Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to’G’risidagi hozirgi pеdagogik psixologik talablar


Muommoning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 284 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix20.11.2023
ölçüsü284 Kb.
#163071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining intеllеktual imkoniyatlari to

Muommoning o’rganilganlik darajasi. 
Jamiyat davlat taraqqiyotiga inson 
aql zakovati bilan erishiladi. Insonning aqliy taraqqiyotini tadqiq qilish bugungi 
kundagi fan oldida turgan muhim vazifalardan biri bo’lib qolmasdan, balki bu 
muommo qadimdan mutafakkirlar olimlar diqqai markazida bo’lib kelgan. Hatto 
mazkur muommo antik dunyoda yashab ijod etgan faylasuf olimlar diqqatini 
o’ziga jalb etgan. Ular dunyoni bilishning asosi aql ekanligini ta’kidlaganlar. 
Haqiqatdan ham intellekt insonning har tamonlama rivojlanishini, obro’ qozanish, 
e’tiborga ega bo’lish, hayotda o’z o’rnini topishga ham ko’mak beradi.
O’quvchilar aqliy kamolatini o’rganish ayni kunning dolzarb 
muommolaridandir. Aqliy kamolatning rivoji ko’p jihatdan o’quv faoliyati bilan 
bog’liq masaladir. Atrofni bilish va anglashni, fikr yuritish va mustaqil mushohada 
yurita olish, sezgirlik va zehn, qobiliyat va iqtidor aql bilan bog’liq. Inson aqlining 
o’sishi jamiyat taraqqiyoti bilan ham bog’ldiqdir. Jamiyat taraqqiy etgani siyin 
inson ongi ham taraqqiy etadi. Mazkur ishimiz mavzusiga oid ilmiy tadqiaot 
ishlariga nazar tashlasak, bu yo’nalishdagi muommoni o’rganish juda qadimdan 
boshlanganligini ko’ramiz. Chunonchi, A.Bine, T.Simon, L.Termin, E.Torndayk, 
Spirmen, F.Frimen, Tyorstoun, J.Gil’ford, T.Ribo, J.Piaje, Mak Ferson, K.Teylor 
kabi chet el hamda rus psixologlari o’z ishlarini intellekt muommosini yoritib 
o’tishga harakat qilganlar.
Shu kabi tadqiqotlar natijasida intellekt rivojlanishining psixologik 
jihatlarini o’rganishga qaratilgan ko’plab psixodiagnostik vositalar ishlab 
chiqilgan. Bular jumlasiga Bine – Simon, G.Ayzek, Djeis Kettel, Termin, Veksler, 
P.Torreks, A.Anastazi kabilar tamonidan ishlab chiqilgan testlarni misol qilib 
keltirishimiz mumkin. Bulardan xozirgi kunda ham amaliyotda keng 
foydalanilmoqda.
Intellekt rivojlanishining psixologik jihatlarini o’rganish borasida 
respublikamiz olimlari tamonidan ham bir qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga 
oshirilgan. Jumladan, M.T.Davletshin, E.G’.G’oziyev, Sh. Usmonova, 
V.M.Karimova, M.M.Mamatov, B.R.Qodirov kabi olimlarimiz tamonidan 
intellektning rivojlanish muommosi o’rganilgan va o’rganilmoqda. Bunday 



tadqiqotlar respublikamizda yetishib kelayotgan yosh avlodning intellektual 
taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Shular asosida xozirgi kunda intellekt 
rivojlanishini o’rganishga oid ko’plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunga 
qaramay intellekt rivojlanishining psixologik jihatlari muommo bo’lib qolmoqda.

Yüklə 284 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin