Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar



Yüklə 284 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix20.11.2023
ölçüsü284 Kb.
#163071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to

verstandlar 
– bu bizdagi mavjud 
barcha tushunchalar tuzilishining strukturaviy bilish qobiliyatidir.
Intellektning moxiyati va taraqqiyotini tushintirishda qadimgi zamonaviy 
turli xususiyatga ega bo’lgan oqimlar xukm surib, ular ma’lum bir fikrlar, 
muloxazalar negizida birlashgan hamda huddi shu yondashuv qurshovida 
bahslashganlar. Olimlar o’rtasida intellektning moxiyatini tushintirishda, uni talqin 
qilishda va xaspo’shlashda ikki kishi qarashi mavjud bo’lgan.


10 
1.
Birinchi gurux vakillarining, intellektual xususiyatlar odamlarda 
rasmiy yo’l bilan ota – onalar tamonidan beriladi. 
2.
Ikkinchi gurux namoyondalari esa intellektni bola idrokining tezligi va 
tashqi qo’zg’atuvchilarga nisbatan munosabatibilan bog’lab tushintirganlar.
Xozirgi davrga kelib esi insonning aqliy taraqqiyotini o’rganish uchun hyech 
vaqt kechiktirib bo’lmaydigan qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Intellekt 
muommosi sobiq savet psixologiyasida va chet elda intellekt moxiyatini talqin 
qilishda tushincha turlicha yondashilsa ham, lekin umumiy maqsad bitta bo’lib, u 
ham bo’lsa, insonning intellektual, taraqqiyoti uning xususiyatlari, o’ziga xosligini 
ochib berishdan iboratdir. Ko’pgina manbalarda sobiq savet psixologiyasida aqliy 
istedod yoki qobiliyat deb yuritilishi an’ana tusiga kirib olgan.
AQSh va g’arbiy Yevropa mamlakatlari psixologiyasida qobiliyatni miqdor 
jihatdan o’lchash uni tavsiflash uchun intellekt tushinchasi qo’llanilgan. O’z 
davrining yirik psixologlari xisoblangan Kettel, Termin, Spirmen va ush kabilar 
o’tgan asrning oxiri va 20 asrning boshlarida inson qobiliyati darajasini o’lchash 
maqsadida turli xususiyatli testlarni ishlab chiqqanlar. Jahon psixologiyasi fanida 
intellektni o’rganish o’tgan asrning oxirlaridan e’tiboran jiddiy ravishda e’tibor 
berila boshlandi. Mazkur muommoni tadqiq etishning yalovdori sifatida A. Bine 
intellektni jahon ilm maydoniga olib chiqdi ular fransuz psixologi edilar. 
Tadqiqotchilar o’z g’oyasini amaliyotda sinab ko’rish maqsadida shogirdi T. 
Simon bilan hamkorlikda bolalar intellektiing rivojlanish darajasini o’lchash uchun 
psixologik aqliy testlar ishlab chiqdilar. Mazkur ta’limotga nazariy vanegiz sifatida 
o’sha davrda xukmron mavqyeyiga ega bo’lgan. Funksional psixologik nazariya 
tadbiq etilgan bo’lib, unda psizik rivojlanish bir nechta tug’ma funksiyalar 
rivojining natijasida yuz beradi degan fikr qatiyatlik ustunlik qilar edi. Ushbu 
konsepsiyaga asoslangan xolda Bine shunday masalalarni tanladiki, bunda 
bolaning ilgargi bilimlari va ko’nikmalarini qo’llash imkoniyatlari sezilarli 
darajadi kamaytirildi. A. Binening maqtoaga sazovar jihatlaridan biri shuki, u har 
bir yosh davri uchun shunday testlar seriyasini tuzishi kerakki, toki uning 
yechilishi faqat shu davrga talluqli bo’lsin. Test maktab bilimlaridan mustaqil 


11 
bo’lishi kerak. Faqat ana shundagina bolaning haqiqatdan ham rivojlanish darajasi 
tekshiriladi degan muloxazalari ham axamiyat kasb etadi.uning fikricha, bola 
intellekti har qanday masala yechish jarayonida rivojlanadi.
Degan g’oyadan kelib chiqqan holda u test topshiriqlarni nazariy asoslash 
shart emas deb xisoblaydi, natijada ayrim shubhalar tug’ilishga imkon yaratadi. 
Tanqidiy fikrlashichi tadqiqotchilarni davat qiladi. Asrimizning boshlarida esa 
intellektni tadqiq qilish yuzasidan Bine va Simon ta’limotlari jahon psixologiyasi 
faniga keng quloch yoydi natijada bir quloch mamlakatlarda ularning tarafdorlari 
ham fikrlari vujudga kela boshladi. Bine va Simonlardan keyin bir qator boshqacha 
shaklga ega bo’lgan testlar va ularning muayyan tizimlari hamda mazkur 
muallaflar testlari ko’p sonli madefikatsiyalari yuzaga keladi. Ular orasida 
Amerikalik psixolog L. Termin tamonidan ishlab chiqilgan madefikatsiya alohida 
ahamiyatga moneligi bilan ajralib turar edi. U o’z tadqiqotlarida asarlarida 
Platonning aqliy qobiliyatlarini ginetik jihatdan shartlanganligi to’g’risida 
nazariyasida ko’proq murojat qildi. Turli shakl va ko’rinishdigi testlar tizimining 
paydo bo’lishi va qator testlarning ko’p sonli madefikatsiyalari ishldab chiqilishi 
natijasida yangidan yangi tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlaydi. Shu sababdan 
20 chi yillarda test tadqiqotlari butun dunyoga keng tarqala bordi. Mashina 
divigatelini ta’minldashda yoki birorta chet mamlakat tilini o’rganish jarayonida 
odamning miyasi hyech qachon birday ishlamaydi. Bazi kishilar umumiy intellekt 
darajasi boshqalarninki bilan teng bo’lishi birga ayrim faoliyat turlarini bajarishda 
yaqqol usunlik sezilib turadi. Shuning uchun ham Spirmen G faktorga qo’shimcha 
tariqasida S faktorni fanga kiritdi. Muallif uning maxsus qobiliyatining 
ko’rsatkichi deb ataydi. Spirmenning nazariyasigi binoan, har bir inson umumiy 
intellektning muayyan darajasini o’zida aks ettiradi harakterlaydi. Bu esa o’z 
navbatida uning tashqi muxit bilan munosabatiga bog’liqdir. Spirmenning fikriga 
ko’ra har bir odamga o’ziga xos qobiliyatning rivojlantirishning tarli darajalari 
mavjud bo’lib, ular yaqqol masalalarni yechish jarayonida ko’rinadi. Intellekt 
tuzilishini strukturasini tadqiq qilish Spirmendan tashqari bir qator olimlarning 
izlanishlarida o’z ifodasini topadi. Jujladan atoqli psxolog J. Gilfordning 1959 yil 


12 
intellekt strukturasini yo’naltirishga tadqiqotlarni ayniqsa qiziqarlidir. 
Gilfordintellektning 120 ga yaqin faktori omillarini ajratib ko’rsatadi.
Gilford o’zining kubik yordamida tafakkur o’lchamlaridan aperatsiyalar 
bilish funksiyasi, xotira, divirgent va konvergint tafakkur, baxolash, mazmun: 
obrazli, belgili, semantik, xulqiy, natija: yelementlar, darajalar, aloqa, munosabat, 
tizim, sistema, o’zgartirish, islohat: qo’llash, tadbiq qilish kelib chiqqan holda 120 
ta o’ziga qobiliyat turlarini ajratib berishga harakat qiladi.
Mazmun – bizning biron bir narsa haqida o’ylashimiz.
Operatsiya – qanday tarzda o’ylayotganimiz. 
Natija – bu aqliy harakatlarimiz nimalarga olib keladi, yani aqliy 
harakatimiz. 
Gilfordda divergent va konvergent tafakkur turlari negizida ijodiy tafakkur 
yotishini dalillab beradi.
Psxologiya fanida taraqqiyot muommosi ham juda qiziqarli nazariyalar kelib 
chiqishiga sabab bo’ldi. Biz quyida ularning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz. Atoqli 
psixologik maktab namoyondasi u o’zini qurshab turgan barcha ob’ektlarni 
o’zlashtirib boradi va ular to’g’risida ba’zi ta’sirlar, tasavvurlarni umulashtiradi 
deydi, uning muloxazasiga ko’ra idrok ko’lamining kengayishi, bilimning oshish, 
diqqatning bir davrning o’zida bir nechta obyektga qarata olishi – inson psxologik 
taraqqiyotiga olib keladi. Uning taraqqiyotini 3 ta bosqichda bo’ladi.
1.
Imitatsiya – tashqi talqin. 
2.
Identifikatsiya o’qituvchining bilimlarini o’zida singdirish, uning shaxsiy 
fizilatlari xususiyatlarini o’zlashtirib borish.
3.
Refleksiya inson o’zini – o’zi anglagan holda bo’lg’usi faoliyatini amalga 
oshirish muayyan rejalar tuzish ularni hayot va faoliyatga tatbiq qilish.
T.Ribo super ongni o’rganib uni quyidagi atamalardan iborat ekanligini 
ko’rsatish maqsadida psixologiya faniga bir qator yangi tushinchalar olib kiradi. 
1. Ko’zning ochilishi – marifiylik 
2. Ijodiy qo’zg’alish davri


13 
3. Jismoniy vositalar davri insonda qarilik belgilarining, alomatlarining 
paydo bo’lishi tana a’zolariga qo’shimcha u yoki bu vositalarni olib kirishini 
taqozo etadi. 
Yana bir fransuz psixologik maktab vakili bo’lmish Blomerning tabiricha 
tarkib topishi shart.
1.
Sinkterizm tushinchalarini bir – biridan ajratmaslik 
2.
Agglbtinizm maktab yoshida yaqin bolalarda fantaziyaning kuchayishi 
vaqtni noto’g’ri idrok qilish, har bir obrazlarni muayyan bo’laklarini bir 
umumiyatga yaqinlashtirilgan. 
3.
Realizm 
4.
Hayot ijodiy xayol yordamida inson o’zi tug’ilib o’sgan Vataniga biror 
jihatdan yordam berish.
Bizga ma’lumki jahon psixologiyasi fanida inlellektual faollik muommosiga 
alohida diqqat e’tibor bilan qaraladi. Shuning uchun chet el psixologiyasida va 
sobiq savet psixologiyasida ushbu muommoni o’rganish uchun qo’llab izlanishlar 
olib borilgan. Hammaga aniqki sobiq sovet psixologi D. B. Bogoyavlenskaya 
intellektual faollikning 3 darajasi mavjudligini belgilab bergan edi.
1.
Reproduktiv, 2. Evristik, 3. Kreativ
Biz quyida intellektual faollikning yuqori darajasi xisoblanmish koyeativlik 
haqida muloxaza yuritishga xarakat qiladi. Chunki bu narsa psixologiya juda kam 
o’rganilgan. Lekin muxim axamiyat kasb etuvchi jabha bo’lib xisoblanadi.umumiy 
xolatda kreativlik tushinchasi va jarayonning o’tmishdagi xozirgi davrdagi yoki 
keyingi xususiyatlarini o’z ichichga qamrab oladi. Ushbu jarayon natijasida odam 
yoki odamlarning guruxi oldin maqjud bo’lmagan biror narsani yaratadi, kashf 
qiladi, yangilak elementlarini vujudga keltiradi. X. Ye. Trik kreativlikni 
o’rganishning 4 yo’nalishini ko’rsatib berkadi va ularning har birini izoxlashga 
intiladi.
1.
Kreativlik natijasi sifatida
2.
Kreativlik qobiliyat sifatida
3.
Kreativlik jarayon sifatida


14 
4.
Kreativlik shaxsning xususiyati sifatida
Atoqli psixolog Man Fersoi, K. Teylor va boshqalar 1 chi yondashishning 
tarafdarlari safiga kiradilar. Ular ijodiy natijaning 3 xususiyatini belgilab beradilar. 
Miqdor, sifat ko’pchilik tadqiqotchilar natijani ijodning yagona mezoni deb 
xisoblaydilar, goxo bu fikrga antitezi sifatida ishonchsizlik bildiradilar, unga 
shubxa bilan qaraydilar. Jumladan, Teylor, Slit va boshqa olimlarning ko’rsatishiga 
ijodiy natijaning ko’pchilik belgilangan taraflari haqida ayrim jihatlari bilan ijodga 
bevosita aloqasi bor xolos, qolganlari esa sinovdan o’tkazilayotgan ishlarining 
umumiy natijalarini tariflashga yo’ngaltirilganligi bilan ajralib turadi. Kreativlikni 
jarayon sifatida o’rganishda ijodiy fikrlarning bir necha bosqichlari darajalari va 
turlari takidlab o’tiladi. Psixolog Uolles 1926 yildan e’tiboran ijodiy jarayon 
bosqichlarini tadqiq qilishni boshlagan edi. Chunki ushbu izlanish tasviriy 
xususiyatga egadir. Muallif ijodiy jarayonda 4 bosqich mavjudligini alohida uqtirib 
o’tadi.
1.
Psixologike jihatdan vaziyatga tayyorlanish
2.
Har qaysi shaxsiy, kognitiv, mativatsion jabhalar bilan yetilish. 
3.
Yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan ruhlanish
4.
Muommo yoki vaziyatning haqiqatligini tekshirish
Tadqiqotchi Patrikning eksperemental izlanishlari shuni ko’rsatadiki 55 
shoir va 55 rassom uchun 4 bosqichli ijod jarayoni o’ziga xos ravishda yuzaga 
kelgan. Natijada Uollesning mashxur sxemasi faqatgina uncha katta bo’lmagan 
o’zgarishlarga uchraydi xalos. Kreativ jarayon darajalarini tadqiqot qilish 
psixologik yo’nalish bilan uzviy bog’liqdir. Ma’lumki Z. Freyd ijodiy aktni liboda 
quvvati sublimatsiyasining natijasi sifatida tariflangan. Tadqiqot Myodnik 
tamonidan tiklif qilingan uzoqlashtirilgan birikmalar testi kreativlikni fikrlash 
ko’rinish turi sifatida qaralgan izlanishlarning eng ko’p tarqalgani bo’lib 
hisoblanadi. Myodnik ijodiy jarayonni assotsiativ elementlarning keng 
kambinatsiyalar shaklida qaytitdan tuzib chiqish sifatida ko’rib chiqadi.


15 
Uchinchi yo’nalish vakillari esa kreativlikni qobiliyat tariqasida qabul 
qiladilar. Sipmson kreativlikka odam fikrlashining bir xaldagi usullarini rad etish 
qobiliyati sifatida qaraydi. 
J. Gilfordning fikricha, qobiliyat intellektni umumiy modelini ichida 
joylashadi, shu boisdan u kreativlikni 4 omilini ajratib ko’rsatadi. 
1. Orginallik – izoxlanishga mo’ljallangan birikmalar, o’zgacha kutilmagan 
javoblar natijalarini ko’rsatish qobiliyatidir. 
2. Semantik egiluvchanlik – obyektning funksiyasini ajratish va undan 
yangicha foydalanishni taklif qilish qobiliyati
3. Ifodali moslashtirilgan egiluvchanlilk yangi imkoniyatlarni ko’rish uchun 
rag’batlantiruvchi omillar shaklini o’zgartish qobiliyati
4. Semantik o’z – o’zidan yuzaga keluvchi egiluvchanlik nisbatan 
cheklangan vaziyatlarda turli xil g’oyalar yaratish qobiliyati
J. Gilford ijodiy qobiliyatlarini ayrim taxminiy tuzilishlar sifatida tushinadi, 
natijada bu tuzilishlar test shakllari orasidagi interrkorrelizatsiya sifatida namayon 
bo’ladi. Torrens bu qolibyatlarni odamlar orasida mavjud bo’lmagan tafovut 
tariqasida tariflaydi. Torrens kreativlik deb nixoyatda kuchli darajada 
kamchiliklarni idrok qilish bilimlardagi kamchiliklarni yetishmaydigan, 
elementlarni disgarmoniya va x.klarni idrok qilish qobiliyatlarni tushinadi. Ijodiy 
akt keyinchalik sezishni, yechimni qidirishga, yetishmovchi elementlarga nisbatan 
farazning paydo bo’lishi va shakllanishi, bu faravzlarni tekshirish va ularni yana 
qaytadan teshshirish madifikatsiyalash ehtimollari va nixoyat natijalarni ma’lum 
qilishni o’z ichiga qamrab oladi.
Kreativlikni o’rganishda 4 chi yo’nalish uning shaxs xususiyati sifatida 
qarashdan iboravt bo’ladi, unda shaxs muommosi suzkur xolat bilan 
uyg’unlashtirilgandir. Ushbu yo’nalishning vakillari bo’lmish Gelshteyn, Rodjers, 
Masloular ijodiy jarayoni o’zini – o’zi faollashtirish samoaktulizatsiya bilan 
bog’lab tushintirishga harakat qilganlar. Barron va Volsh tajribalar shu narsalarni
ko’rsatadiki murakkab chizmalar va rasmlar yaratilishi shaxsning ijobiy 
xususiyatlari bilan uning ijodiy imkoniyatlari o’zaro uzqiy bog’liqdir. Nuqtaning 


16 
tezligi surati xukmning beixtiyorligi va mustaqilligi qiziqishlarining kengligi va 
oqilligi kabilar.
Psixologlardan Kettell, Golland, Makkennon, Madli, kabilarning kreativlikni 
o’lchab beruvchi, mezon fazifasini o’tovchi testlarini boshqarishda 
sinaluvchilarning shaxsiy fikr hamda muloxazalarni o’rganish hyech qachon 
foydadan xoli emasdir. Koliforniya universitetida olib borilgan tadqiqotlari shuni 
ko’rsatadiki yetarlicha ijodkor bo’lgan insonlar sezilarli darajada intellektual 
ustunlikka ega bo’lishlari shart emas, chunki ularning intellektual darajasi o’z – 
o’zidan yetarlicha yuqoridir. Ijodkor shaxsning psixologik xususiyatlari 
moxiyatlari shundaki, u bolaning rostgo’yligi tasavvur qilish, ko’rsatkichi 
ajablanishi taajublanishi bilan yetuk amaliy turmushlar tajribisiga ega bo’lgan 
tajribi yoshidagi kishining bilish maxoratini o’ziga birlashtira olishga qodir 
bo’lishi.
Shunday qilib intellekt muommosi chet el g’arbiy Yevropa, AQSh 
psixologiyasida juda keng o’rganilgan bo’lib ular turlicha nazariyalar, 
konsepsiyalar, yondashishlar pazitsiyalaryo’nalishlarga asoslangan holda tadqiq 
qilingan. Shuning bilan birga intellektni o’lchash mezonlari, rkiteriylari, taraqqiyot 
ko’rsatkichlari, o’ziga xos xususiyatlari, test yaratish undan turli yoshdagi kishilar 
aqliy rivojini tekshirishda foydalanish xilma – xil ilmiy nazariy negizlarga 
qurilgandir. Ana shu boisdan biz ularni taxlil qilganda bir nechta yo’nalishga 
ajratib talqin moxiyatini osonroq tushinish o’zaro sababiy bog’lanishlarni taqoza 
etishga yo’naltirilgan umulashmalar umumlashmasiga murojat qilishga intildik, 
o’ylaymanki bu borada ma’lum bir ixchamlikka fikriy tejamkorlikka erishdik. 
Pedagogik faoliyat jarayoni inson aqliy kamolatini rivojlantirishda muhum 
ahamiyat kasb etadi. Unda ta’lim faoliyatining olib borilishi o’quvchilar nilimini 
mustahkamlar ekan. Nilimning bunday mustahkamlanishini aqliy taroqqiyatga 
yordam beradi. 
Inson aqliy bilimlari sistemasida charxlanib atrof –muhit, borliq 
predmentlari haqidagi tushunchalarni hosil qiladi. Bunday tushunchalarning hosil 
bo’lishi inson tafakkurni yanada rivojlantiradi. Natijada inson ongida ishbu 


17 
tushunchalar yuzasidan tasavvurlar kengayadi va bunday sifatlar insonda fikr 
yurutishi, mustaqil fikrlash faxmlash kabi jihatlarni yuzaga keltitadi. Bu jihatlar 
ta’lim jarayonida yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi. Ta’limni o’zgartirishi faollik 
zehinlik kabi xususiyatlar insonning tarbiyaviy tomonlariga ham tasir eta 
boshlaydi.
2. Bunday shart-sharoitlar aqliy ryvojlanishida muhum bolalik davrida 
aqlning shakillanishiga zamin yaratib berishi muhumdir. Bola uchun eng zaruriy 
shoroit muhitdir. Sog’lom psixologik muhut bolaning bilish jaroyonlarini narmal 
rivonlanishini taminlaydi. Shu bilan birga insonning hissiy holatlari hamda 
hususiyatlarining rivojlanishida muhumdir. 
Manaviyat ham aqliy rivojlabishning muhum omillaridandir.
Ehtiyoj va qiziqishlar har bir faoliyatda faollik ko’rsatishni taminlaydi. 
SHu jumladan buni talim faoliyatida ham o’rni beqiyos , Bunday ehtiyoj 
qiziqish xoxish va istaklar inson qobiyatini nomoyon qiladi. Qobiliyatli inson 
o’zidagi imkoniyatdan o’rinli foydalana olsa aql –zakovatni yuqori cho’qqisiga 
chiqadi. Qobiliyat istedot, talandt darajasiga chiqishi insonning aqliy qobiliyatiga 
bog’liq.
3. Individual yondashishni nafaqat talimda balki o’yin va mehnat faoliyatida 
ham mazmunli amalga oshishi kerak. Bunda aqliy taraqqiyotning dastlabki 
poydevori qo’yiladi. Shu bilan birga bolalarning ish hususiyatlari hamda 
psixolagik xususiyatlarini ibodatga olgan holda ta’lim tarbiya berish zarurdir.
4. Bunday vazifa psixoloflar oldiga bir qator vazifalarni yuklaydi, bular 
- Bolalarni ham psixologik ham pedagagik jihatdandan chuqurroq o’rganish: 
- Bola yashaydigan ijtimoiy muhitni bikish va tasir etuvchi omillarni 
aniqlash:
- Kattalar tamonidan bildirilgan talim tarbiyani o’zlashtirish; 
- Diognostik kotteksion prafilaktik ishlarni yazshi bilish; 
- Bolaga yaratilgan shoroitlarni o’rganishi va qobiliyatlarni aniqlay bikish. 
Tarbiya va talim jarayoning mazmuni ikki maqsadni o’z ichiga qamrab 
oladi; 


18 
Birinchidan bolani aqliy taraqqiyotini taminlash ikkinchidan shazsni 
takomillashtirishdan tarkib topgandir. Pedagagik faoliyat shu mutakkab 
muommoni hal etishga qaratilmog’i zarur. Aqliy taraqqiyot insonning umumiy 
kamolati bilan mutonasib ravishda o’zgaradi. Aqliy taraqqiyotni royobga 
chiqaradigan asosiy manbalar bilim egallash jaroyoni, faoliyat emotsianol irodaviy 
jabxa individual hususiyat shaxslararo munosabatdan iboratdir. Aqliy taraqqiyot 
mikro bosqich jarayonida ro’yobga chiqa boradi. 
Voqelikni aks ettirish , yangiliklarni o’zgartirish malumotni yfigd qilish 
orqali boyib boradi. Ayniqsa bolaning biolagik o’sishi uning aqliy taraqqiyotiga 
munosib qulayliklar yaratadi. 
Organizmning mukammallashuvi sezgi jarayoning tiniqlashuvi ,idrokda 
predmentlarning asosiy xususiyatlar aks etishi mantiqiy xotiraning esda olib 
qolishidagi o’rni kengayob borishidagi, mustaqil fikrlay boshlash, tasavur uchun 
asosiy zaminlar bo’lsa o’yin, o’qish, mehnat faoliyati, aniq maqsad sari intilish, 
qiziqish qobiliyati kabilar aqliy taraqqiyotni taminlovchi zarur shart-shoroitlar. 
Ta’lim tarbiya jaroyonida bola shaxsini individual xususiyatlari qanchalik 
aniq hisobga olib yondashilsa uning yashash sharoiti mazmunli va zarur 
informatsiyalar bilan to’ldirilib berilsa aqliy taraqqiyot uchun yangi yangi 
imkoniyatlar ochiladi. Aqliy rivojlanish tushunchasining o’zi turli tadqiqotchilar 
tamonidan har xil talqin qilinmoqda .(S.L.Rubinshitayin, B.G.Ananev), intelektni 
tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratish hozirgi zamon psixologiya faning 
dolzarb muommolaridan biridir. Afsuski nazariya ham , amalyot ham etirozga ega 
bo’lmagan intellekt psixodiognostika qiluvchi usullar majmuasi mavjud emasdir. 
Aqliy jihatdan asoslangan diognostik usullarning ko’magisiz bugunbi kunda 
bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini uning aqliy rivojlanishini 
o’qitish usullarining samaradorligini tekshirish mutloqa mumkin emas va nihoyat 
diognostik usullarni qo’llamay turib o’quvchilarning aqliy darajasini aniqlash va 
ularni shakillantirishda individual yondashuvni amalga oshirish qiyin bo’lar edi. 


19 

Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin