www.pedagoglar.uz
42-son 1–to’plam mart 2023
Sahifa: 161
“BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTERFAOL USULLARDAN
FOYDALANISH”
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar
15-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari
Dusyarova Gulbahor Muxammadiyevna
Obidova Muqaddas
Ro'ziqulovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilariga ona tili va
o‘qish savodxonligi fanlarini o‘rgatishda interfaol
usullardan foydalanish va
metodlarning o‘ziga xos afzalliklari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
Interfaol usullar, ta’limiy o‘yinlar, “So‘z va hodisalarni eslash”
ta'limiy o‘yini, “Begona” o‘yini, “Topag‘on” o‘yini, “Kim ko‘p so‘z tuzadi” o‘yini.
Maktab hammamiz uchun qadrdon maskan. Bizga ilm o‘rgatuvchi, tarbiya
beruvchi muqaddas dargoh. O‘quvchilar uchun kichik bir Vatan. Har bir iqtidor va
qobiliyatni yuzaga chiqarish, o‘quvchining intilishlariga munosib yo‘l ko‘rsatishda
maktabning ahamiyati nihoyatda katta. So‘nggi yillarda
maktablarning moddiy
texnika bazasini rivojlantirish, ularni ilmiy metodik jihatdan taʼminlash
borasida
bir qator ishlar amalga oshirildi. Yangi O‘zbekistonda maktab ishlari yuksak
surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Ta’lim-tarbiya berish
jarayonlari ham zamonaviy
tarzda tashkillashtirilayotgani ham davrni shiddat bilan rivojlanayotganidan dalolat
beradi.
Shunday zamon rivojlanayotgan paytda, ta’lim jarayonlarini ham o‘ziga xos
yangi metod va ta’limiy o‘yinlar bilan tashkillashtirish, har bir o‘qituvchi-ustozlar
uchun mas’uliyatli ishlashni, o‘quvchilarga bilim
berishda ijodkorlik bilan
yondashish kerakligini taqozo etadi.
1-2-sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida quyidagi metodlardan
foydalanishni tavsiya sifatida tushuntirib o‘tamiz.
“So’z va hodisalarni eslash” ta'limiy o‘yini.