‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslar
1.3. O‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga doir sintaktik tushunchalarni shakllantirish texnologiyasi BoSHlang‘ich sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqi va mantiqiy tafakkurini rivojlantiriSHda grammatik mavzularni o‘rganiSH alohida o‘rin tutadi.
O‘quvchilarni grammatikaga oid til hodisalarini anglaSH, til elementlari va ularning SHakllaridan ongli raviSHda foydalaniSHga o‘rgatiSH orqali og‘zaki va yozma nutqini o‘stiriSH, o‘z nutqiga ongli munosabatda bo‘liSH hamda nutqni to‘g‘ri SHakllantiriSH ko‘nikmasi tarbiyalanadi. Ma’lumki, ona tili darslarida o‘quvchilar so‘z bilan ifodalanadigan ko‘pgina tuSHunchalarni bilib oliSHga muhtojlik sezadilar. SHu bois tilning grammatik quriliSHini o‘rgatiSH jarayonida o‘quvchilarga so‘z ma’nosini tuSHuntiriSH, so‘zning ma’nosiga aniqlik kiritiSH, so‘zni o‘quvchining faol lug‘atiga aylantiriSHga qaratilgan lug‘at iSHlari taSHkil etiladi. So‘z ma’nolari gap va matnda aniqlanadi. O‘quvchilar matnni o‘qiSH jarayonida barcha so‘zlarning ma’nosiga tuSHunadi deb bo‘lmaydi. Bu holat o‘quvchilar yozgan bayon va inSHolarda ko‘zga ayon taSHlanadi.
Ma’lumki, boSHlang‘ich sinflarning ona tili dasturida gap ustida iSHlaSH markaziy planga chiqarilgan. Gap mazmun va grammatik jihatdan bog‘langan so‘zlardan taSHkil topadi. So‘zning ma’nosi esa nutq jarayonidagi gapda aniqlanadi. Bog‘laniSHli nutqqa oid maSHqlarga qo‘yiladigan talablar gapning quriliSH materiali - so‘z ustida iSHlaSHga ham taalluqlidir.
Ona tili darsliklarida gap ustida iSHlaSH uchun yetarlicha material bor. Bu materiallar asosida o‘quvchilar gapni to‘g‘ri tuziSHga o‘rgatiliSHi lozim. Gapning ifoda etiliSHiga ko‘ra gap quriliSHi ustida iSHlaSH o‘quvchilarning fikrlaSH, mulohaza yuritiSH ko‘nikmalarini rivojlantiradi, qobiliyatlarini o‘stiradi.
Ma’lumki, o‘zbek tili lug‘atidagi ko‘pgina so‘zlar ko‘p ma’nolidir. Ularning ma’nolari faqat gap tarkibida aniqlanadi. O‘quvchi gapda so‘zlarni ma’no jihatdan bog‘laSH jarayonida yaqin ma’noli va ma’nodoSH so‘zlarni taqqoslaydi, ulardan birini tanlaydi va aniq xulosaga kelgandan keyingina gapda qo‘llaydi.
Gap ustida olib boriladigan mustaqil iSHlar o‘quvchini sintaktik tahlilga o‘rgatadi. O‘quvchi turli ma’nodagi so‘zlarni muayyan tartibda joylaSHtirib butun bir gapni tuzadi. Bunda o‘qituvchi, avvalo, so‘z tanlaSHga, ularni muayyan tartibda joylaSHtiriSH ustida iSHlaSHga e’tibor qaratiSHi, berilgan bir xil so‘zlarning gapda turli o‘ringa joylaSHtiriliSHi gap mazmuniga ta’sir qiliSHini o‘quvchilarga anglatiSHi lozim.
Ta’lim jarayonida lug‘at iSHi matn va gap materiali asosida uyuSHtiriladi. O‘z navbatida, lug‘at iSHi – so‘z ustida iSHlaSH o‘quvchini grammatik maSHg‘ulotga ham tayyorlaydi. O‘quvchilarning ona tili xazinasidagi so‘zlardan nutq faoliyatida foydalana oliSH, o‘z nutqini nutq SHaroitiga mos raviSHda ifodalaSH ko‘nikmalarini egallaSHlari uchun ta’lim jarayoniga mazmunga mos o‘qitiSH usullarini tatbiq etiSH ona tili o‘qitiSH metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardandir.
BoSHlang‘ich sinflarda so‘z ustida iSHlaSH SHu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchilar predmet va hodisalarni ko‘proq kuzatiSHlari, ularning mavjud belgilarini taqqoslab o‘xSHaSH va farqli belgilarini aniqlaSHlari, kuzatgan narsa va hodisalarining nomini o‘zlaSHtirib oliSHlari, ularni nutqda qo‘llaSHlari uchun tabiatga ekskursiyalar uyuSHtiriliSHi, turli ko‘rgazmalardan foydalangan holda so‘zlarning ma’nosi har xil usullar yordamida tuSHuntiriliSHi, ularning yozma iSHlarda qo‘llaniliSHi o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stiriSHga xizmat qiladi.
Ma’lumki, so‘z bitta predmetning nomini bildirmaydi, u bir qancha predmetlar guruhini, tasavvur va hodisalarni o‘zida umumlaSHtiradi. Lug‘at ustidagi iSHlar, o‘z navbatida, tuSHunchalar ustida iSHlaSH hisoblanganligi uchun tahlil, umumlaSHtiriSH, taqqoslaSH, tasniflaSH kabi aqliy faoliyat usullarini qo‘llaSHni taqozo etadi. SHuning uchun ham so‘zlar guruhini tuziSH murakkab mantiqiy maSHqlardan hisoblanadi.
1-2-sinflarda so‘zlarni qaysi ma’noni bildiriSHi va belgisiga ko‘ra guruhlaSH iSHlari olib boriladi. O‘quvchilarning lug‘at iSHidagi asosiy kamchilik SHundan iboratki, ular so‘zlarni guruhlaSHda ko‘pincha narsa-predmetlarni ularning belgisini aniq bilmasdan o‘zlarining taxminicha guruhlaydi. Bu yoSHdagi o‘quvchilarda tur va jins tuSHunchalari farqlanmaydi. Ular quSHlar guruhini tuziSHda quSH, musicha so‘zlarini, suvda suzuvchilarni guruhlaSHda baliq, sazan so‘zlarini bir guruh deb biladilar. Chunki ular baliq ham, sazan ham suvda suzadi. QuSH ham, musicha ham havoda uchadi deb muSHohada yuritadi. Keyingi sinflarda uchraydigan bunday kamchiliklarni bartaraf etiSH uchun “O‘zingiz ko‘rgan va bilgan quSH nomlarini ayting”, “O‘zingiz bilgan baliq nomlarini ayting”, “Har bir quSHning ovozini ayting” kabi o‘quvchilarni o‘ylaSH va izlaniSHga, tabiatni kuzatiSHga undovchi suhbatlar taSHkil qilinsagina, o‘quvchilar so‘zlarning ma’nosi gap tarkibida aniqlaniSHini fahmlay boradilar.
BoSHlang‘ich sinf ona tili darsliklarida berilgan namuna asosida gap tuziSH, gap tuziSHga doir ijodiy va konstruktiv maSHqlar so‘zlarning o‘rnini aniqlab, gapni SHakllantiriSH o‘quvchilarni o‘ylaSHga majbur qiladi.
Alohida berilgan so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib, qo‘SHimchalar bilan biriktirib gap tuzdiriSH kabi konstruktiv maSHqlarni bajartiriSH o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanadigan, umuman qo‘llanmaydigan so‘zlarni ularning nutqiga kiritiSH, bu so‘zlarning ma’nosiga diqqatni tortiSHi bilan ta’limiy ahamiyat kasb etadi. So‘zlarni o‘zaro bog‘lab, o‘z o‘rniga qo‘yib gap tuzdiriSH o‘quvchilarni bayon va inSHoda so‘zlarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yib fikrini bayon qiliSHga tayyorlaydi. O‘quvchilarga bir xil so‘zlardan tuzilgan gaplarning mazmunidagi farqlarni izohlaSHga o‘rgatiSH gapda so‘zlarning o‘z o‘rni borligini, so‘zlarning tartibini o‘zgartiriSH aytilayotgan fikrning o‘zgariSHiga olib keliSHini fahmlaSH ko‘nikmasini o‘stiradi.
Darslikning keyingi bo‘limlarida gap, gap tarkibi va mazmuni ustida iSHlaSH orqali nutq o‘stiriSHga yo‘naltirilgan topSHiriqlar juda kam. Masalan, “TovuSHlar va harflar” bo‘limida “So‘z turkumlari” bo‘limida bog‘laniSHli nutqqa doir maSHqlardan taSHqari 4 ta maSHq berilgan. Aslida gapning mazmunini mukammallaSHtiradigan, tarkibini turli so‘z turkumlariga oid so‘zlar bilan boyitadigan maSHqlar beriSH maqsadga muvofiq. Lekin so‘z turkumlari o‘rganilganda chiziq o‘rniga so‘z topib qo‘yiSH gap tuziSH maSHqiga kirmaydi.
O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni aniqlaSH va ularning diqqatini yo‘l qo‘yilgan xatolarga tortiSH, xatosini to‘g‘rilaSH, fikrning ta’sirchanligini yuzaga keltiruvchi so‘zlarni topa biliSH qobiliyatini o‘stiriSHdir. Ona tili va o‘qiSH darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarning fikrini bayon qiliSHda chalkaSHiSHlaridan, noaniq javoblaridan, ayrim hodisalarni esdan chiqariSHidan, taxminiy javoblaridan qoniqiSH hosil qilmasligi, aniq SHakllantirilgan javob va tuSHuntiriSHlarini talab qiliSHi lozim.
BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilari narsa va hodisalarni to‘g‘ri kuzatiSHlari va ulardan asosli xulosalar chiqariSHi, nima haqda gapirsalar tuSHuntiriSH va asoslaSHni biliSHlari talab etiladi.
O‘qituvchi “Nima uchun sen bunday deb o‘ylayapsan? Bu nima ekanligini isbotlagin. Nima uchun SHunday yoziliSHini asoslab ber” kabi savollarni har bir darsda qo‘llab turiSHi keyinchalik yaxSHi samara beradi.
O‘quvchilar grammatik tahlil va yozma iSHlarida ko‘pincha SHoSHilib xulosa chiqariSHadi. Natijada o‘zlariga zarur bo‘lgan tuSHunchaning mavjud belgilarini unutib xatoga yo‘l qo‘yadilar. Xususan, qaratqich va tuSHum, o‘rin-payt va chiqiSH keliSHiklarini qo‘llaSHda yo‘l qo‘ygan xatolarini bilimlari yetiSHmasligi tufayli ongli tarzda izohlab, asoslab bera olmaydilar. Tahlil tartibi o‘quvchilarni fikrini tartib bilan va asoslab beriSHga o‘rgatadi.
BoSHlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning hayotiy tajribalari kam bo‘lgani uchun ko‘pincha rasmlardan, ekskursiyalardan foydalaniSH tavsiya etiladi. O‘quvchilar rasmlar asosida fikrini izchil ifoda etiSHga o‘rgatiladi.
O‘qituvchining savollari asosida o‘quvchilar hikoyaning asosiy qismining mazmunini aniqlaSHtiradi. Masalan, 4-sinf “Ona tili” darsligidagi rasm asosida ertakni davom ettiriSH topSHirig‘i berilgan
Berilgan tavsiyalar ustidagi iSH faoliyatida o‘quvchilar rasmlarni tahlil qiliSH, savollar tuziSH, sarlavha topiSH orqali ertak syujeti epizodlarining o‘zaro bog‘laniSHini, fikrini asoslaSHni, xulosa chiqariSHni, mantiqiy fikrlaSHni o‘rganadilar. Bunda eng muhimi rasm va uning qismlariga tuzilgan rejaning asoslanganligida. Bu o‘quvchilarni o‘z fikrini dalillaSHga o‘rgatadi.
O‘quvchilarning nutqiy savodxonligini yozma ifodalaSHlarida, birinchi navbatda, to‘g‘ri yoziSH ko‘nikmalari SHakllantiriliSHi ko‘zda tutiladi. To‘g‘ri yozuv avtomatlaSHadigan hodisa. To‘g‘ri yozuvga doir bilimlar sistematik maSHqlar davomida ko‘nikmaga, so‘ng malakaga aylangan murakkab jarayon. Malaka til hodisalarini ongli egallaSH asosida o‘zlaSHtiriladi, rivojlantiriladi.
Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaSHlari uchun o‘quvchilarning ma’lum darajada aqliy zo‘riqiSHlari, muayyan aqliy mehnat usullarini qo‘llaSH talab etiladi. O‘qituvchining to‘g‘ri va sistematik rahbarligi, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantiriSHda ona tili ta’limining rolini tuSHunib harakat qiliSHi orqaligina ko‘zlangan natijaga eriSHiSH mumkin.