38
Bu davrda bola hayotida o’yin bilan birga faoliyatning boshqa turlari ham
ahamiyatli bo’lib boradi, dastlabki myehnat ko’nikmalari hosila bo’ladi: rasm
chizadi, loydan, qumdan turli buyumlar yasaydi. Shuningdyek, ular kattalar
tomonidan berilgan oddiy topshiriqlarni bajarib boradilar. Ularni kuchlari
yetadigan ishlarga jalb qilish yaxshi samara beradi.
Boshlang’ich sinfdagi bola (ushbu yosh bir nyechta mutafakkir olimlar
tomonidan dastlabki “yetuklik yoshi” sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy
xususiyatlariga ko’ra maktabda ta'lim olish yoshidir.
O’zbyekiston Ryespublikasi “Ta'lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq
Ryespublikamizdagi bolalarning barchasi 6 va 7 yoshdan boshlab umumiy o’rta
ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydilar. Shu davrga qadar bola hayotida muhim
o’rin tutgan o’yin faoliyati o’z o’rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga
oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil etiluvchi o’qish faoliyatiga bo’shatib
beradi. Bola uchun bunday “mas'uliyatli myehnat”ga o’tish
qiyin kyechsada, u
asta-syekin bunday sharoitga ko’nika boradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijtimoiy borliq haqida muayyan tasavvurlarga
ega bo’lsalar ham, ro’y berayotgan voqyea-hodisalarning mohiyatini
bilishga
qiziqadi. Maktabda tashkil etilayotgan ta'lim jarayoni bolaning aqliy faoliyati
uchun zarur bo’lgan fazilatlarning tarkib topishini ta'minlaydi.
Kichik maktab o’quvchilarining bosh miyasi tyez o’sib borib, uning
tuzilishida o’zgarishlar ro’y beradi. Ularda o’pka
rivojlangan, lyekin nafas yo’li
hamda diafragma bo’sh rivojlangan, shu tufayli kichik yoshdagi o’quvchilar ko’p
vaqt harakatsiz qolsalar, organizmning kislorod bilan ta'minlanishi yomonlashadi.
Jismoniy o’sishning bu kabi xususiyatlari kichik yoshdagi o’quvchilarga
nisbatan o’qituvchidan ehtiyotkorona yondoshuvni talab qiladi. Ularni erkin quyish
asabiylashishdan saqlash zarur. Bu yosh o’quvchilari ko’proq harakat
qilishlari,
ochiq havoda bo’lishlari, yetarli daraja dam olishlari, uxlashlari talab etiladi.
Atrofdagilar buning uchun g’amho’rlik qilishlari lozim. Ularning stol atrofida,
Dostları ilə paylaş: