmenti,yoxud ta’lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarish texnologiyasi”.
3.Internet saytlari: -ziyoNet .uz, kitob.uz, multimediya .uz