Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar



Yüklə 284 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix20.11.2023
ölçüsü284 Kb.
#163071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to

intellektual
so’zining ma'nosini aytib o’tish o’rinlidir. 
Intellektual – so’zining lug’aviy ma'nosi aqliy jihatdan yetuklik, fahm-
farosat, aql-idrok, zakovat, zukko ya'ni zakovatli inson, zukko bo’lish demakdir. 
Mavzuning dolzarbligi. 
Psixologiyada aql-zakovat, ya’ni intellekt 
muommosi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ist’edod, qadriyat, 
ma’naviyat hamda aql zakovat etnopsixologik nuqtai- nazaridan millat ko’zgusi 
hisoblanadi. Aql zakovat insoniyat yashab turgan jamiyatning ruhiy-manaviy 
omilidir. Binobarin, aqliy imkoniyat mazmuni va mohiyati bevosita 
mujassamlashgan bo’ladi. Jamiyat takomillashuvining bosh omili bu - barkamol 
avlod, keng ko’lamli, teran fikrlovchi, bilimdon shaxslarning shakillanishidir. 
Shu sabab hozirgi kunda Respublikamizda bir qator ishlar amalga 
oshirilmoqda. Hozirgi kunda yoshlar uchun har tamonlama tokomillashuvini shu 
jumladan intellektual rivojlanishni taminlash uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. 
Barcha ta’lim muassasalari maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, o’rta 
mahsus kasb hunar ta’limi oily dargohlar kompyuterlar bilan taminlangan. Barcha 
ta’lim muassasalari o’qitishning eng yangi texnik jihozlari bilan taminlangan. Yosh 
avlodning intellektual jihatdan rivojlanishi uchun yetarlicha sharoitlar yaratildi. 

Ильясов И.И. Новый взгляд на умственное развитие и развивающее обучение // Вопросы психологии. - 
1996. - 
№3. - С. 138-141. 



Jumladan Raspublikamiz Prezidenti I. A.Karimov 2012 yil 17 fevralda «Yuksak 
bilimli va intellektual avldodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish 
va madernizatsiya qilishning eng muxim sharti» mavzusidagi xalqaro 
konferensiyaning ochilishi marosimida 48 dan ziyod davlatlardan kelgan 
mexmonlarga tashakkur bilidirib, O’zbekistonda bugungi kunda shakllangan ta’lim 
tizimi islohatidagi tajribalarimizni muxokama etish biz uchun yuksak sharaf 
ekanligini ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek yurtimizdagi ta’lim tizimi haqida 12 yillik 
majburiy bepul ta’lim, darslar 7 tilda olib borilishi – 1500 dan ortiq kolej va 
liseylardagi shart – sharoitlar, oliygohlar hamda yuksak texnalogiyalar haqida 
so’zladilar. Anjuman qatnashchilari O’zbekiston ta’lim tizimiga tan berdilar. 
Bundan ko’rinib turibdiki yoshlarning intellektual rivoji ta’minlangan. Faqatgina 
yoshlar bunday imkoniyatlardan foydalana olmoqlari kerak.
Jamiyat taraqqiyoti teran fikrlovchi, aqlli shaxslar rivojiga bog’liq 
bo’lmoqda, bunda jamiyat inson intellekti rivojini ta’minlasa, inson ana shunday 
jamiyat rivojlantirgan intellekti bilan jamiyatni taraqqiy ettiradi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, intellekt rivojining psixologik jihatlari 
mavjud. Bunday psixologik jihatlarga inson ongining rivoji, intellektning paydo 
bo’lishi hissiy intellekt masalalari, jins va intellekt, intellekt yetishmovchiligi
intellektning tuzilishi masalalari, intellekt tarixi kabilar kiradi. Yuqoridagi 
fikrlardan intellekt rivoji psixologik muommolardan biri eg’kangligiga ishonch 
xosil qildik. 
Afsuski, umumta'lim muassasalari boshlang’ich sinf o’quvchilarida hozirgi 
vaqtgacha, biror fan yoki soha doirasida qiziqishi baland, qobiliyatli 
o’quvchilarning ta'limini tashkillashtirish muammosini hal etish yo’llarining 
pedagogik-psixologik, ilmiy va uslubiy jihatlari ishlab chiqilmagan. Biz 
tadqiqotning dolzarbligini boshlang’ich sinf o’quvchilarida intellektal 
imkoniyatlarini rivojlantirish muammosi kam o’rganilganligi va shu kungacha olib 
borilgan tadqiqot natijalari aynan ushbu mazmunga mos emasligi bilan izohlaymiz. 
Keltirilgan fikr va mulohazalar tadqiqot ishining dolzarbligini yana bir bor 
ta'kidlaydi. 




Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin