17. Ona tili o’qitish metodikasiga ilmiy asos bo’ladigan fanlar...
А. Fonetika va fonologiya, leksika, frazeologiya, so’z yasalishi va etimologiya, morfologiya va sintaksis, uslubiyat, orfoepiya, orfografiya, grafika, adabiyotshunoslik
В. Fonetika, leksika, so’z yasalishi, morfologiya, sintaksis, etnografiya, orfografiya.
С. Fonetika, leksika, leksikografiya, grammatika, arxeologiya, orfografiya
D. Fonetika, grafika, orfoepiya, leksikologiya, grammatika, dialektologiya, uslubiyat, didaktika.
18. Ona tili o’qitish tamoyillarini toping.
А. Nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarining to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish, til ma’nolarini tushunish, tilga sezgirlikni o’stirish, nutqning ifodaliligiga baho berish, og’zaki nutqni yozma nutqdan oldin o’zlashtirish
В. Til materiyasiga e’tibor berish, til ma’nolarini tushunish.
С. Sezgirlikni o’stirish, so’zning lug’aviy ma’nosini tushunish
D. Imloviy sezgirlikni o’stirish
19. Nazariy tekshirish metodi nimalarga tadbiq etiladi?
А. O’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish va ommalashtirish uchun
В. Yangi dastur va darsliklarning muvofiqligini tekshirishga, uning qay darajada foydaliligini aniqlash uchun
С. Tajriba jarayonida to’plangan metodlarni ilmiy o’rganish uchun
D. Izlanishning asosiy yo’nalishini belgilash, masala tarixini o’rganish, o’zaro bog’liq fanlar tekshirish metodlarini o’rganish, amaliy yo’l bilan olingan materiallarni analiz qilish va umumlashtirish uchun
20. Eksperiment o’z vazifasiga ko’ra...
А. Yangi metod, yangi darsliklarning muvofiqligini, metod va qo’llanmaning qay darajada foydaliligini, muvofiqligi va samaradorligini aniqlaydi.
В. Metodlarning muvofiqligi, foydaliligi, samaradorligini aniqlaydi
С. Ko’rgazma va tavsiyalarning samaradorligini aniqlaydi
D. Darslik, dastur, qo’llanmalarning muvofiqligi, foydaliligi, samaradorliligini tekshiradi.
Dostları ilə paylaş: |