5
yo`q. Yaxshisi kichik hikoya shaklida bayon etilgan holatni bolalar
matematik belgilar bilan daftarga yozib olish imkoniyatiga ega bo`lsin.
Hikoya uchun D+P=D yoki Q-D=P sxematik shakldagi yozuvlar
yo`llanma bo`lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, ,,ikki
tasvir
keltirilgan (tasvirlar doskaga ilinadi yoki kompyuter orqali ekranga
tushiriladi )-mana bu rasm bo`yicha men tuzgan hikoyaga diqqat
qilinglar’’
1. “Olmaning bir shoxida 3 dona olma, boshqa shoxida esa 1 dona
olma bor edi, har ikkala shoxidagi olmalar soni 4 ta ekan ’’. Bu hikoyani
yozib olish uchun qanday shakldan foydalanish mumkin? (birinchisi
3+1=4)
2. “Olmaning shoxida 4 dona olma bor.
Shuning bittasini uzib
olishdi, shoxida endi 3 dona olma qoldi’’. Bu hikoyani matematik
belgilar bilan qay ko`rinishda yozib olish mumkin? (4-1=3).
3. “Bir shoxida bir dona olma bor edi. Ikkinchi shoxida esa undan 3
dona olma ko`p edi’’. Hisoblab ko`ringchi, ikkinchi shoxida qancha
olma bor ekan? (1+3=4).
4. “Bir shoxda 3 dona olma bor edi. Ikkinchisida esa undan 2 ta
kamroq ’’ –ikkinchi shoxda qancha olma bor ekan? (3-2=1).
Bolalar
asta-sekin shunday hikoyalar tuzishga kirisha boshlaydilar. Sxematik
shakl ular uchun yo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
Tayyorgarlik bosqichida quyidagi topshiriqdan (masaladan) ham
foydalanish mumkin:
“Qush uyasida 6 ta chumchuq bor. Ularga yana bir gala
chumchuqlar kelib qo`shilgach, qushning soni 9 ta bo`ldi.
Inga necha
6
qush kelib qo`shildi?’’ .Bolalar mashg`ulot davomida namoyish
taxtasida 6 ta qush tasvirini terib qo`yadilar. Keyin ularning soni 9 taga
yetgunga qadar qushlarning tasvirini qo`shib teradilar (Har gal bir
donadan qo`shib borishlari ham mumkin). So`ng uyaga kelib qo`shilgan
qushlar sonini ko`rsatadilar.
Ko`rgazmali vositalar yordamida
vaziyatni bolalar tushunib
olishlariga, keyinchalik esa, shu mazmundagi masalalarni yechishda
harakat yo`lini to`g`ri tanlashlariga omil bo`ladi. Bu bosqichda arifmetik
amallarni tanlash haqidagi masalalarni ko`tarish ham maqsadga muvofiq
emas, chunki, yechim qushlarni bevosita sanab chiqish yo`li
bilan hal
etiladi.
“Masala’’ iborasini qo`llashdan avval uning boshqa xil
topshiriqlardan farqini bolalarga tushuntirib berish kerak. Buning uchun
quyidagi 2 masalani taqqoslash mumkin.
1. Ikkita oq va bitta qizil rangli mashinalar tasviri tushirilgan
rasmdan
foydalaniladi.
O`quvchi
so`raydi:
“Rasmda
nimani
ko`ryapsiz?’’ (Ikkita oq va bitta qizil mashina ). “Rasmdagi mashinalar
soni qancha?’’ (3 ta).
O`qituvchi misoldagi barcha ma’lumotlar aniq ekanligini ta’kidlaydi
(Hammasi rasmda ko`rinib turibdi). Shundan so`ng boshqa masalani
ko`rib chiqishni tavsiya etadi.
2. “Karimda 3 ta, Po`latda esa 5 ta marka bor edi. Karim va
Po`latda jami qancha marka bor?’’ O`qituvchi dastlab 3
ta markani olib,
konvertga soladi, keyin 5 ta markani olib, shu konvertga soladi.
-“Bu masalada biz uchun nima ma’lum va nima nomalum?’’
7
(Karimda 3 ta, Po`latda 5 ta marka borligi ma’lum. Ammo, ulardagi
jami markalar soni noma’lum).
Dostları ilə paylaş: