Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar


II BOB. YOSHLARNING INTELLEKTUAL IJODIY QOBILIYATLARINI



Yüklə 284 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix20.11.2023
ölçüsü284 Kb.
#163071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to

 
II BOB. YOSHLARNING INTELLEKTUAL IJODIY QOBILIYATLARINI 
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH 
 
2.1. Intellektual ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik 
asoslari 
Ma'lumki, keyingi o’n yil ichida ta'limni isloh qilishda, milliy mustaqillik 
printsiplari va xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlarning 
ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta'lim 
oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'lim olishda, 
shuningdek bolalar va yoshlarni ma'naviy axloqiy intellektual va jismoniy jihatdan 
tarbiyalashda jamoat tashkilotlari mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini 
kuchaytirish yuzasidan chora tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish 
ishlari jadal suratlar bilan olib borildi. Shu amaliy ishlarning boshlanishi sifatida 
Davlatimiz tomonidan yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantirishning 
quyidagi maqsadlari belgilab olindi: 
- yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantirish va uni muhofaza 
qilishdan iboratdir; 
- ilm-fan va davlat hokimiyati hamjihatligidagi say-harakati, shuningdyek 
ta'lim tizimini modyernizatsiya qilish, intellektual zahiralarni muhofaza qilish va 
rivojlantirish: 
- intellektual imkoniyatni rivojlantirish ishlarini tartibga solish; 
- yoshlarning intellektual imkoniyatini rivojlantiruvchi psixologik-
pedagogik tashkiliy uslubiy asoslarini yaratish. 
Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun bir qator vazifalar ham 
quyildi:
ψ
Iqtidorli o’quvchi-yoshlarni izlash myexanizmi, psixologik-pedagogik, 
tashkiliy–uslubiy asoslarini yaratish borasidagi kamchiliklarni aniqlash. 


30 
ψ
Intellektual imkoniyatni oshirishda tarbiya jarayonining xususiyatlarini 
o’rganish. 
ψ
Yoshlarning mustaqil faoliyat turlarini o’rganish; 
ψ
Yoshlarning ma'naviy intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish 
manbalarini yaratish; 
ψ
Yoshlarning intellektual imkoniyatini oshirish usullarini ishlab chiqish
ψ
yoshlarning intellektual imkoniyatini nazariy va amaliy jihatdan o’rganib 
chiqish; 
ψ
fanning turli sohalaridagi mutaxassislar intellektual imkoniyatini oshirish 
bo’yicha takliflar ishlab chiqish; 
ψ
ta'lim myenyejmyenti sohasida innavatsion takliflarni o’rganish va 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichiga muvofiq ularni ta'lim 
tizimiga tadbiq etish; 
ψ
bo’lajak rahbar kadrlarning intellektual imkoniyatini oshirish va 
ko’maklashuvchi yuridik malakani (xorijiy) o’rganish va mye'yoriy-huquqiy 
myexanizmlarini joriy etish. 
Bugungi kunda olib borilayotgan intellektual imkoniyatni rivojlantirishga 
oid barcha ishlarning sifat samaradorligi talab darajasida emas. Jamiyat va davlat 
oldidagi talablardan kelib chiqib, o’quvchilarning umumta'lim maktablaridagi 
tahsili davomida intellektual imkoniyatni rivojlantirish ishlarini muvaffaqiyatli olib 
borish zarur. Bu esa tarbiya jarayoniga psixologik-pedagogik tyexnologiyalarni 
qo’llashni, zamon talabi darajasida mutlaqo yangi tarbiya tizimini yaratishni talab 
qiladi. 
Har bir o’quvchiga, uning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib, uning 
intellektual imkoniyatini rivojlantirish maqsadidda ta'lim-tarbiya jarayoniga biror 
psixologik yoki pedagogik uslubni qo’llash murakkab jarayondir. Lyekin bu davr 
talabidir. 
Muayyan takomillashgan pedagogik yoki psixologik uslubni qo’llash, uni 
mantiqiy-nazariy jihatdan to’liq anglab olish va amaliyotga qo’llashgacha bo’lgan 


31 
murakkab jarayonga qaraganda – jarayonning o’zini loyihalashtirish eng qulay va 
samarador uslubdir. Ya'ni har bir o’quvchiga individual yondoshish kyerak. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yo’naltirilgan tarbiya tizimi o’qituvchidan 
yoshlarning intyellyekyetual salohiyatini rivojlantirishda tarbiya uslubiyotlariga 
alohida munosabat bilan yondoshishni, uslubiyotni hamda mavjud holatni to’liq 
o’rganishni, jarayonga ijodiy muhitni olib kirishni taqozo etadi. Bunga asosiy 
sabab: 
- intellektual ijodiy ishlar jarayonida to’liq muvaffaqiyatga erishish yoki 
muvaffaqiyatsizlik tahdidining mavjudligi; 
- boshlang’ich sinf o’quvchisi to’qnashadigan va ba'zan ko’p yillar 
davomida muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz kurashadigan hayotiy holatlardan 
biri – bu fikrining o’ylaganidyek ro’yobga chiqmasligini anglash; 
- boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pincha o’zining dunyoqarashi, 
tasavvurining qanday darajada kengligidan kelib chiqib, fikrlaydi hamda bu 
fikrlashni mavjudlikning ijobiy, yoki salbiy holatlari bilan bog’lab tahlil qila 
olmasligidir. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatini rivojlantirish 
jarayonini shakllantirishda quyidagi holatlar e'tiborga olinishi kyerak: 
1) Intellektual imkoniyatni shakllantirish va rivojlantirish jarayoni maksimal 
darajada tyexnokratik bo’lishi kyerak. Buning uchun esa psixologik hamda 
pedagogik tyexnologiyalarni amaliyotga joriy etish kyerak; 
2) Intellektual imkoniyatni shakllantirishni ta'lim-tarbiya jarayoniga 
singdirilishi ko’zda tutilayotgan tegishli tyexnologiyalarni ilmiy asoslash va ishlab 
chiqish lozim; 
3) Intellektual imkoniyatni shakllantiruvchi tarbiya jarayonining dastlabki 
holatda ijtimoiy-psixologik muhitni aniq tahlil qilish hamda taktik jarayonni 
mukammal ishlab chiqish kyerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchisi shaxsining shakllanish jarayoniga – jamiyatda 
qabul qilingan axloq normalari, hulq normalari, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlarni 
singdirish tyexnologiyalarini yaratish ko’pgina jihatdan yakuniy natijani 


32 
ta'minlashga xizmat qiladi. Shu o’rinda shaxsning ijtimoiylashuviga ham e'tiborni 
qaratsak: 
1.
Boshlang’ich jamoalashuv yoki moslashuv bosqichi. Bunda o’quvchi 
tomonidan ijtimoiy tajriba o’zlashtiriladi, moslashtiriladi va qabul qilinadi. 
2.
Individuallashuv bosqichi. Bunda o’quvchilarni o’z ustida mustaqil 
ishlashlari va mustaqil fikrlarini ruyobga chiqarishda o’zining mustaqil fikrini 
bildirish istagi, jamoat xulq normalariga nisbatan ijobiy hamda tanqidiy fikrlash 
paydo bo’ladi. 
3.
Intyegratsion bosqich. O’quvchi jamiyatda o’zi o’rnini topish, jamiyat 
hayotiga kirishish, atrofdagilarga ijobiy tomondan tanilish, faoliyatda o’zini ijobiy 
tarafdan ko’rsatish harakatiga tushadi, ya'ni shaxs sifatida o’zini tanitish istagi 
birinchi o’ringa chiqadi. 
-
Shu o’rinda ta'kidlash lozimki, agar shaxsning ijodiy izlanishi, 
intellektual imkoniyatini ko’tarish harakatlari biror ijtimoiy guruh yoki jamiyat 
tomonidan qabul qilinsa, intyegratsion bosqich muvaffaqiyatli o’tadi. Mabodo 
buning aksi bo’lsa, quyidagi holatlar kelib chiqadi: 
-
o’quvchida norozichilik kayfiyati paydo bo’lib, tushkunlik holatiga 
tushadi; 
-
o’zi harakatlarini tahlil qilib, o’zini o’zgartirishga harakat qiladi; 
-
o’quvchi o’zida tashkilotchilik, yetakchilik, o’zini ko’rsatish kabi 
hislatlarni jilovlab, mavjud muhitga moslashish harakatiga tushadi. 
Ijtimoiy faoliyat bosqichi. Bu bosqich inson balog’atga yetgan davrdan 
boshlab, hayotining oxirigacha davom etadi. Shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalash 
jarayoni, ya'ni o’zining intellektual imkoniyatini tashqi va ichki omillar ta'sirida 
shakllantirib boradi. Bunda myehnat jamoasidagi ijtimoiy-psixologik muhit katta 
ahamiyatga ega. 
Yuqorida intellektual imkoniyatni shakllantirish jarayoniga bevosita ta'sir 
ko’rsatuvchi barcha omillarni qarab chiqdik. Tabiiyki, intellektual imkoniyatni 
shakllantirib uni rivojlantirib borish uchun, ta'lim-tarbiya jarayoniga bunday 
tyexnologik yondoshuv o’ziga xos savollarni keltirib chiqarishi mumkin. 


33 
Jumladan, tyexnologik asosda umumta'lim maktablarida o’quvchilarning 
tarbiyaviy jarayonini qanday tashkil etish kyerak? – dyegan savol yuzaga kyelishi 
muqarrardir. Bu savolga javob berish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish 
lozim: 
1)
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ma'lumotlar bazasini yaratish. 
Ma'lumotlar bazasi o’quvchi shaxsiga tegishli barcha ma'lumotlarni qamrab olishi 
kyerak. 
2)
Umumta'lim maktabidagi ijtimoiy muhitning aniq tahlilini amalga 
oshirish. Aynan muhit qanday darajada ekanligi o’quvchi tarbiyasiga, uning 
intellektual imkoniyatining shakllanishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko’rsatadi. 
Muhit tahlili quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi kyerak: 
-
mavjud ijtimoiy muhitning asl holatini, intellektual imkoniyatni 
rivojlantiruvchi harakatlarini aniqlash; 
-
o’qituvchi-tarbiyachilarning ijtimoiy muhitga munosabatini aniqlash; 
-
o’quvchilarning ijtimoiy muhitga, maktab rahbariyati olib borayotgan 
faoliyatga munosabatini aniqlash; 
-
yuzaga kyelayotgan va yechimini kutayotgan muammolarni aniqlash. 
3)
O’quvchilarning ijodiy faoliyatini oshiruvchi aniq ryeja va dasturini 
ishlab chiqish. Muhit tahlili asosida mazkur ryeja va dasturda 1-navbatda 
bajarilishi kyerak bo’lgan dolzarb ishlarni belgilab olish kyerak. Bunda quyidagilar 
aniq ko’rsatilishi lozim: 
-
tarbiyachilar amalga oshiradigan ijodiy va tarbiyaviy ishlar; 
-
o’quvchilar uyida amalga oshiriladigan intellektual musobaqa va ijodiy 
ishlar; 
-
jamoat tashkilotlari, turli jamg’armalar va homiy tashkilotlar bilan amalga 
oshiriladigan ishlar; 
-
o’quvchilarda g’oyaviy immunityetni shakllantirish ishlari; 
-
salbiy oqimlar, zararli g’oyalarga qarshi kurash muhitni shakllantirish. 
4)
O’quvchilarning intellektual imkoniyatini rivojlantirish jarayonining 
monitoringini yaratish. Amalga oshiriladigan barcha ishlarning yagona 


34 
monitoringini shakllantirish orqali, jarayonni bevosita kuzatish imkoni yuzaga 
kyeladi. Bundan tashqari jarayonning borishini tahlil qilish mumkin. 
5)
Jarayonga qo’shimcha o’zgartirishlar kiritish dasturi. Monitoring 
natijasida jarayonga tegishli ishlarning qanday darajada bajarilishidan kelib chiqib, 
joriy o’zgartirishlarni amalga oshirish kyerak. Shu maqsadda qo’shimcha 
o’zgartirishlar dasturini ishlab chiqish mumkin. Bu dastur korryektsion (tuzatish) 
ahamiyatga ega bo’lib, jarayon samaradorligi va ish sifatini yanada ko’tarishga 
qaratiladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatini rivojlantirishda 
tarbiyaning ahamiyati muhim rol o’ynaydi. Intellektual imkoniyatni oshirish
uchun tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xaraktyerli bo’lgan va 
muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks 
ettiradi. Intellektual imkoniyatni rivojlantirish jarayonida o’quvchilarda jamiyatga 
naf keltiradigan, shaxsga quyiladigan axloqiy talablariga muvofiq kyeladigan 
xulqiy malaka va ko’nikma hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining 
ongiga, dunyo qarashi va irodasiga tizimli, muntazam ta'sir etib boriladi. Ijodiy 
salohiyatni rivojlantirish jarayonida bulardan birortasi e'tibordan chyetda qolsa, 
ko’zlangan maqsadga erishish qiyinlashadi. Mana shu psixologik jihatlarni 
e'tiborga olingandagina yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib 
uni rivojlantrishga imkon yaratiladi. Yoshlarning intellektual ijodiy qobiliyatlarini 
shakllantirish va uni rivojlantirish manbalarini quyidagi 1-rasmda ifodalab 
beramiz: 


35 

Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin