So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan, sabo — shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqachi, diyor - vatan, inshoot — bino, samo — osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so'zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko'rsatish zarar.
Tanish bo'lmagan so'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash
orqali tushuntirish. Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga,
rostgo'y so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.
Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'z va so'z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
So`zni o`ziga yaqin tushuncha — boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish.Bunda tushuntiriladigan so'zning izohi qisqa va aniq bo'lishi kerak. Masalan, o'zboshimchalik — o`z xohishicha ish tutish, ishni o`zi xohlaganicha bajarish; mutaxassis — biror hunar egasi; shunqor— uzoq uchadigan ko'zi o`tkir qush; mesh — mol terisidan tikilgan idish; guldon — gul solib qo'yiladigan idish va boshq.
Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn — bir vaqtning o`zida donni o`radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo'jalik mashinasi; ekskavator — bir vaqtning o`zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom — samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo'nadigan joy va hokazo.
So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish.Masalan, yantoq — suvsiz joyda o'sadigan ninasimon tikanli o'simlik; akula — okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq.
Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.
Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari.
Orfografiya o'qitishda o'quvchilarning savodxonlik darajasini o'rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o'rin tutadi.
Maktabda o'tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o'quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o'quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin.
O'quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko'proq nazorat diktant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
O'qituvchi o'quvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o'quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O'quvchi o'zining har qanday yozma ishi o'qituvchining e'tiborida bo'lishini sezib turishi kerak. Bu o'quvchiga ilmiy oziq beradi.
Xatolarni tuzatishga o'quvchilarning o'zini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning harakteriga bog'liq. Sinfda bajariladigan mashqlar ko'pincha sinfning o'zida o'qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o'quvchi o'z yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzatadi, yoki partada o'tirgan ikki o'quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o'quvchilarning savodxonlik darajasi inobatga olinadi.
Nazorat harakteridagi ishlar o'qituvchi tomonidan tekshiriladi.
Uyda bajariladigan mashqlar ham tekshirilishi mumkin. Bu quyidagicha bo'ladi: