4. Matnga sarlavha qo‘yiSH. O‘quvchilarning har biri o‘zining topgan sarlavhasini aytadi va o‘zi tuzgan matnga mosini tanlaydi: “O‘lkamizda bahor“, “Tog‘larda bahor“, “Qirlarda bahor“, “Bahor keldi“.
“Bahor“ mavzusida inSHo yoziSHga tayyorlaniSH uchun quyidagi maSHq turlari qo‘llaniladi:
1. Xotirada qolganlarini yoziSH diktanti.
2. Suhbat.
3. Mavzuga doir so‘zlarni to‘plaSH.
4. Rasmlar asosida bahor fasli tasviriga doir so‘zlar yoziSH.
5. Bahorga fasliga oid maqollarni izohlaSH.
O‘quvchilar yozgan ijodiy iSHlar darslikdagi matnlar bilan qiyoslanadi, darslikdagi matn mazmuniga nimalar qo‘SHimcha qilingani aniqlanadi. Tuzilgan matnlardagi bahorning belgilarini ifodalovchi oddiy so‘zlaSHuvga oid so‘zlar adabiy-badiiy so‘zlar bilan almaSHtiriladi.
Xulosa qilib aytganda, qaysi mavzuda ijodiy iSH o‘tkaziladigan bo‘lsa, o‘qituvchi SHu mavzuga doir leksik-grammatik topSHiriqlar tizimini iSHlab chiqiSHi va ularni taSHkil etiSH SHakllarini aniqlab oliSHi lozim.
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar 1. BoSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida integratsiyalaSHgan darslarni taSHkil etiSH orqali amalga oSHiriladigan ijodiy iSHlar o‘quvchilarning fanlarga doir atamalarni, iboralarni, so‘zlarni o‘zlaSHtirib, lug‘at zahirasini boyitiSHda alohida o‘rin tutadi.
2. BoSHlang‘ich sinfllarda rasmlar asosida taSHkil etiladigan mustaqil ijodiy iSHlarda rassom ranglar bilan tasvirlagan voqelikni o‘quvchilarning so‘z bilan ifodalaSHi orqali lug‘at zahirasi boyitiladi.
3. BoSHlang‘ich sinf ona tili darsliklaridagi matnlar tahlilida ularning mazmunini boyituvchi lug‘aviy birliklar: so‘zlar, iboralar, birikmalar, tasviriy vositalar, tayyor matnlar bilan chegaralinib qolmasdan, qo‘SHimcha materiallardan foydalaniSH o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi.
4. Ijodiy iSHlar jarayonidagi lug‘aviy iSHlarni quyidagi turlarga ajratiSH mumkin:
a) suhbat asosida mavzuga doir so‘zlar guruhini to‘plaSH;
b) to‘plangan so‘zlar vositasida so‘z birikmasi va gap tuziSH;
v) tuzilgan gaplarni tartiblaSHtirib matn yaratiSH;
g) matnga sarlavha qo‘yiSH. O‘qituvchining ijodiy iSH mavzusiga doir leksik-grammatik topSHiriqlar tizimini iSHlab chiqiSHi maqsadga muvofiqdir.