BOSHLANG'ICH SINFDA MATEMATIKA O'QITISH
METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI
Reja:
1.
Induksiya, deduksiya va anologiya usullari haqida umumiy
tushunchalar
2.Masalalarning o’quvchilar bilim olishidagi ahamiyati
3. Boshlang‘ich sinflarda misol va malalar yechishda Induksiya,
deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo‘llari
Xulosa
Foydalanilgan adabitotlar ro`yxati
2
1. Induksiya, deduksiya va analogiya usullari haqida umumiy
tushunchalar
Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi
xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Induksiya metodi
– bilishning shunday yo`liki, bunda o`quvchining
fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosalarga
olib boradi. Induktiv xulosa-xususiydan umumiyga qarab boradigan
xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror
qonuniyatni ochish yoki
qoidani chiqarish uchun o`qituvchi misollar, masalalar, ko`rsatmali
materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.
Boshlang`ich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy bog`liq holda
deduksiya metodidan ham keng foydalaniladi. Boshlang`ich sinflarning
yangi o`qitish dasturi talablariga o`tishi munosabati bilan deduksiya
metodidan foydalanish chegaralari ancha kengaydi.
Deduksiya metodi –
bilishning shunday yo`liki, bu yo`l
umumiyroq bilimlar asosida yangi
xususiy bilimlarni olishdan
iboratdir.
1+2=3 3-2=1 3-1=2
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret
qoidalarga o`tishdir.
Induktiv va deduktiv xulosalarga misol keltiramiz. Birinchi sinf
o`quvchilariga yig`indi bilan qo`shiluvchi orasidagi bog`lanishni
tushuntirish uchun bolalarni xulosaga induktiv yo`l bilan olib kelamiz.
3
Ko`rsatmalilikdan foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi
topiladi (1+2=3).
Shundan keyin 1ta qizil doiracha surib qo`yiladi,
bunda bolalar
2ta ko`k doiracha ya’ni ikkinchi qo`shiluvchi qolishiga ishonch hosil
qilishadi (3-1=2). Shundan keyin 3ta doirachadan 2ta ko`k doiracha
ayirilsa 1ta qizil doiracha, ya’ni birinchi qo`shiluvchi qolishiga ishonch
hosil qiladilar (3-2=1). Shundan keyin boshqa sonlar hamda boshqa
ko`rsatmali materiallar bilan bir qatorda shunday mashqlar bajariladi va
bolalarning o`zlari ushbu
umumiy xulosani ifodalashadi; agar
yig`indidan birinchi qo`shiluvchi ayirilsa, ikkinchi qo`shiluvchi qoladi,
agar yig`indidan ikkinchi qo`shiluvchi ayirilsa, birinchi qo`shiluvchi
qoladi.
Bolalar tomonidan induktiv yo`l bilan chiqarilgan xulosa 5,6,7,8,9
sonlarini ayirish qaralayotganda deduktiv mulohazalar yuritish uchun
foydalaniladi. O`quvchilar 7-5 ko`rinishdagi
misolni yechishlari kerak
bo`lsin. 7 sonini 5 va 2 sonlarining yig`indisi sifatida qarash
mumkinligini eslatib o`tamiz. Agar yig`indi (7) dan qo`shiluvchilardan
biri (5) ni ayrilsa, boshqa qo`shiluvchi (2) kelib chiqadi. Shunday qilib,
bolalar yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganliklari
asosida xususiy yangi bilimga ega bo`ladilar. (7-5 ko`rinishdagi misollar
qanday yechilishini bilib oladilar). Yuqorida qaralgan induktiv xulosa
chiqarish misolida xulosa noto`la induksiya yordamida chiqarildi. Shu
yo`l bilan chiqarilgan xulosa har doim ham to`g`ri bo`lavermasligi
mumkin. Masalan, yig`indi har doim qo`shiluvchilarning har biridan
katta, degan xulosa natural sonlar qatorining hammasi uchun to`g`ri,
4
sonlarning nolni ham o`z ichiga olgan kengaytirilgan
qatori uchun bu
xulosa noto`g`ri bo`ladi. Shu munosabat bilan o`qitish jarayonida
bolalarga qanday shartlarda chiqarilgan xulosa yetarlicha isbotlanishi va
qanday hollarda noto`g`ri bo`lib chiqishi mumkinligini ko`rsatish uchun
birorta ham bunday holni o`tkazib yubormaslik muhim.
Shuni takidlab o`tamizki, chiqarilgan deduktiv xulosalar asosida
yotuvchi umumiy qoidalar induktiv yo`l bilan olingan bo`lishi shart
emas. Masalan, II sinf o`quvchilarni yangi amal – ko`paytirish
amali
bilan tanishtirayotib, o`qituvchi ko`paytirish bu bir xil qo`shiluvchilarni
qo`shish ekanini tushuntiradi. Mazkur holda faqat deduksiya bilan ish
ko`riladi.