‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida lug’at ustida ishlashning lingvodidaktik asoslari


O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish – pedagogik muammo sifatida



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə14/18
tarix01.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#170282
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslar

3.2. O‘quvchilar so‘z boyligini oshirish – pedagogik muammo sifatida
Uzluksiz ta’lim tizimida ona tili ta’limi o‘quvchilarning o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifodalaSH ko‘nikmasini rivojlantiriSH uchun nutqini leksik birliklar bilan boyitiSH; adabiy va badiiy tilning grammatik SHakllarini egallaSHlariga eriSHiSH; gapda so‘zlarning grammatik quriliSHini o‘zlaSHtiriSHlarini ta’minlaSH maqsadini ko‘zlaydi. Bu maqsadni amalga oSHriSH uchun maxsus leksik-semantik maSHqlar tizimini iSHlab chiqiSH, ta’limning ko‘rgazmalilik, muvofiqlik, izchillik, soddadan murakkabga qarab boriSH, onglilik, rivojlantiruvchi kabi tamoyillariga amal qiliSH taqozo etiladi.
BoSHlang‘ich sinflar ona tili ta’limining boSH vazifasi turli usulda va mazmunda taSHkil etiladigan maSHqlar yordamida o‘quvchilarning nutqi va tafakkurini rivojlantiriSHga qaratiladi.
Bola maktabga kelgunga qadar oila muhitida, maktabgacha ta’lim muassasalarida qiziqiSHlari va ehtiyojlarini ifodalaSH uchun zarur bo‘lgan so‘zlarni gap tarkibida turli SHakllarda qo‘llaSH namunasini o‘zlaSHtirgan bo‘ladi. Lekin uning nutqiy arsenali maktabda o‘rganiladigan yangi tuSHunchalarni, fikrlarni, maktabga kelgan kunidagi hissiyotlarini ifodalaSHi uchun so‘z zahirasi yetiSHmaydi. Maktab oldida turgan eng asosiy vazifa o‘quvchilarning atrof-olam haqidagi tasavvurlarini kengaytiriSH asosida o‘quvchilarning lug‘atini boyitiSH, nutq va tafakkurini, mantiqiy fikrlaSHini o‘stiriSHdir.
Mantiqiy fikrlaSHning dastlabki usuli tahlildir. Til hodisalarini tahlil qila oliSH ko‘nikmasi maktabgacha davrdanoq SHakllana boSHlaydi. BoSHlang‘ich sinflardan dastur asosida rivojlana boradi.
Til ta’limida tahlil bilan sintez chambarchas bog‘langan bo‘lsa-da, maSHq matnlari tahlili asosida o‘zlaSHtiriladigan bilimlarni umumlaSHtiriSH o‘quvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. Sintez ta’lim amaliyotida kam uchraydi. Chunki mantiqiy tahlil, odatda, alohida emas, balki boSHqa o‘quv-biluv faoliyatining (umumlaSHtiriSH, tasniflaSH, tizimlaSHtiriSH, xulosalarni SHakllantiriSH) tarkibiy qismi sifatida amalga oSHiriladi. Tahlil va sintezning birlaSHtiriliSHi tuSHunchalarni ta’riflaSHda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Savod o‘rgatiSH davrida o‘quvchilar “Alifbe” darsligidagi matnlarni o‘qiSHdan oldin rasmlarni kuzatadilar, tasvirlangan narsa, hodisa va holatlar yuzasidan muayyan tasavvurga ega bo‘ladilar. So‘ng o‘qituvchi ularga rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuziSH topSHirig‘ini beradi.
Matn mazmuni yuzasidan beriladigan savollar o‘quvchilarning mantiqiy tafakkur ko‘nikmasini rivojlantiradi, o‘qiSHga bo‘lgan diqqati va kuzatuvchanligini oSHiradi. Mazmun mohiyatiga ko‘ra “Alifbe”dagi matnlar, narsa-predmetlar tasvirlangan rasmlar savod o‘rgatiSH davrida o‘quvchilarning nutqini boyitiSH manbai sanaladi.
Ko‘pgina so‘zlar nafaqat savod o‘rgatiSH darslarida, balki boSHqa predmet darslarida ham takrorlanadi va mustahkamlanadi. SHuning uchun nutq o‘stiriSH maSHg‘ulotlari o‘quvchilarning leksikasini boyitiSHiga ko‘ra matematika, tasviriy san’at, mehnat, atrofimizdagi olam kabi boSHqa predmet darslari bilan o‘zaro bog‘liqligi bois so‘z va so‘z birikmalari miqdorini bir necha marotaba ko‘paytiriSH lozim deb hisoblaymiz. Tajriba-sinov iSHlari jarayonida savod o‘rgatiSH davrida bir darsda o‘quvchilarning og‘zaki nutqiga kiritiSH belgilangan 3-5 ta so‘z o‘rniga 6-7 ta so‘zni tavsiya qiliSH ijobiy samara beriSHi kuzatildi. Bu borada samaradorlikka eriSHiSH uchun barcha predmet darslarida takrorlaSH tizimini iSHlab chiqiSH lozim. KuzatiSHlar predmetlararo aloqa 2-yarim yillikda o‘quvchilarni ona tilini o‘rganiSHga intensiv tayyorlaSHga, dasturda ko‘zda tutilgan bilimlarni muvaffaqiyatli o‘zlaSHtiriSHga zamin yaratiSHini ko‘rsatdi.
Matn ustida iSHlaSH jarayonida undagi yetakchi g‘oyani aniqlaSH mantiqiy fikrlaSH ko‘nikmasini SHakllantiriSHda muhim o‘rin tutadi. Bunday ko‘nikmani egallamagan o‘quvchi nazariy masalalarni aniqlaSHtiruvchi misollarni, ma’lumot va sonlarni yodlab oliSH harakatiga tuSHadi. Natijada o‘quv materialini ongli o‘zlaSHtira olmaydi va ko‘p o‘tmay uni eslaSHga qiynaladi. Mazkur ko‘nikmani SHakllantiriSHda quyidagilar talab qilinadi: 1) o‘quvchilarga matnda ifodalangan g‘oyaning mohiyatini tuSHuntiriSH; 2) mantiqiy fikrlaSH usullari bilan taniSHtira boriSH; 3) ijodiy iSHlarida mantiqiy fikrlaSH usullarini qo‘llaSHni talab qiliSH.Demak, matn asosidagi yetakchi g‘oyani aniqlaSH quyi sinflardan boSHlanadi.
Mavzu yuzasidan matn asosida umumlaSHtiriladigan ma’lumotlarni o‘rganiSH orqali nazariy xulosalar qilinsa (yakkadan umumga qarab borilsa), induktiv usul, agar xulosa ancha keng nuqtai nazarni talab qilsa, deduktiv usul qo‘llaniladi. Nazariy xulosalar o‘quvchilarning yangi mavzuni to‘la o‘zlaSHtiriSHlarida muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
Tadqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan izlaniSHlar matn ustida iSHlaSH jarayonida o‘quv-biluv faoliyati turli usullarini qo‘llaSHni talab qilsa-da, ularning hammasi mantiqiy fikrlaSH asosidagi tahlil natijalariga suyanadi. Tahlilsiz birorta fikrlaSH operatsiyasi amalga oSHirilmaydi: ijodiy iSH rejasini tuziSHda ham, o‘qituvchi tomonidan bayon qilingan ma’lumotlarni ongli qabul qiliSHu kitob bilan iSHlaSHda ham, o‘zini o‘zi maqsadli nazorat qiliSHu, matn mazmunidagi voqea-hodisalarning o‘zaro aloqasi xususida fikr yuritganda ham tahlil vositasida iSH ko‘riladi.
Ko‘rinadiki, boSHlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantiriSHda til va tafakkur uyg‘unligiga eriSHiSH muhim o‘rin tutadi.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “nutq” “tilning fikr ifodalaSH va almaSHiSH jarayonlarida amal qiliSHi; so‘zlovchining til vositalaridan foydalaniSH jarayoni va SHu jarayonning hosilasidir”[ - deb ko‘rsatiladi.
“Pedagogicheskiy ensiklopedicheskiy slovar”da nutqqa “insonlarning til vositasida amalga oSHiriladigan muloqot(kommunikatsiya) SHakli bo‘lib, u fikrni ifodalaSH vositasi bo‘liSHi bilan birga fikrlaSHning asosiy mexanizmi hamdir 43 3s2deb qayd etiladi.
Nutq inson faoliyatining bir turi sifatida til vositalaridan foydalangan holda fikrni ifodalaSHdir. Til, tafakkur va nutq o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, odam o‘ylayotganda fikrini so‘zlar, jumlalar vositasida ichki nutqda ifoda etadi.
BoSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqini o‘stiriSH – ularda eSHitiSH, anglaSH, gapiriSH, yoziSH va o‘qiSH ko‘nikmalarini SHakllantiriSH, demakdir. SHu asosda intellektual salohiyat oSHiriladi, estetik va axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yiladi.
O‘quvchining nutqiy rivojlaniSHida tilning barcha sathlariga oid bilimlarga amal qilinadi. Til sathlarini o‘zlaSHtiriSHning asosiy SHarti tilning kommunikativ funksiyasidan foydalana oliSH ko‘nikmasini egallaSHdir. Nutq o‘stiriSH gap quriliSHi va uning tarkibini taSHkil etgan lug‘at ustida iSHlaSH bilan o‘zaro bog‘liq. Lug‘at ustida iSHlaSH o‘quvchining lug‘at boyligini oSHiriSHdan iborat emas, o‘quvchining diqqatini so‘zning mazmuniga qaratiSH, so‘zning semantikasini, ma’nosini aniqlaSHtiriSH, so‘zning boSHqa so‘z bilan semantik bog‘laniSHini, aloqasini ochiSH, bog‘laniSHli nutqda har bir so‘zning o‘z ma’nosiga ko‘ra boSHqa so‘zlar bilan bog‘laniSHini anglaSHlariga eriSHiSHdir. So‘zlar orasida ma’noviy moslaSHiSH so‘zlar bog‘laniSHining asosiy qoidasi bo‘lib, leksik birliklarning asosiy xususiyati gapda boSHqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasida ko‘rinadi. So‘zning nutqda qanday SHaklda qo‘llaniSHini biliSH qay darajada zarur bo‘lsa, uning ma’nosini biliSH ham SHunchalik zarurdir. Inson nutqiy munosabatda zarur so‘zlarni semantik ma’nosiga qarab tanlaydi va fikrini aniq ifodalaSHga intiladi.
So‘z yakka holda hech qanday kommunikativ vazifa bajara olmaydi. Nutqni anglaSHning eng muhim SHarti unda ifodalanayotgan fikr va mazmunni tuSHuniSHdir. Fikrni ifodalaSHning turli usullari mavjud bo‘lib, ularda so‘zlar semantik ma’nosiga ko‘ra iSHtirok etadi.
Ona tili darslari o‘quvchilarning aqliy, xususan, mantiqiy tafakkurining rivojlaniSHida boy materialga ega. Til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz inson fikrlay olmaydi. Tafakkursiz tilning bo‘liSHi mumkin emas.
O‘quvchining nutqiy qobiliyatini o‘stiriSHdan oldin uning fikrlaSH qobiliyatini o‘stiriSH talab qilinadi. Negaki nutqni tafakkurdan ajratib rivojlantiriSH mumkin emas.
Hayotdagi narsa-predmetlarning nomi va ular haqida fikr bildiriSH uchun o‘SHa narsa-predmet anglanadi va unga munosabat bildiriladi. O‘qituvchi nutq ustida iSHlaSH bilan bir vaqtning o‘zida o‘quvchilarning tafakkuri ustida iSHlaydi, ularda tuSHunarli, aniq, izchil va asoslangan fikrlaSHni tarbiyalaydi.
Ona tili darslarida grammatik va orfografik tuSHunchalarni egallaSH jarayonida muayyan fikrlaSH faoliyatining yuz beriSHi bevosita mantiqiy tafakkur tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mantiqiy fikrlaSHning asosiy usullarini ona tili ta’limida grammatik tuSHunchalarni egallaSH usuli sifatida qo‘llaSH mumkin. Grammatik tuSHuncha va qoidalarni mantiqning analiz va sintez, umumlaSHtiriSH, hodisaning o‘xSHaSH va farqli xususiyatlarini aniqlaSH va taqqoslaSH, tasniflaSH va sistemalaSHtiriSH usullaridan foydalanmasdan anglab va egallab bo‘lmaydi.
Analiz-sintez aqliy faoliyatning bir butunlikni taSHkil etadigan ikki tomoni. O‘quvchilar mazkur usullar yordamida ifodalanayotgan nutqni gaplarga, gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘in va tovuSHlarga ajratadi, bu elementlardan so‘z haqida bir butun tasavvurga ega bo‘ladi. Yozuv darslarida yangi harf bilan taniSHiSH jarayonida o‘qituvchining yordamida harfni qismlarga ajratadi, SHu qismlarni alohida yoziSHni o‘rganadi, so‘ng harf elementlarini biriktirib bir butun holda so‘z tarkibida yozadi. O‘quvchilar o‘qiSH va yozuv texnikasini egallagach, analiz-sintez orasidagi aloqa o‘zgaradi, ya’ni o‘qiSH texnikasi va yoziSH texnikasi deb yuritiladi. Analiz-sintez grammatikani o‘rgatiSH jarayonida murakkablaSHadi, chuqurlaSHadi.
Grammatikani o‘rganiSHda o‘quvchilar SHu usul yordamida nutqni gaplarga ajratadi, gaplarni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘in va tovuSHlarga ajratiSH orqali so‘z va gap haqida bir butun tasavvurga ega bo‘liSH bilan birga orfografik ko‘nikmalarni ham o‘zlaSHtiradi. Grammatik tahlil jarayonida o‘quvchilar so‘zning ma’nosini, so‘zlar ma’no jihatdan grammatik qonuniyatlar asosida bog‘laniSHini, so‘z ma’nosining gap tarkibida aniqlaniSHini anglaydilar. So‘zlarni sintezlaSH yordamida fikr yuzaga keliSHini, fikr mazmunli va aniq ifodalaniSHi uchun ularni biliSHlari zarurligi yuzasidan muayyan tasavvurga ega bo‘ladilar.
Berilgan tayanch so‘zlarni grammatik SHaklda qo‘llab gap tuziSH – sintezlaSH maSHqi so‘z ma’nolarini biliSHga undaydi. Masalan, tuSHum va qaratqich keliSHigida so‘zlarni qo‘llaSH uchun ot+ot va ot+fe’l bog‘laniSHini hisobga oladi.
SHunday ekan, til ta’limining har bir bosqichida asosiy e’tiborni so‘z ma’nosini o‘rgatiSHga, o‘quvchilarning lug‘atini boyitib boriSHga, so‘zni nutqda qo‘llaSH ko‘nikmalarini SHakllantiriSHga qaratiSH zarur. So‘z va atamalarning ma’nosini bilib oliSH o‘quvchilarning bilimlari va tasavvurlarini boyitiSHning asosiy SHarti bo‘lganidek, tevarak-atrof bilan taniSHiSH so‘z boyligini oSHiriSHning asosiy SHarti hisoblanadi.
Professor N.Mahmudov: “Nutqning ta’sir quvvati, tegiSHli axborotni tinglovchiga tugal va qulay, “yuqumli” tarzda yetkaziSH imkoniyati muhim kommunikativ sifatlardan bo‘lmiSH so‘z boyligiga bog‘liq. Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlari (so‘z ma’nolari, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va SH.k.)dan qay darajada foydalanganlik bilan belgilanadi. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol zahirasi mavjud bo‘liSHi kerak”[31;22] - deb yoziSHi bejiz emas. Fikr ifodasi va nutqning emotsional ta’sirchanligi uchun, birinchi navbatda, o‘quvchilar nutqini leksik birliklar bilan boyitiSH zarur.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oSHiriSH uchun ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga asoslaniladi. Buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhida so‘zlarning ma’nosini tuSHuntiriSH, so‘zlarga sinonim va antonimlar topiSH, ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nosi ustida lug‘at iSHlari olib borilsa, so‘z birikmasi tarkibida so‘zlarni boSHqasi bilan almaSHtiriSH kabi maSHqlar taSHkil etilsa, boSHlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarni lug‘at ustida iSHlaSHga o‘rgatiSH orqali lug‘atini boyitiSH va so‘zdan to‘g‘ri foydalana oliSH, bilimlarni muvaffaqiyatli egallaSHlarida yuqori natijalariga eriSHiSH mumkin.
Ta’lim jarayonida nutq o‘stiriSH o‘qituvchi va o‘quvchining nutqiy ko‘nikma va malakalarni SHakllantiriSH va o‘stiriSHga qaratilgan hamkorlikdagi amaliy faoliyatdir. O‘quvchilar nutqini o‘stiriSH hamiSHa pedagogik rahbarlikni talab etadi.
SHaxsning ko‘p xususiyatlari, SHuningdek, aqliy kamoloti: bilimi, saviyasi, tuSHunchasi, aqli, his-tuyg‘ulari, irodasi, jasurligi va jur’atsizligi, vazminligi nutqida aks etib turadi. Agar o‘quvchi biror sabablarga ko‘ra nutqni egallab olmagan bo‘lsa, u aqlan ham rivojlanmay qoladi.
Inson umrining har bir bosqichida uning nutqiy rivojlaniSHi aks etib turadi. Yusuf Xos Hojib insonda uquv-idrok va bilim til, so‘z orqali ayon bo‘liSHini aytib, nutqning ravon bo‘liSHiga da’vat etadi: «Uquv va bilimning tilmochi, tarjimoni tildir. KiSHiga ro‘SHnolik, yaxSHilik va ezguliklar til tufayli keladi, buni yaxSHi bilib oliSH kerak. Qut-izzatni ham, obro‘-e’tiborni ham kiSHi til orqali topadi. Hech qachon ko‘p gapirma. Juda oz so‘zla. Tuman so‘z tugunini bitta so‘z bilan yozib yubor, ya’ni oz so‘zlarga ko‘proq ma’no singdiriSH payidan bo‘lgin»[143;12].
Nutq o‘stiriSH masalasi ta’limning har bir bosqichida muhim vazifa bo‘lib kelgan va bunday keyin ham SHunday bo‘lib qolaveradi. Chunki til jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda jamiyat a’zolari tomonidan rivojlantirib borilar ekan, uni o‘zlaSHtiriSH hayotiy zaruratga aylanadi. Nutq o‘stiriSH o‘z fikrini boSHqalarga yetkaziSH uchungina emas, balki boSHqalarning qaraSHlariga, e’tiqodlariga va xatti-harakatlariga ta’sir etiSH uchun ham xizmat qiliSHi kerak. Ayniqsa bu hozirgi qaraSHlar xilma-xilligi davrida va kichik yoSHdagi o‘quvchilarning dunyoqaraSHlarini SHakllantiriSHda muhimdir.
Inson nutq orqali yaratilgan bilimlarni egallaSHdan taSHqari, nutq yordamida fikrlaydi, fikr ifodalaydi.
Nutqiy rivojlaniSHning jamiyat va ta’lim-tarbiya sohasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, SHarq allomalari mazkur muammoga alohida diqqat qaratib kelganlar.
Forobiy insonning fikrlaSH iqtidoriga alohida e’tibor berib: “barcha masalani, muhokama va mulohazani tuSHuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so‘zlovchining maqsadi, aytilgan fikrlarining chinligini tezda payqay oladigan bo‘lsin”, “so‘zlari aniq bo‘lsin, fikrini va aytmoqchi bo‘lgan mulohazalarini ravon va ravSHan bayon eta olsin”, “biliSH va o‘qiSHga muhabbati bo‘lsin, sezmasdan osonlik bilan o‘zlaSHtira olsin”[42;186-188] degan talablarni qo‘yadi. Bunday qobiliyatlarga ega bo‘liSH uchun, avvalo, turli nutq uslubida ifoda etiladigan so‘z ma’nolarini o‘zlaSHtirib oliSH lozim. Ko‘rinib turibdiki, tilning lug‘at tarkibi insoniyat olamiga taqdim etilgan eng oliy ne’matdir.
O‘quvchining so‘z boyligi, nutqiy rivojlaniSHi atrofdagilar bilan muloqotga kiriSHiSHida katta imkoniyatlar yaratadi. O‘qituvchining vazifasiga faqat o‘qitayotgan faniga qiziqiSH uyg‘otibgina qolmasdan, o‘quvchilar uning kommunikativ va mustaqil fikrlaSH ko‘nikmasini rivojlantiriSH ham kiradi. O‘qituvchi o‘quvchilarni turli vaziyatlarda til birliklaridan foydalana oliSHga, o‘z nutqiga ongli munosabatda bo‘liSHga, har bir so‘ziga javobgarlikni his qiliSHga o‘rgatiSHi kerak. Ona tili o‘quv predmeti sifatida nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlaSHtiriSHga, balki inson uchun umri davomida zarur bo‘ladigan til birliklarini amaliy qo‘llaSH ko‘nikmalarini SHakllantiriSHga ham yo‘naltirilgandir.
Nutqiy bilim bilan nutqiy ko‘nikmaning ikki xil hodisa ekanini farqlamoq kerak. Nutqiy bilim tilning barcha sathlariga doir bilimlarni o‘zlaSHtiriSH asosida egallanadi, nutqiy ko‘nikma esa nutqiy mexanizmni turli nutq uslublarida iSHga soliSHdir. Inson nutqiy faoliyati davomida so‘zga emas, balki so‘zning ma’no tomoniga e’tibor qaratadi va o‘z fikrini aniq ifodalaSH uchun kerakli so‘zni tanlaydi. Til vositalarini nutq yo‘naliSHiga tez moslaSHtirib, rejalaSHtirib oliSH, nutq mazmunini ifodalaSH uchun ularni topib muomalaga kirita biliSH nutqiy ko‘nikma sanaladi.
Nutq o‘stiriSH metodikasining vazifasi o‘quvchilarda o‘zaro aloqaga, atrofdagilar bilan so‘zlaSHiSH – kommunikatsiyaga ehtiyoj va qiziqiSHni yuzaga keltiriSHdir. SHundagina o‘quvchi nutqi asta-sekin rivojlana boradi, o‘z nutqiga e’tibor beriSH hissi paydo bo‘ladi. Nutq o‘quvchiga nafaqat boSHqa kiSHilar bilan aloqa qiliSHga yordam beradi, balki olamni, dunyoni biliSH, borliqni anglaSH vositasi hamdir.
Nutq muomala vositasi sifatida muayyan sifatlarga ega bo‘liSHi lozim. Birinchi navbatda, nutqning leksikasi keraksiz va mahalliy (SHevaga xos so‘zlardan), parazit va vulgar (qo‘pol, noxuSH) so‘zlardan xoli bo‘liSHi zarur. Nutqning sifatiga qo‘yiladigan aniqlik, obrazlilik, emotsionallik kabi talablar ham bevosita nutqning leksik qatlamiga bog‘liqdir.
O‘quvchilar o‘z fikrini to‘g‘ri va mukammal ifodalaSH ko‘nikmasini egallaSHlari uchun o‘qituvchi nutqiy kamchiliklarni bartaraf etuvchi va nutqni lug‘aviy birliklar bilan boyituvchi maxsus maSHqlarni muntazam taSHkil etiSHi lozim.
Pedagogika fanlari nomzodi M.Saidov tafakkurning yetarli darajada rivojlanmasligining sababi sifatida o‘quvchi nutqining qaSHSHoqligi deb ko‘rsatiSHi ayni haqiqatdir[122;147]. Nutqiy qaSHSHoqlik so‘zlovchining leksik birliklardan yetarlicha foydalana olmasligi bilan belgilanadi.
BoSHlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha predmetlarga doir bilimlarni egallaSHni ta’minlaydigan turli tipdagi maSHqlar jarayonida o‘quvchilarning savodli yozuvi, to‘g‘ri talaffuzi va og‘zaki nutqqa oid ko‘nikmalarini SHakllantiriSHga qaratilgan iSHlarning amalga oSHiriliSHi o‘quvchilarning lug‘at zahirasini boyitiSH barobarida o‘quv predmetlarini o‘zlaSHtiriSH, og‘zaki hamda yozma nutq madaniyatini SHakllantiriSHning muhim SHarti sanaladi. SHuning uchun ona tili darslarida lug‘at iSHi o‘qituvchilar diqqat markazida bo‘liSHi, dars jarayonidagi maSHqlar SHunga qaratiliSHi lozim.
BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilarida tevarak-atrof, ijtimoiy muhit haqida muayyan darajada bilim va tasavvur bo‘lsa-da, lekin bu bilim, birinchidan, yetarli darajada bo‘lmaydi, ikkinchidan, o‘quvchi bilgan so‘zlarining hammasining ham ma’nosini aniq tuSHunib yetavermaydi. SHuning uchun o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning nutqini doimiy kuzatib, lug‘at zahirasini aniqlab, yangi so‘zlar bilan lug‘atini boyitib boriSHdir. Uchinchidan, o‘quvchilarning lug‘ati aniq va bir sistemaga tuSHmaganligi bois ular so‘zlar orasidagi bog‘liqlik va o‘xSHaSHlikni, yaqinlikni anglab yetmaydi. To‘rtinchidan, o‘quvchilarning lug‘atida atamalar, turli sohalarga doir bilimlarni o‘zlaSHtiriSHga doir so‘zlar yetiSHmaydi. BeSHinchidan, o‘quvchi o‘qigan matnlari va eSHitgan nutqlarida qo‘llangan so‘zlarning ma’nosini tuSHunadi, lekin ularni o‘z nutqida qo‘llamaydi yoki noto‘g‘ri qo‘llaydi. Oltinchidan, o‘quvchilarning nutqi ko‘pincha oddiy so‘zlaSHuvga oid so‘zlardan taSHkil topadi, badiiylik yetiSHmaydi, so‘zlarni takror qo‘llaydi. Nutqida yorqin, ta’sirchan so‘z va iboralarni iSHlata olmaydi. Yettinchidan, so‘zning tovuSH tarkibini aniq anglamasligi tufayli to‘g‘ri talaffuzini, imloviy to‘g‘ri yoziliSHini bilmaydi. Natijada SHu so‘zni og‘zaki nutqida ham, yozma nutqida ham qo‘llamaydi. BoSHlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqi va tafakkuri bilan bog‘liq mazkur muammolar lug‘at ustida iSHlaSHda o‘qituvchidan jiddiy e’tibor beriSHni talab etadi.
BoSHlang‘ich sinflarda o‘quvchi matnning umumiy mazmuniga diqqat qaratadi, undagi so‘z va iboralarning ma’nosini matn mazmunidan kelib chiqib anglaSHi mumkin, lekin so‘zlarning ma’nosini aniq aytib bera olmaydi, ma’nodoSHlarini keltira bilmaydi. Matnni qayta hikoyalaSHda gaplarni, so‘z va iboralarni aynan qo‘llaydi. Bu holatlar o‘quvchilar nutqining so‘zga bo‘lgan ehtiyojini ko‘rsatadi.
Ta’lim bosqichlarida yuqori darajada rivojlangan og‘zaki va yozma nutqni SHakllantiriSH o‘quvchilarning chuqur bilim oliSHlariga zamin yaratibgina qolmay, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llaSHga ham imkon beradi.
T.U.Ziyodova “O‘quvchilarda matn yaratiSH ko‘nikmalarini SHakllantiriSH uchun til sathlariaro va fanlararo aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga qat’iy amal qiliniSHi, asosiy e’tibor o‘quvchi so‘z boyligini oSHiriSH va boyitiSHga, til imkoniyatlaridan foydalaniSH yo‘llarini o‘rgatiSHga, fikrni yozma ifodalaSHni maSHq qildiriSHga qaratiliSHi lozim”[75;14] deb yozganida to‘la haqlidir.
Davlat ta’lim standartida ham “Ona tili” darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlaSHga yo‘naltiriSH, darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatiSHdan voz kechiSH, ijodiy tafakkur tarzini SHakllantiriSH, dars va maSHg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltiriSHga qaratiSH maqsad qilib olingan[5;10-16,17].
Xulosa qilib aytganda, boSHlang‘ich sinflarning ona tili darslarida o‘quvchilarning tuSHunchasi, bilimi hamda lug‘atini boyitiSHda, dunyoqaraSHini SHakllantiriSH, his-tuyg‘usini tarbiyalaSH, til hodisalarining xususiyatlarini anglatiSHda lug‘at iSHi muhim o‘rin tutadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin