Tushuntiruv-ko’rsatmalilik metodi - bu metod ryeproduktiv metod bo’lib, unda faoliyat o’qituvchi tomonidan olib boriladi. O’quvchilar ta'lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar.
Bu metod juda keng tarqalgan metodlardan biri bo’lib, uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu - programmalashtirilgan ta'limdir.
Ryeproduktiv metodda o’quvchi faoliyat ko’rsatib, unda o’quvchiga berilayotgan bilimni qayta xotirada tiklab, olingan bilimni nusxa sifatida qabul qiladi.
Muammoli ta'lim metodi - o’qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xaraktyerga egadir. Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish yo’llaridan biri ishchan o’yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
Qisman izlanish metodi.O’qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan metod bo’lib, u produktiv xaraktyerga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi.
Tadqiqot metodi. O’qituvchi ilm yordamisiz tashkil etiladigan ta'lim metodi bo’lib, u o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilimlar transformatsiyasini talab etadi.
Ta'lim jarayonini tashkil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan o’yinlardir. Ishchan o’yinlar munosabatlar sistyemasini modyellashtirish, faoliyat xaraktyeristikasini tashkil etishga yordam beradi.
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim jarayoniga yangi pedagogik tyexnologiyalarni kiritish ta'kidlanadi. Pedagogik tyexnologiya - bu ta'lim jarayoniga sistyemali yondashuv bo’lib, unda ta'lim jarayonining tashkil etishda
tyexnika va inson imkoniyatlari hisobga olinadi va ularning o’zaro munosabati ta'limning optimal formalari yaratilishiga zamin bo’ladi.
O’quvchini mustaqil ta'lim olishga o’z-o’zini rivojlantirishga tayyorlash bugungi kun o’quv maskanlarining asosiy vazifasidir.
Ta'lim jarayonida o’quvchining mustaqil ta'lim olishini faollashtirish zarur. Mustaqil ta'lim masalani quyilishi, yechish, o’z-o’zini nazorat va baholashning yo’llarini o’quvchi tomonidan tanlanishi va bajarilishi bilan xaraktyerlanadi.
O’quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun fikrlash xususiyatlarini shaqllantirish zarur. Fikrlash opyeratsiyalari asosida dars jarayoni faollashtiriladi. Bu o’qituvchining: «Nima uchun?», «Qanday maqsadda?»,
«Sabablari qanday?», «Natija nima uchun shunday bo’ldi?» singari savollarning muhokamasi orqali amalga oshirilishi mumkin. O’qituvchilarni evristik, muammoli vaziyatlarga tortish, tanqid, gumon holatlarini muhokama qilish, ulardagi muammolarni mustaqil xolda topish va ularni yechish uchun o’z loyixalarini tuzish va himoya qilish o’quvchilar tafakkurining ma'nodor va unumdor bo’lishiga xizmat qiladi.
Xozirgi zamon o’quv muassasalarining vazifasi yosh avlodni mustaqil fikrlashga o’rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud. Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir.
Aql bevosita bolalarning intellektual imkoniyatlari ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun yuqorida ta'kidlab o’tilgan ta'lim metodlarini yangi pedagogik tyexnologiyalarga asoslangan holda joriy etish samarali natijalar beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga yangi pedagogik tyexnologiyalar asosida muammoli ta'lim metodlarini qo’llagan holda ta'lim berish ularning intellektual imkoniyatlarini rivojlantiradi. Bunda aqliy topshiriqlar, ishchan o’yinlar asosida darsni tashkil etish mumkin.
Biz tadqiqot ishimizning keyingi paragrafida boshlang’ich sinf o’quvchilarining intellektual imkoniyatlarini rivojlantiradigan mashg’ulotlar mazmunini va olib borish usullarini batafsil bayon etamiz.