BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING KITOB MUTOLAASIGA
BO’LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH
Nuriddinova
Sabina
Zafar
qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi
Annotatsiya: Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlanib borayotgan
davrda kitobning ahamiyatini oshirish muhimdir. O‘quvchilarni kitob mutolaasiga
qiziqtirish yo‘llari haqida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish orqali
o‘quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish lozim. Boshlang’ich sinflarda
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab- quvvatlash,
yangi bosqichga
olib chiqish ustuvor vazifadir. O’quvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilish
haqida ko’rsatmalar berilgan. O’quvchilarni ma’naviy yuksaltirishda kitob
mutolasining ahamiyati.
Kalit so’zlar: Ma’naviy yuksalish, tarbiya, kutubxona, ertak, hikoya, barkamol
avlod.
Malumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi
to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada
kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish , u orqali
yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi. Kitob
o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib,
bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini
yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli,
aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni
beqiyosdir. ,,Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga
aytilmagan bolalar yoshlikdan ota-onalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini
maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni
boshlagan hikoya, ertaklar orqali
kitob , kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda
alohida e’tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana
boshlaydi.Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’yinqaroq , ko’proq kompyuter
o’yinlari ,telefon o’ynashni yoqtirishadi, ota- onalari bolalarini kitob o’qishlarini
xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio
ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir.
Bolalarga kitob o’qitishda ularga qiziqarli bo’lgan
kitoblarni tanlash muhim
ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilari hayvonlarga qiziqish bildirsa,
hayvonlar hayoti haqida ertaklar o’qib berish. Vaqtni ayamasdan kitob o’qib
berilsa, bola ham asta-sekin o’zi muntazam mustaqil tarzda kitob o’qiy boshlaydi.
Bolajonlarni tez- tez kutubxonaga olib boorish lozim. Bolalarda doimiy ravishda
kitob o’qish malakasini shakllantirish maqsadida, haftasiga hech bo’lmaganda bir
marta kutubxonaga olib bormoq lozim. Kitoblarni birgalikda ko’rib chiqib,
birgalikda tanlab, birgalikda o’qish samara beradi. Kitoblar haqida tez-tez
suhbatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bolalarni kitob o’qishga mehrini,
g’ayratini oshirmoqchi bo’lsak, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib berish,
umuman
kitoblar va ularning mazmun-mohiyati haqida suhbatlashib turish lozim. Hayotda
sodir bo’lgan haqiqiy voqealarni bolalarga ertak va hikoyalarga bog’lashga harakat
qilish kerak. Bundan tashqari ma’lum bir kitobning kino, multfilm ko’rinishini
birgalikda tomosha qilib, so’ng solishtirishi, kitob va kinodan olgan fikrlarini bilib
olish mumkin. Bu bolalarda nafaqat kitob mutolaasiga balki, mushohada qilishga
o’rgatadi, tahlil qilish qobilyatini ham oshiradi. Bolalarga tinch xona qilib berish
muhimdir. Bolalarni chalg’itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo’lgan o’zi
uchun qulay bo’lgan xona yoki burchak tashkil qilib berish. Bolalar ota-onasidan
namuna oladilar. Agar ota-onalar muntazam ravishda kitob mutolaa qilishsa,
boshqa oila a’zolari bilan turli kitoblar to’g’risida
tez-tez suhbatlashsa, kitobdan
zavq olganligini namoyon qilsa, bolalarga o’rnak bo’lgan bo’ladi. Kitob o’qish asta
-sekin bolalarni sevimli mashg’ulotiga aylanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini
rag’batlantirish, bunda ularning qiziqishlari yanada oshadi. Ota-onalar bolalarni
bilan turli xil o’yinlar orqali kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Bolalarda
o’zining kutubxonasini yaratishni oz bulsada kitoblarni o’qib to’ldirib borishini
aytish yaxshi samara beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ertak, hikoya o’qib
berish davomida uni eng qiziq joyida to’xtatilsa, ular keying voqealar nima
bo’lishiga qiziqadi va bu kitob o’qishiga yaxshi samara beradi.
Bir kitobni
o’qigandan so’ng bolajonlar bilan rolga kirishib shu ertakni jonli ijro etish ham bir
qancha qiziqish uyg’otadi. Bunda bola yana sahnada yangi qahramonlar yaratish
uchun yangi kitoblar o’qishga kirishadi. Ertakdan so’ng ertak qahramonlarini
suratlarini chizish bolada yangi tasavvurlarni uyg’otadi.
Unga o’qigan ertak kitoblaridan savol-javoblar o’tkazish hamda ularni
sovg’alar, shirinliklar bilan rag’batlantirish yanada qiziqishiga sabab bo’ladi.
Ertakni ma’lum bir joyiga kelganda to’xtatish va bolalarni davon ettirishga undash
lozim. Bolalarga ko’ngilochar entsiklopediyalar sotib olish. Qancha vaqt o’qish
kerakligini belgilash sekin-sekin qiziqishiga qarab vaqtni uzaytirish. Har bir bola
asta-sekinlik bilan kitobga mehr qo’ya boshlaydi .Kitob mutolasi unga zavq
bag’ishlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xalqaro
tadqiqotlarda
boshlang’ich
sinf
o’quvchilarining
o’qish
savodxonligini baholash(Boshlang’ich sinf o’qituvchilari, metodistlari uchun
metodik qo’llanma.) Sharq nashriyoti- 2019
2. Sh. Mirziyoyev ,,Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga
quramiz’’T: O’zbekiston ,2017
3. Internet ma’lumotlari: www.ziyocom.uz