Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati



Yüklə 57,55 Kb.
səhifə1/10
tarix19.10.2023
ölçüsü57,55 Kb.
#157636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati


Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I-bob. Olmosh, kishilik olmoshlarini o'rganish metodikasi

    1. Olmoshlarning gapdagi vazifasi

    2. Olmosharning ma’no jihatdan turlari

II-bob. Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyati
2.1. Olmosh so'z turkumini o'rganishda ta'limiy o'yinlardan foydalanish
2.2. Olmosh so’z turkumi mavzusida 1 soatlik dars ishlanma
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Barchamizga ma'lum, bugungi kunda barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasida ham ko'pgina islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunday islohotlar ta'limning barcha sohalariga tegishlidir. Jumladan boshlang'ich ta'lim bosqichiga ham. Bunday islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchilarning chuqur bilim olishlarini ta'minlashdir.


Boshlang'ich sinfda ona tili darslari alohida ahamiyatga egadir. Ona tili fanini o'qitishning asosiy maqsadi - o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan - muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.1 Bu maqsadni amalga oshirish esa boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga kata mas'uliyat yuklaydi, ulardan chuqur bilim, mahorat talab qiladi. Bunday talablarga javob berish uchun boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'zlari dars beradigan fanlardagi har bir yangiliklarni kuzatib borishi, darslarda foydalaniladigan turli texnologiyalar, metodlar bilan qurollangan bo'lishlari kerak. Chunki turli metod va texnologiyalar bilan tashkil qilingan darslar an'anaviy darslarga nisbatan samaraliroq bo'lishi kuzatilmoqda. Texnologiya tushunchasi haqida to'xtalib o'tamiz. Texnologiya- yunoncha so'z bo'lib, texne-mahorat, san'at, logos-tushuncha, ta'limot ma'nolarini anglatadi. Ushbu tushuncha iqtisodiy sohaga xos bo'lgan tushuncha hisoblanadi. Keyinchalik esa pedagogik texnologiya tushunchasi fanga kiritildi va ilmiy isbotlandi. Pedagogik texnologiya bilimlarni o'rganish yaxlit jarayonida ta'lim shakllarini optimallashtirish, texnikaviy, insoniy imkoniyatlar, ularning o'zaro hamkorligini amalga oshirish metodlari tizimidir.
So'z turkumlarini o'rganish mavzulari boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini o'stirishda alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu mavzular orqali o'quvchilarning so'z boyligi ortadi. Boshlang'ich sinfda so'z turkumlaridan ot, sifat, son, fe'l va olmoshlar nazariy va amaliy tarzda o'rgatiladi. Olmosh so'z turkumi ham ona tili nazariyasida alohida ahamiyatga ega mavzulardan biridir.

Yüklə 57,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin