41
tyexnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati
ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi.
O’quvchini mustaqil ta'lim olishga o’z-o’zini
rivojlantirishga tayyorlash
bugungi kun o’quv maskanlarining asosiy vazifasidir.
Ta'lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta'lim olishini faollashtirish zarur.
Mustaqil ta'lim masalani quyilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat va baholashning
yo’llarini o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xaraktyerlanadi.
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash
xususiyatlarini shaqllantirish zarur. Fikrlash opyeratsiyalari
asosida dars jarayoni
faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda?»,
«Sabablari qanday?», «Natija nima uchun shunday bo’ldi?» singari savollarning
muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni evristik,
muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon
holatlarini muhokama qilish,
ulardagi muammolarni mustaqil xolda topish va ularni yechish uchun o’z
loyixalarini tuzish va himoya qilish o’quvchilar tafakkurining ma'nodor va
unumdor bo’lishiga xizmat qiladi.
Xozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil
fikrlashga o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud.
Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir.
Aql bevosita bolalarning intellektual imkoniyatlari ko’rinishi sifatida
namoyon bo’ladi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual
imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun yuqorida ta'kidlab o’tilgan
ta'lim metodlarini yangi pedagogik tyexnologiyalarga asoslangan holda joriy etish
samarali natijalar beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yangi pedagogik
tyexnologiyalar asosida
muammoli ta'lim metodlarini qo’llagan holda ta'lim berish ularning intellektual
imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bunda aqliy topshiriqlar, ishchan o’yinlar asosida
darsni tashkil etish mumkin.
42
Biz tadqiqot ishimizning keyingi paragrafida boshlang’ich sinf
o’quvchilarining intellektual imkoniyatlarini rivojlantiradigan mashg’ulotlar
mazmunini va olib borish usullarini batafsil bayon etamiz.
Dostları ilə paylaş: