Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar


Tushuntiruv-ko’rsatmalilik metodi



Yüklə 284 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/21
tarix20.11.2023
ölçüsü284 Kb.
#163071
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to

1.Tushuntiruv-ko’rsatmalilik metodi
- bu metod ryeproduktiv metod 
bo’lib, unda faoliyat o’qituvchi tomonidan olib boriladi. O’quvchilar ta'lim 
jarayonida bilim oladilar, tanishadilar. 
Bu 
metod 
juda 
keng 
tarqalgan 
metodlardan biri bo’lib, uni 
takomillashtirilgan usullari mavjud, bu - programmalashtirilgan ta'limdir. 
2. Ryeproduktiv metod
da o’quvchi faoliyat ko’rsatib, unda o’quvchiga 
berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul 
qiladi. 
3. Muammoli ta'lim metodi
- o’qituvchi tomonidan tashkil etilib, u 
produktiv xaraktyerga egadir. Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini 
shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo’llaridan biri ishchan 
o’yinlarni tashkil etishdan iboratdir. 
4. Qisman izlanish metodi.
O’qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan 
metod bo’lib, u produktiv xaraktyerga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi. 
5. Tadqiqot metodi.
O’qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta'lim 
metodi bo’lib, u o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar 
transformatsiyasini talab etadi. 
Ta'lim jarayonini tashkil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan 
o’yinlardir. Ishchan o’yinlar munosabatlar sistyemasini modyellashtirish, faoliyat 
xaraktyeristikasini tashkil etishga yordam beradi. 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim jarayoniga yangi pedagogik 
tyexnologiyalarni kiritish ta'kidlanadi. Pedagogik tyexnologiya - bu ta'lim 
jarayoniga sistyemali yondashuv bo’lib, unda ta'lim jarayonining tashkil etishda 


41 
tyexnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati 
ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi. 
O’quvchini mustaqil ta'lim olishga o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorlash 
bugungi kun o’quv maskanlarining asosiy vazifasidir. 
Ta'lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta'lim olishini faollashtirish zarur. 
Mustaqil ta'lim masalani quyilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat va baholashning 
yo’llarini o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xaraktyerlanadi. 
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash 
xususiyatlarini shaqllantirish zarur. Fikrlash opyeratsiyalari asosida dars jarayoni 
faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda?», 
«Sabablari qanday?», «Natija nima uchun shunday bo’ldi?» singari savollarning 
muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni evristik, 
muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish
ulardagi muammolarni mustaqil xolda topish va ularni yechish uchun o’z 
loyixalarini tuzish va himoya qilish o’quvchilar tafakkurining ma'nodor va 
unumdor bo’lishiga xizmat qiladi. 
Xozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil 
fikrlashga o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud. 
Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir. 
Aql bevosita bolalarning intellektual imkoniyatlari ko’rinishi sifatida 
namoyon bo’ladi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual 
imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun yuqorida ta'kidlab o’tilgan 
ta'lim metodlarini yangi pedagogik tyexnologiyalarga asoslangan holda joriy etish 
samarali natijalar beradi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yangi pedagogik tyexnologiyalar asosida 
muammoli ta'lim metodlarini qo’llagan holda ta'lim berish ularning intellektual 
imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bunda aqliy topshiriqlar, ishchan o’yinlar asosida 
darsni tashkil etish mumkin. 


42 
Biz tadqiqot ishimizning keyingi paragrafida boshlang’ich sinf 
o’quvchilarining intellektual imkoniyatlarini rivojlantiradigan mashg’ulotlar 
mazmunini va olib borish usullarini batafsil bayon etamiz.

Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin