Birinchi bob bo’yicha xulosalar
1. O‘quvchilarni ijodiy fikrlaSHga o‘rgatiSHda til materiali ustida iSHlaSHdan nazariy ma’lumotga tayanib til birliklarini tahlil qiliSH, so‘z ma’nosini izohlaSH va tuSHuntiriSH bilan cheklanmasdan, lug‘at iSHlarini amalga oSHiriSH, rangli syujetli rasmlardan va tabiat qo‘yniga sayohatlardan foydalaniSH o‘quvchi lug‘at zahirasini boyitiSH va so‘zlardan amaliy foydalana biliSH ko‘nikmasini hosil qiliSHda muhim o‘rin tutadi.
2. Rang va sifat bildiruvchi, his-tuyg‘u, munosabat, axloqiy tuSHunchalar va holat ifodalaydigan so‘zlar ustida olib borilgan lug‘aviy iSHlar, leksik maSHqlar o‘quvchilarning mavzuga doir bilimlarini mustahkamlaSH va kengaytiriSH, lug‘at zahirasini boyitiSHga xizmat qiladi.
3.Lug‘at iSHlariga doir til ta’limida integratsiyalaSHgan darslardan foydalaniSH, maSHqlar matnidagi ma’nodoSH so‘zlarni aniqlaSH va ular orasidagi yaqinlikni izohlaSHda turli ta’limiy o‘yinlardan foydalaniSH o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini boyitiSHda muhim ahamiyat kasb etadi.
4.Ona tili ta’limida aqliy faoliyatni yuzaga keltiruvchi usullarni qo‘llab, mantiqiy maSHqlarni grammatik mavzu bilan bog‘liq holda o‘qiSH, tabiat, mehnat predmetlari materiallaridan foydalanib taSHkil etiSH bir necha fanga doir bilimlarni o‘zlaSHtiriSH imkonini beradi.
II.BOB. ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA OQUVCHILAR LUG’ATI USTIDA ISHLASH AMALIYOTI
2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z minimumini belgilash tamoyillari
O‘zbek tilining leksik qatlami xilma-xil bo‘lib, u o‘zida turli so‘z guruhlarini jamlaydi. Mazkur leksik qatlamda jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy hayotdagi yangilaniSHlar bilan bog‘liq o‘zgariSHlar aks etadi va bu o‘zgariSHlar “leksikaning faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan rivojlaniSHini bildiradi. “Leksikadagi taraqqiyot, o‘zgariSHlar yangi lug‘aviy birliklarning paydo bo‘liSHi va ma’lum lug‘aviy birliklarning yo‘q bo‘liSHi (iste’moldan chiqiSHi), so‘zlarning yangi ma’nolar kasb etiSHi va ayrim ma’nolarning yo‘qoliSHi kabi hodisalardan iborat bo‘lar ekan”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da berilgan 80 000 so‘z va so‘z birikmasi ichida o‘zining 10dan ortiq ma’nosiga ega bo‘lgan ko‘p ma’noli so‘zlar borligi, bundan taSHqari, tilda umumxalq qo‘llaydigan so‘z va iboralar, turli sohalarga doir ko‘plab atamalar mavjudligi hisobga olinsa, tilimizning leksikasi qay darajada boyligi ko‘rinadi. Bu so‘zlarsiz o‘zbek tilida nutqiy faoliyatga kiriSHib bo‘lmaydi. Ayonki, tilning asosiy lug‘at zahirasidan turli muloqotlarda foydalana oliSHning asosiy SHarti uni nutqqa kiritiSHdir. So‘z va iboralarni rejali raviSHda kichik yoSHdagi bolalar nutqiga kiritiSH maktabgacha va boSHlang‘ich ta’lim bosqichidan boSHlanadi.
SHu tufayli boSHlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘atidan o‘rin oliSHi lozim bo‘lgan so‘zlarni belgilaSHga mas’uliyat bilan yondaSHiSH lozim. Ammo tildagi barcha so‘zlar ham muloqot jarayonida bir xilda qo‘llanilmaydi. Kichik yoSHdagi o‘quvchilarning o‘z hayoti va faoliyati doirasida ehtiyoj sezgan so‘zlarni o‘zlaSHtiriSHi ko‘zda tutiladi. Ularning hayotiy faoliyatini hisobga olgan holda savod o‘rgatiSH jarayonidan boSHlab narsalar va ularning sifatini, harakati va holatini ifodalovchi so‘zlar o‘rgatib boriladi. Bu so‘zlar kichik yoSHdagi o‘quvchilarning o‘zbek tili leksikasini o‘zlaSHtiriSHlari uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.
Afsuski, boSHlang‘ich ta’lim davomida o‘quvchilar o‘zlaSHtiriSHi zarur bo‘lgan so‘zlar minimumi hanuzgacha belgilanmagan. O‘quvchilarning so‘z minimumi belgilab berilmas ekan, ularning tildan egallagan nazariy bilimlarini to‘g‘ri baholaSH mumkin bo‘lmaganidek, tildan amaliy foydalana oliSH ko‘nikmalarini baholaSH me’yorini ham asosli deb bo‘lmaydi. Hozirgi kunda o‘qituvchilar o‘quvchilar og‘zaki nutqi (qayta hikoyalaSH, savollarga javob beriSH)da, yozma nutqda qaysi so‘zlarni qo‘llaSHlari SHartligini bilmaydilar. Ular asoslanadigan biror me’yoriy hujjat yo‘q. KuzatiSHlarimiz asosida SHuni aytiSH mumkinki, o‘quvchilarni baholaSHda lug‘at boyligi hisobga olinmaydi.
O‘quvchilarning bog‘laniSHli nutqida voqea-hodisalarni mukammal ifoda eta olmasliklari ma’lum bo‘lgani holda buning sababi ustida o‘ylab ko‘rilmayotganligi nutq o‘stiriSH metodikasining og‘riqli nuqtalaridandir. O‘quvchilarning fikr ifodalaSHda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yiSHi lug‘at zahirasi va ulardan foydalana oliSH ko‘nikmasining yetarli darajada SHakllantirilmaganligidadir.
BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilari darslik matnidagi so‘zlarning ma’nosini tuSHuniSHlari, to‘g‘ri talaffuz qiliSHlari, nutqlarida qo‘llaSHlari uchun so‘z minimumi belgilab oliniSHi zarur. So‘z minimumiga kiritiladigan so‘zlar o‘quvchilarning faol lug‘at zahirasi sanaladi.
O‘quvchilar atrofidagi kiSHilar nutqida, radio va teleeSHittiriSHlarda, kinolarda turli so‘z va iboralarni eSHitadilar, “O‘qiSH kitobi” darsligi va “G‘uncha” jurnalidagi badiiy asarlar matnini o‘qiydilar, lekin bu so‘zlarni nutqlarida qo‘llaSHga ehtiyoj sezmaydilar. O‘quvchilar ma’nosini tuSHunsa-da, nutqda qo‘llamaydigan so‘zlar ular uchun nofaol so‘zlar sanaladi. Demak, o‘quvchi faol lug‘at zahirasidan taSHqari, nofaol lug‘at zahirasiga ham ega bo‘liSHi lozim.
Buning uchun o‘quv darsliklari, ko‘rgazmalar, tarqatma materiallar va sinfdan taSHqari o‘qiSHga tavsiya qilinadigan matbuot materiallari, radio, teleeSHittiriSHlar, o‘qituvchi nutqi asosida o‘quvchilarning faol va nofaol lug‘ati belgilab qo‘yiliSHi zarur, deb hisoblaymiz.
O‘quvchilarning faol lug‘at zahirasini belgilaSH va ularni amalda qo‘llaSH uchun tavsiya qiliSHda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
1. O‘qitiSHning muayyan bosqichida so‘zni amalda qo‘llaSHga ehtiyojni hisobga oliSH.
2. So‘zlarning og‘zaki nutq va adabiy-badiiy matnlarda qo‘llaniSH darajasi.
3. So‘zlarning tuziliSHiga ko‘ra bo‘g‘in-tovuSH tarkibining murakkablik darajasi.
O‘quvchilarning faol lug‘at zahirasini boyitiSH nofaol lug‘at boyligini kengaytiriSH ta’limiy va hayotiy ehtiyoj sanaladi. Chunki nofaol leksik boylik badiiy asarlar, bolalar filmlari, radio va teleeSHittiriSHlar mazmunini tuSHuniSHlari uchun kerak bo‘ladi. Ko‘pincha o‘qituvchilar, ayrim metodistlar badiiy asar matnida o‘quvchilar tuSHunmaydigan so‘zlarni bermaslik talabini ilgari suradilar. Ular bunday so‘zlarning badiiy matn talabidan kelib chiqib qo‘llaniSHini, amaliy ahamiyatini unutib qo‘yadilar.
O‘quvchilarning faol va nofaol lug‘atiga kiritiladigan so‘zlarni belgilab oliSH ular ustida olib boriladigan maSHq turlarini iSHlab chiqiSHga yordam beradi.
O‘quvchilarning faol lug‘atini taSHkil etadigan so‘zlar bilan nofaol lug‘at ustida iSHlaSH maSHqlari farq qiladi. Maktablarda esa o‘quvchilarning faol lug‘ati bilan nofaol lug‘aviy birlik ustida iSHlaSH maSHqlari bir-biridan farqlanmasdan so‘zlarning ma’nosini izohlaSH bilangina cheklaniliSHi metodikaga xilofdir. Aslida faol lug‘atga kiritiladigan so‘zlar ustida iSHlaSH maSHqlari bosqichma-bosqich quyidagicha izchillikda doimiy raviSHda taSHkil etiliSHi zarur:
1) so‘zlarning ma’nosi tuSHuntiriSH;
2) adabiy-orfoepik talaffuzi ustida maSHq qiliSH;
3) faol so‘zlarning imlosini bo‘g‘in-tovuSH, tovuSH-harf tahlili orqali o‘rgatiSH;
4) faol so‘zlar iSHtirokida birikma va gaplar tuzdiriSH;
5) suhbatlar uyuSHtiriSH;
6) berilgan rasm va o‘qilgan matn mazmunini qayta hikoyalatiSH;
7) faol so‘zlar iSHtirokida yozma ijodiy iSHlar taSHkil etiSH.
Nofaol lug‘atga mansub so‘zlarning ma’nosi adabiy tildagi varianti asosida izohlanadi. Nutqda esa ularning adabiy tildagi variantini iSHlatiSH tavsiya qilinadi. SHevaga xos so‘zlarning badiiy asar matnida uchraSHini hisobga olgan holda ularni nofaol lug‘at zahirasiga kiritib boriSH zarur. Faol lug‘aviy birliklar ustida iSHlaSHda so‘zlar orasidagi semantik aloqadorlik, bog‘liqlikka asoslaniSH ularni o‘zlaSHtiriSHni yengillaSHtiradi. BoSHlang‘ich sinflarda so‘z va iboralar ustida iSHlaSHda tematik tamoyilga va semantik aloqadorlikka, grammatik belgilariga ko‘ra so‘zlar guruhiga (ot, sifat, fe’l kabi) asoslaniSH ona tilini o‘qitiSHning kommunikativ maqsadini amalga oSHiriSH imkonini beradi. BoSHlang‘ich sinflarda grammatik belgilariga ko‘ra bir turkumdagi so‘zlar to‘plamini hosil qiliSHga doir topSHiriqlar o‘quvchilarning faol lug‘at zahirasini boyitiSHga yordam beradi.
Nutq til vositalaridan foydalangan holda inson tafakkurini, fikrini ifodalaydigan faoliyat turi bo‘lib, inson kamoloti darajasini ayon etib turadi. Nutq o‘stiriSH ona tilining turli sathlariga oid bilimlarni egallaSH jarayonida tilni amaliy o‘zlaSHtiriSHdir. Nutq madaniyati tilning lug‘aviy boyligini, grammatik quriliSHini egallaSH orqali SHakllanadi.
BoSHlang‘ich sinflarda quSH, parranda, qovun, gul, daraxt kabilarning nomlarini o‘quvchilar nutqiga kiritiSHda tabiatSHunoslik fanidan olgan bilimlariga tayaniSH va tahlil uchun til materillarini SHu darsliklardan tanlab, o‘quvchilarni kuchli daraja, o‘rta daraja va past darajaga ajratib, o‘quv topSHiriqlarini iSHlab chiqiSH va mustaqil iSHlarni taSHkil etiSH lozim. O‘quvchilarning darajasiga qarab tanlangan materiallar asosida krossvordlar, rebuslar tuziSH, “Zanjir“, “Zinama-zina“ o‘yinlarini taSHkil etiSH, o‘quvchilarning quSHlarning nomini eslab qoliSHlari uchun quSHlarning rasmlari asosida ularning taSHqi ko‘riniSHini tasvirlaSH maSHqlaridan, quSH nomlarini qatnaSHtirib uning xususiyatlari, foydali tomonlari haqida gaplar tuzdiriSH maSHqlaridan foydalaniSH ikki fanning yuqori darajada o‘zlaSHtiriliSHini ta’minlaydi. Ona tilidan o‘tilgan mavzuni, nazariy bilimlarni boSHqa fan maSHg‘ulotlarida qo‘llaSH yoki boSHqa o‘quv faoliyatlarida mustahkamlaSH iSHlarini taSHkil etiSH o‘quvchilar lug‘atini boyitiSHda muhim vazifa sanaladi. Masalan, 4-sinfda “Ot - so‘z turkumi“ o‘rganiladigan darsda o‘quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlaSH o‘zlaSHtiriSH darajasiga ko‘ra quyidagicha usulda taSHkil etiladi: O‘simliklar nomidan so‘zlar guruhini tuziSH topSHirig‘ini beriSH oldidan o‘simlik nomlari iSHtirok etgan matn tarqatiladi.
1. Mevalar bilan bog‘liq jadvalni topSHiriqlariga ko‘ra to‘ldiring.
2. O‘zingiz bilgan meva nomlarini tarmoqlaSH usulida yozib chiqing.
3. Berilgan meva nomlarini tovuSH-harf tarkibiga ko‘ra tahlil qiling.
4.Jadvaldagi meva nomlari bilan belgi bildirgan so‘zlarni biriktirib birikmalar tuzib yozing.
O‘quvchilar har bir topSHiriqning bajariliSHi bo‘yicha taqdimotga chiqdilar. Bu jarayonda ularning nutqi kuzatib borildi. O‘rta va past daraja guruhidagi o‘quvchilar ham taqdimotga chiqiSHga intildi va o‘zlarining bilimlarini ota-onalari oldida namoyiSH eta oldi.
Ona tili darslarida so‘z va iboralar ustida iSHlaSHda o‘quv materialini o‘qiSH kitobidan tanlaSH ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o‘quvchilarning e’tibori asarning muhim o‘rniga qaratiladi, SHu bilan birga, matnda qo‘llangan ayrim so‘zlar ma’nosi ustida ham iSHlanadi. Kuchli guruhga matn yuzasidan quyidagi topSHiriq berildi.
1-guruh. Berilgan matndagi gaplarning chegarasini aniqlang. Gap oxiriga zarur tiniSH belgisini qo‘yib ko‘chiring. Qaysi gapning oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi? Nima uchun? Keltirilgan parchada qaysi so‘zning ma’nosi sizni qiziqtirib qoldi?
-Hazrat, onajon,-dedi daf’atan osmondagi uyum-uyum paxtani eslatuvchi bulutlarga jovdirab qarayotgan jajji Bobur bulutlarni qo‘l bilan uSHlab bo‘ladimi?
-Voy, bolajonim, -kuladi onasi momiq emas-ku, qo‘l bilan tutib bo‘lsa.
2-guruh. Gaplarning chegarasini aniqlang. Ularni o‘z o‘rniga qo‘yib, matn tuzing va yozing.
Uni varaqlay boSHlabdi kitob sotib olibdi. Husayn bu kitobni kechasi bilan uxlamay o‘qiyotgan edi. Bu kitobda Husaynni qiziqtirgan savollarga javob bor edi.
Berilgan matnda nechta gap bor? Ularning maqsadiga ko‘ra turini ayting.
3-guruh. Berilgan matndagi gaplar oxiridagi tiniSH belgilarining qo‘yiliSH sababini tuSHuntiring. Matnni ko‘chirib yozing.
Yoz oxirlab borayotgan damlar. Osmon ko‘zguday tiniq. Yetti yaSHar mitti Zahiriddin onajonisi yonginasida. Ona-bola o‘zaro dillaSHadilar.
Berilgan so‘zlar matndagi qaysi so‘zlarning ma’nosi bilan bir xil? Bu so‘zlar qanday so‘zlar deb yuritiladi?
So‘zlar: payt, vaqt; musaffo; jajji, kichkina.
Og‘zaki bajariSH uchun test SHaklidagi topSHiriqlar ham guruh uchun moslab beriladi.
1-guruh. Gaplar qanday tartibda joylaSHtirilsa, matn hosil bo‘ladi?
Bir musavvir bor ekan. SHunda “Meni chizing, meni chizing“, deb osmonda quSHlar chuldirar ekan. U dala-yu daSHtlarga chiqib, rasm chizarkan.
A. 1, 2, 3. B. 1, 3, 2. S. 3.2,1 . D. 2,1,3.
Matndagi qaysi so‘zlarning tilda ma’nodoSHi bor? Ularni ayting.
2-guruh. Gaplar qanday tartibda joylaSHtirilsa, matn hosil bo‘ladi?
Suv isitilgan, yoqimli edi. Ulkan hovuzda bog‘cha bolalaridan tortib kattalargacha turli harakatlarni bajariSHardi. RavSHan ichkariga kirib hayron qoldi.
A. 1, 2, 3. B. 1, 3, 2. S. 2, 3, 1. D. 3.2,1.
Matndagi ayrim so‘zlarning ma’nodoSHlarini topib ayting.
3-guruh. Gaplarni voqealar tartibida joylaSHtiring.
Qalampirmunchoq olib keliSHibdi. Quchoq-quchoq gul keltiriSHibdi. Navoiy bir savat non bilan saroyga yetib boribdi.
2, 1,3. V. 1, 3, 2. S. 2, 3, 1. D. 3.2,1.
Mulozimlar nima keltiriSHdi, AliSHer Navoiy-chi?
1-guruh. Gaplar qanday tartibda joylaSHtirilsa matn hosil bo‘ladi?
Bag‘rida xazina sir.
Bir-biriga suyalar.
O‘rkach-o‘rkach tuyalar
Qimir etmas yil, asr,
A. 1, 2, 3,4 V. 3, 2, 4, 1 . S. 2, 3, 1,4 D. 3.2,1,4.
2-guruh. Gaplar qanday tartibda joylaSHtirilsa matn hosil bo‘ladi?
Uchib yurar osmonda.
QiSH chog‘i kapalaklar
Asfaltga qo‘ngan onda.
Qiziq, yo‘qolib qolar.
1, 2, 3,4 B. 2, 1, 4, 3. S. 2, 3, 1,4 D. 3.2,1,4.
3-guruh. Gaplarni o‘z o‘rniga qo‘yib , topiSHmoqni ayting.
U hammaga bo‘lar oziq
Yer tagida oltin qoziq.
Oltin so‘zi qaysi narsaga nisbatan qo‘llangan?
4-sinfda “Ot“ so‘z turkumi o‘rganiladigan darsda o‘quvchilarning lug‘atini boyitiSH va nutqini o‘stiriSH maqsadida uyadoSH so‘zlar guruhini tuzdiriSH va kichik hajmli matnlar yaratiSH iSHlari o‘qiSH va tabiatSHunoslik darsliklari materiallari asosida taSHkil etilsa matn ustida bosqichma-bosqich iSHlaSH ko‘nikmasi SHakllantiriladi.
1-topSHiriq. 1. QuSH nomlari guruhini tuzing.
2. Hayvon nomlarini guruhlang.
O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, 4-sinf “O‘qiSH kitobi” darsligidagi asarlarni o‘qib izlanadilar. Mirtemirning “QuSH tili“ SHe’ridan quyidagi quSH nomlarini topib yozadilar: bo‘zto‘rg‘ay, turumtoy, qaldirg‘och, sa’va, chumchuq, laylak, ko‘kqarg‘a, zarg‘aldoq, bulduruq, tuvaloq, suqsur, oqquSH, tustovuq, burgut, qarchig‘ay, kaklik,to‘ti, bedana.
Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib quSH rasmini olib, uning nomini aytadi va ko‘riniSHini tasvirlab beradi.
2-topSHiriq. Matnlarni o‘qing. “QuSHlarni sevaman“, “Men sevgan quSH“, “Tilingizni bilgim keladi“, “QuSHlar, keling, do‘stlaSHamiz“ kabi mavzularda kichik hajmli hikoya tuzing.
O‘quvchilarni quSHlar va hayvonot olamiga qiziqtiriSH, ularning hayotiy ahamiyatini ongli anglaSHlariga eriSHiSH uchun quyidagi matnlar tavsiya etiladi.
1-guruh uchun:
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatining cho‘llarida laylak, to‘rg‘ay, so‘fito‘rg‘ay, qirg‘ovul, loyxo‘rak kabilar makon topgan. Tog‘li hududlarida kiyik, tog‘ echkisi, bo‘ri, ayiq, to‘ng‘iz, bedana, bulbul, kaklik, kalxat, lochin, burgut uchraydi.
Bulardan taSHqari, o‘lkamiz cho‘llarida turto‘rg‘ay, yorg‘atuvaloq, bizg‘ildoq, qironqarg‘a, tuvaloq, qirg‘iy, ilonxo‘r qoraquSH kabi quSHlar yaSHaydi.
Tabiatni muhofaza qiliSH uchun bu viloyatlarda 3ta qo‘riqxona taSHkil etilgan
2-guruh uchun:
O‘lkamizdagi daryo va ko‘llarda zog‘ora baliq, qizilko‘z paretka, uvoda baliq, laqqa (som), karp, okun, cho‘rtan baliq, o‘txo‘r cho‘rtan baliq, forel, daryo foreli, marinka, ilon baliq, krapiya, muguz uvada baliq, SHirbaliq (sudak) kabi baliqlar mavjud.
Ayrim odamlar daryoga chiqindilarni taSHlaydilar, ba’zi korxonalardan ifloslangan suvlar daryo suviga qo‘SHilib ketadi. Chiqindilar bilan ifloslangan suvlar baliqlarni ham zararlaydi.
3-guruh uchun:
O‘lkamiz tog‘lari hayvonot dunyosiga boydir. Tog‘ yonbag‘irlarida toSHlar orasida chipor ilon, qora ilon, charx ilon yaSHaydi. Ig ilonlar daSHtlarda ham yaSHaydi. Tog‘larda kapchaboSH ilon va qalqontumSHuq ilon ham hayot kechiradi. Ilonlar qurbaqa, kaltakesak, quSHlar bilan oziqlanadi.
Tog‘ va unga yaqin hududlarda kaklik, lochin, burgut. Qirg‘iy kabi quSHlar uchraydi. Ular mayda quSHlar, sichqon va kalamuSHlar, ilonlar, o‘lgan hayvonlarning go‘SHti bilan oziqlanadi
Ko‘rinib turibdiki, quSH nomlari ustidagi iSHlar bosqichma-bosqich murakkablaSHtirib boriladi.
IntegratsiyalaSHgan darslarni taSHkil etiSH o‘quvchilarning o‘qitilayotgan fanlarga doir bilimlarni yaxSHi o‘zlaSHtirib oliSHlarini va har bir fanga doir atamalarni, iboralarni, so‘zlarni o‘zlaSHtirib, lug‘at zahirasini boyitib boriSHni ta’minlaydi. Ona tili darslarini tabiatSHunoslik, o‘qiSH darslari bilan integratsiyalaSH yaxSHi natijalar beradi.
Dostları ilə paylaş: |