‘‘Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslar
Nutq -------- Gap ------- So‘z --------- Bo‘g‘in ---------TovuSH
Ona tili darslarida beriladigan grammatik bilimlar murakkablaSHib borganidek, har bir maSHq o‘quvchi nutqini so‘z bilan boyituvchi xarakter kasb etadi. 4-sinf ona tili darsligida o‘quvchilar nutqiga kiritiSH mumkin bo‘lgan juda ko‘plab adabiy-badiiy so‘zlar qo‘llangani holda SHu so‘zlarning ma’nosini izohlaSH va nutqda qayta qo‘llaSHga doir topSHiriqlar berilmagan, ijodiy xarakterdagi maSHqlar kam. Masalan, 187-maSHqda “dilini og‘ritmaydi, fayzli foyda, kitobning suhbati, ajdodlarimiz merosi, aziz, aql qal’asi”, 189-maSHqda “farosati o‘tkir quSH, o‘lja, SHo‘ng‘imoq, quvurning quyi tomoni” kabi so‘z va birikmalar, “Sifat - so‘z turkumi” mavzusida “qudratli, xarsang, saxiy (tabiat), sof, nursiz, qizg‘iSH” sifatlari qo‘llaniSHiga qaramasdan, ot va sifat so‘z turkumi o‘rganilayotgan bu darslarda yuqoridagi so‘zlarning ma’nosi ustida iSHlaSH, ma’nodoSHlarini aniqlatiSH (farosati o‘tkir- zehnli), ayrimlarini o‘quvchining nutqiy mulkiga aylantiriSH uchun leksik-semantik va nutqda qo‘llaSH ehtiyojini yuzaga keltiruvchi o‘quv topSHiriqlari iSHlab chiqilmagan.
So‘z turkumlarini o‘rganiSHda sinonimlar ustida iSHlaSH so‘zning grammatik ma’nolarini farqlaSH va so‘z turkumlari orasidagi aloqadorlikni anglaSH hamda sinonim so‘zlar guruhlarini to‘plaSHda muhim ta’limiy ahamiyat kasb etadi.
So‘zning sinonimik holatlaridan to‘g‘ri foydalaniSHga o‘rgatiSH o‘quvchilarning badiiy nutqni egallaSHlariga, lug‘at zahirasini fe’llar bilan boyitiSHga olib keladi.
Lug‘at ustida iSHlaSH orqali lug‘at boyligini oSHiriSHda o‘quvchining nutqiy aloqaga doir topSHiriqlarni bajariSHi ham nazarda tutiladi. Ma’nosi ustida iSHlangan yoki sinonimlari toptirilgan so‘zlarni birikmalar tarkibida va gapda qo‘llaSHga doir topSHiriqlar bilan davom ettiriSHga kam o‘rin berilgan.
Ona tili darsliklarida jamiyat taraqqiyoti bilan hamohang raviSHda grammatik mavzularni boSHlang‘ich ta’limda amaliy ahamiyatidan kelib chiqib tanlaSH va izchilligini takomillaSHtiriSH, maSHqlar matnini yangilab boriSH, grammatik topSHiriqlar tizimini mukammallaSHtiriSH belgilangan.
KuzatiSHlar boSHlang‘ich sinflarning ona tili darsliklariga kiritiladigan maSHq materiallarini quyidagi mezonlar asosida tanlaSH ijobiy natijalar beriSHini ko‘rsatdi:
-maSHq materiallari bog‘laniSHli matn xarakterida bo‘liSHi;
-o‘rganilayotgan til bilimini o‘zlaSHtiriSH va mustahkamlaSHga qaratiliSHi;
-o‘quvchilar hayoti bilan bog‘liq va yoSHiga mos bo‘liSHi;
-davr taraqqiyotini o‘zida aks ettiriSHi;
-ta’limning SHu bosqichida o‘qitiladigan fanlar bilan bog‘laniSHi.
O‘quvchilar lug‘atini boyitiSHda integrativ bilimlarga tayaniSH lozimligi yuqorida qayd etildi. Ona tili darslarida badiiy adabiyotdan olingan matnlarning lingvistik tahlili orqali o‘quvchilar grammatik bilimlar ustida fikr yuritadi, SHu jarayonda til birliklarini o‘zlaSHtiradi. SHuningdek, boSHqa fanlarga doir ilmiy matnlarning lingvistik tahlili o‘quvchilar lug‘atini boyitiSHda boy manba bo‘ladi. O‘SHa fanning bilimlariga tayaniSH uning atamalarini o‘zlaSHtiriSHdan taSHqari, SHu fanga oid bilimlarni mustahkamlaSHga ham yordam beradi. SHuning uchun boSHlang‘ich ta’limda o‘qitiladigan predmetlarga doir ma’lumotlarni ham maSHq matnlariga singdiriSH o‘quv predmetlari aro aloqani ta’minlaSHga xizmat qiladi.
O‘quvchining atrof-muhit haqidagi bilimini boyitadigan, hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan, matnni qiziqib o‘qiSH iSHtiyoqini paydo qiladigan maSHqlar o‘qiSH ko‘nikmalarini ham takomillaSHtiradi.
Ma’lumki, o‘rganilayotgan til hodisasining muhim belgilarini aniqlaSH, taqqoslaSH, guruhlaSH, umumlaSHtiriSH va xulosalaSH jarayoni ichki va taSHqi nutq vositasida amalga oSHiriladi. UmumlaSHma xulosalar ham nutq orqali reallaSHadi, yuzaga kelgan fikr nutq vositasida tinglovchiga yetkaziladi. Bu jarayonlarning hammasida o‘quvchi til birliklariga ehtiyoj sezadi. SHuning uchun darslikdagi o‘quv materiallarining tili, o‘qituvchining nutqi til birliklariga boy bo‘liSHi talab etiladi.
MaSHq matnlari til unsurlariga boy bo‘lsa-yu, lekin ular ustida olib boriladigan iSHlar faqat grammatikani o‘rganiSHga qaratilsa, bu ham nutqiy kambag‘allikni yuzaga keltiradi.
O‘quvchilar nutqini so‘zlar bilan boyitiSH o‘qituvchidan qo‘SHimcha o‘quv topSHiriqlarini iSHlab chiqiSH va ularni samarali metod va usullarda amalga oSHiriSHni talab etadi.
Muammo yuzasidan olib borilgan kuzatiSHlar o‘qituvchilarning dars reja konspektlarida maSHq SHartlarini bajariSHdan nariga o‘tmayotganligi, ma’nosi izohlanadigan so‘zlar izohi aks etmayotganligi, so‘zlarning ma’no qirralari ustida iSHlaSHga doir savol-topSHiriqlar iSHlab chiqilmasligini ko‘rsatdi.
Ma’lumki, boSHlang‘ich sinflarda mustaqil bajariSH ko‘zda tutilgan vazifalar yuzasidan o‘quvchilarga aniq maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar beriliSHi talab etiladi. 4-sinf “Ona tili” darsligidagi 52- maSHq yordamida o‘quvchilar jarangli va jarangsiz undoSHlarning imlosini o‘zlaSHtiriSHlari ko‘zda tutilgan. Lekin ona tili darslarining maqsad va vazifalaridan kelib chiqilsa, bir tomonlama faoliyat tilni o‘zlaSHtiriSHda hech qanday samara bermasligi tayin. SHuning uchun maSHq matni sinfda bir marta o‘quvchilarga o‘qitilib, “Matndagi aqlimizni raso, tilimizni burro, olam sirlari birikmalarini qanday tuSHunasiz?“, “MaSHq matnidagi kasb sohiblari, baxtli-saodatli, kelajagi porloq, zahmatkaSH, iftixorimiz, iSHonchni oqlaSH, muqaddas burchimiz kabi so‘z va birikmalarning ma’nosini-chi? SHu so‘zlarning ma’nosini izohlaSHga tayyorlanib keling“ (“Izohli lug‘at“dan foydalaniSHlari mumkinligi aytib) topSHirig‘i berilib, keyingi darsda ularning izohi daftarga yozdirilsa o‘quvchilarni mustaqil ijodiy iSHga o‘rgatiSHga zamin yaratiladi. Masalan:
Aqlimiz raso – aqlimiz but, butun, to‘liq, barkamol.
Tilimiz burro – tilimiz biyron, aniq-ravSHan, o‘tkir.
Olam sirlari – olamning boSHqalar bilmaydigan tomonlari, o‘zgalarga noma’malum narsalar.
Kelajagi porloq – kelajagi aniq, ravSHan, yorug‘, nurli.
Kasb sohiblari – kasb egalari (sohib - egasi): Sohibi qalam – yozuvchilar, sohibi toj – toj egasi.
ZahmatkaSH – mehnatkaSH, mehnat qiluvchi.
Iftixorimiz – faxrimiz, SHaraf-SHonimiz.
Muqaddas burchimiz – SHarafli, jonajon, olijanob (vazifamiz) burchimiz.
So‘z va birikmalarning izohidan so‘ng ularni taqqoslaSH, “Qaysi so‘z va birikmalar tilimizni ta’sirchan qiladi, nutqimizni yoqimli, kitobdagi nutqqa yaqinlaSHtiradi?“ savoli bilan va matnni qayta hikoyalatiSH orqali o‘quvchilarda bu birliklarni nutqda iSHlatiSHga istak va ehtiyoj yuzaga keltiriladi.
4-sinfda gap bo‘laklari va gapning uyuSHiq bo‘laklari o‘rganilgandan so‘ng 2-NI o‘tkaziladi. Undan maqsad o‘quvchilarning gapda so‘zlardan va ularning bog‘laniSHidan to‘g‘ri foydalana oliSH ko‘nikmalarini aniqlaSH, bayon matni asosida o‘quvchilarning lug‘atini boyitiSH va aniqlaSH, adabiy nutqda og‘zaki va yozma bayonga o‘rgatiSHdir. 2-NIning BKM elementlariga matn mazmunini reja asosida bayon etiSH, imloviy to‘g‘ri yoziSH, gaplarni to‘g‘ri tuziSH, tiniSH belgilarini to‘g‘ri iSHlatiSH, chiroyli yoziSH kiritilgan. Avvalo BKM elementlari qismlarini “Gap bo‘laklarining tartibiga rioya qiliSH, gaplarda uyuSHiq bo‘laklardan foydalaniSH, uyuSHiq bo‘lakli gaplarda vergulni to‘g‘ri iSHlatiSH“ tarzida aniqlaSHtiriSH lozim. Ikkinchidan, boSHlang‘ich sinfda bayon matniga qo‘yiladigan talabga amal qiliSH kerak.
O‘quvchilarda turli vaziyatlarda fikr maqsadiga muvofiq nutq birliklarini qo‘llaSH ko‘nikma va malakalarini hosil qiliSHda ma’no ifodalaSHning SHakli bo‘lgan leksik mavzular ikkilamchi planda bo‘lsa-da, fikr ifodalaSHning vositasi sifatida o‘rganiliSHi kerak.
Agar ona tili dastur va darsliklariga leksika bo‘limi kiritilib, o‘quvchilar leksik bilimlar bilan elementar tarzda bo‘lsa-da qurollantirilsa, taSHkil etilayotgan leksik maSHqlarni ongli bajaradilar, o‘qituvchilar ham har bir grammatik tahlilning tarkibiga leksik tahlilni singdiradilar. Natijada o‘quvchilar nutqining tuSHunarli, mazmunli va ta’sirli bo‘liSHida qo‘llanayotgan so‘zning o‘rni muhim ekanini anglab boriSHiga eriSHadilar.
Hozirda jamiyatimiz taraqqiyoti ta’sirida o‘quvchilarning intellektual salohiyati birmuncha ilgarilab ketgan. SHuni hisobga olib, boSHlang‘ich sinfda leksik ma’no, bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar, sinonim, antonim, omonim, uyadoSH so‘zlar, paronimlar haqidagi ma’lumotlar elementar tarzda kiritiliSHi mumkin.
Leksik maSHqlarni tizim SHakliga keltiriSHda sinflar kesimida hosil qilinadigan elementar nazariy ma’lumotlar asos bo‘ladi. Darslikda leksik maSHqlar tizimini didaktik loyihalaSHda o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligini hisobga oliSH, o‘quv materiali va topSHirig‘ining ta’lim mazmuniga har tomonlama mos bo‘liSHi, biri ikkinchisini to‘ldiriSHi, yangi qirralarini ochiSHi boSHlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida muhim o‘rin tutadi.
BoSHlang‘ich sinflarning o‘qiSH darslarida o‘quvchilarning hayotiy tajribasi va saviyasidan kelib chiqqan holda badiiy asar tili ustida iSHlanadi. SHuning uchun badiiy asar tilining dastlab lingvistik tahlili, so‘ng poetik tahlili o‘tkaziladi. Har ikki turdagi tahlil ham asar syujetini, mazmunini o‘zlaSHtiriSHni, uning g‘oyasini to‘g‘ri anglaSH va xulosa chiqariSHni, o‘quvchiilar lug‘atini boyitiSHni ta’minlaydi.
1-sinf “O‘qiSH kitobi” darsligida Amir Temur haqidagi rivoyatda “yuriSH, chodir, tunadik, ajib, tuynuk, tayin etmoq, muruvvat”, A.Navoiy haqidagi “Non isi” rivoyatida “sulton, boSHi qotibdi”, M.Osimning ibn Sino haqidagi “Kitobga mehr” asarida “ko‘zi tuSHdi, mehr ko‘zi”, “Ona allasi” rivoyatida “armon, murod”, “ToSHbaqa bilan Chayon” masalida “landavur, fursat, ta’na toSHi”, “SHer va Sichqon” ertagida “oq ko‘ngil, tasodif, najotkor”, “Maymun va durroj” ertagida “pona”, “Rostgo‘y bola” ertagida “xomuSH”, “Ochko‘z sichqon” ertagida “baxilllik, falokat, xirmon”, “Aqlli bog‘bon” ertagida “vasiyat, ko‘z yummoq, yomonlikning boSHi”, “Hakka va uning bolalari” ertagida “niSHon, e’tiroz bildirmoq, uddasidan chiqmoq”, “Arpa-bug‘doy oSH bo‘lur” asarida “musofir, ravona bo‘lmoq, xijolat bo‘lmoq, baham ko‘rmoq”, “Sayyod va durroj” hikoyatida “durroj, sayyod, dom” kabi o‘quvchilar uchun notaniSH so‘z va iboralar qo‘llaniSHi 1-sinfdan boSHlab badiiy asar tili ustida iSHlaSH ko‘nikmasini tizimli tarzda SHakllantirib boriSHni taqozo etadi.
Badiiy asar tilining lingvistik tahlilida dastlab uning ma’nosi ustida iSHlanadi. O‘quvchilar ba’zi so‘zlarning ma’nosini umuman bilmaydilar, ayrim so‘z va birikmalarning ma’nosini esa gap mazmunidan umumiy tarzda anglaydilar, lekin ma’nosini aniq aytib bera olmaydilar. O‘qituvchi darsga tayyorgarlik davrida qaysi so‘zning ma’nosini izohlaSH zarurligini aniqlab, tuSHuntiriSH o‘rnini va usulini, ma’nolari izohlangan qaysi so‘zlarni o‘quvchilar lug‘atiga kiritiSH, faol so‘zlarga aylantiriSH zarurligini, qaysilarining nofaol so‘z holida qoliSHi mumkinligini belgilab oladi. SHunga asoslanib savol-topSHiriqlar tizimini iSHlab chiqadi.
O‘qituvchining o‘quvchilarga matnni o‘qib, ma’nosini tuSHunmagan so‘zlarni aniqlatiSHi, tuSHuntiriSHi rejalaSHtirilgan so‘zlarni doskaga yozib, ma’nosini so‘raSHi o‘quvchilarda badiiy asar matni tiliga sezgirlikni tarbiyalaydi.
So‘zlarning ma’nosini ko‘rgazmalilik, hayotiy voqealar, hikoyatlar so‘zlab beriSH orqali, kontekst asosida suhbat metodida va test usulida, ko‘chma ma’noda qo‘llangan so‘zlarning ma’nosini taqqoslaSH va bahs-munozara usulida, o‘quvchilar alfavitni yod olganlaridan so‘ng “Izohli lug‘at” asosida mustaqil iSH metodidan foydalanib izohlatiSH maqsadga muvofiqdir. Masalan: “chodir, tuynuk, tunadik” so‘zlarining ma’nosini ko‘rgazmalilik, “o‘rmon, murod, najotkor” so‘zlarining ma’nosini hayotiy voqealar, hikoyatlar so‘zlab beriSH orqali tuSHuntiriSH mumkin. 3-4-sinfda asar matnining lingvistik tahlilida o‘quvchining o‘ylaSHga, fikrlaSHga undaydigan “SHu so‘zning ma’nosini o‘zingiz aniqlang. Asarda siz ma’nosini tuSHunmaydigan so‘zlarning qo‘llaniSHi to‘g‘rimi?” “So‘zlarning ma’nosini eslab qoling.” “SHu so‘zlarning ma’nodoSHlari qatorini tuza olasizmi?” kabi savol-topSHiriqlar beriliSHi mumkin.
Ma’nosi izohlanadigan so‘zlarni faol leksikaga aylantiriSHda kartonga “Izohli lug‘at” sarlavhasi ostida yozib, sinfga ilib qo‘yiSH, o‘quvchilardan “Izohli lug‘at” daftarlarini 1-sinfdan to 4-sinfgacha saqlaSHlarini talab qiliSH, ta’lim jarayonida so‘zlarni qo‘llaSHga nutqiy ehtiyojni doimiy raviSHda yuzaga keltiriSH lozim.
Badiiy asarning lingvistik tahlilida ma’nodoSH so‘zlar, SHakldoSH so‘zlar, qarama-qarSHi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar ustida iSHlanadi. Bular ham so‘z ma’nolarini chuqurroq anglaSHga, o‘quvchi lug‘atini boyitiSHga, nutqining aniq va ravon bo‘liSHiga olib keladi.
Badiiy asarning jozibadorligini ta’minlaSH va emotsional ta’sir kuchini oSHiriSHda inson hissiyotiga ta’sirini kuchaytiriSHga doir matnning lingvopoetik tahlili muhim o‘rin tutadi. Poetik vositalar ustida iSHlaSH asar mazmunini anglaSHga, g‘oyasini ochiSHga, bola SHaxsini tarbiyalaSHga, SHuningdek, o‘quvchi lug‘atini boyitiSH hamda bog‘laniSHli nutqi va tafakkurini rivojlantiriSHga yordam beradi. SHuning uchun asar matnining lingvistik tahlilidan so‘ng poetik tahlilga o‘tiladi. Badiiy asarning lingvopoetik tahlilida jonlantiriSH, o‘xSHatiSH, mubolag‘a kabilar, asarning g‘oyasini ochiSHga xizmat qiladigan tayanch so‘zlar ustida iSHlanadi.
Xulosa qilib aytganda, badiiy asar tilining lingvistik va poetik tahlili o‘quvchilar lug‘atini mustaqil izlaniSH va ijodiy fikrlaSH orqali boyitiSHga yo‘naltiriladi.