51
UMUMIY XULOSALAR
Mamlakatimizda bo’layotgan yangilanish jarayoni kechayotgan hozirgi
davrda jamiyat quruvchilari bo’lmish yoshlarni ma’naviy boy axloqan yetuk,
intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga, har
tamonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Xar bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, intellektual salohiyati yuqori,
mustaqil aql-idrok va dunyo qarashli etib, shakllantirish muhumdir.Bu muommo
hozirgi kunining muammosi xisoblanadi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishimizni muammosini
o’rganish davomida biz tadqiqotlar o’tkazdik va quydagi xulosalarga keldik:
-
intelekt muammosi bir qator olimlar tomonidan o’rganib kelingan.
Intelektni aniqlash rivojlantirish maqsadida olimlar tomonidan turli testlar va
metodikalar ishlab chiqilgan. Olimlar tomonidan olib borilgan va xozirgi kunda
olib borilayotgan izlanishlar bilan tanishdik, tahlil qildik. Olimlar tomonidan
intelektning psixologik asoslarining yetarlicha yoritilganligiga amin bo’ldik.
Intelektning tadqiq etilishi haqidagi tushunchalarga ega bo’ldik.
-
Intelektual taraqqiyotni aniqlashga oid imperik materiallarni tahlil
qilish tomoillari o’rganildi. Ya’ni intelekt rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
ustida ishlandi. Bu omillarning eng asosiysi inson ongining rivoji ekanligi
asoslandi.
-
Inson intelekti rivojida bilish jarayonlarning o’rni va ahamiyati
o’rganildi. Bilish jarayoni turli munosabatlarda ifodalanuvchi, xoxish va extiyojlar
maxsuli sifatida vujudga keluvchi, mantiqiy o’zlashtirilgan, aks ettirilgan,
Egallangan bilimlarning shakllari o’rganildi.
-
Intelekt taraqqiyotining inson qobiliyatlari bilan bog’liqligini
kuzatdik. Ya’ni matematik qobiliyatlar, adabiy qobiliyatlarning namoyon bo’lishi
intelekt taraqqiyotini ilgari surishi yuzasidan fikrga keldik. Shu bilan birga ta’lim
faoliyatining, yetarli berilishi, ya’ni o’zluksiz ta’limning intelekt rivojidagi o’rni va
ahamiyatini o’rgandik.
52
-
Intelektual testlar va ularning intelekt rivojida tutgan o’rni, testlarning
yaratilish tarixini o’rgandik. Shu bilan birga bunday testlarning xozirgi kundagi
ahamiyati va qo’llanilishi yuzasidan bilimlarga ega bo’ldik.
-
Shu bilan birga intelektni yana chuqurroq o’rganish maqsadida
tadqiqotlar olib bordik, maktabdagi pedagogik amaliyot davomida o’quvchilarda
olib borilgan tadqiqotlar yuqorida berilgan xulosalarning yaqqol dalili bo’ldi.
Kuzatish va o’tkazilgan testlar asosida intelekt rivojini ta’minlovchi imkoniyatlarni
aniqladik.
|