Boshlangʻich sinflarda oʻquv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning qonun-qoidalari reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi



Yüklə 71,04 Kb.
səhifə5/7
tarix25.06.2023
ölçüsü71,04 Kb.
#135018
1   2   3   4   5   6   7
Boshlangich sinflarda oquv-tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilis

Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi
Tarbiyachi o‘quvchilar jamoasini tarbiyalar ekan, hech qaysi o‘quvchini nazardan chetda qoldirmasligi darkor. O‘quvchilarning xulq-atvori, tartib-intizomi, o‘zlashtirishi ko‘p jihatdan ularning individual xususiyatlariga bog‘liqdir.14 Ba’zi bir o‘quvchi o‘zining o‘qishga bardoshsizligi tufayli darslarga ulgurmasligi, ikkinchi birining darsda yaxshi javob berishga jur’atsizligi, tortinchoqligi halaqit berishi, yana birining yaxshi o‘qishiga vaqtida o‘zlashtirmaganligi sabablarini bilgan taqdirdagina, uning oldini olish borasida real va ta’sirchan tadbirlar qo‘llash mumkin bo‘ladi.
O‘quvchilarning individual xususiyatlarini hamisha va hamma holda hisobga olmoq zarur. O‘quvchilarga individual yondashish bu har qaysi o‘quvchining xususiyatlariga faol tarzda moslashish emas. Bu eng avvalo,har qaysi o‘quvchining individual xislatlarini, uning psixologik taraqqiyoti xususiyatlarini, uning shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda unga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning yanada samarali yo‘llarini faol ravishda qidirib topishdir. Bunday yondashishga faqat tarbiyalash va o‘qitish qiyin bo‘lgan o‘quvchilargina emas, balki istisnosiz hamma o‘quvchilar muhtojdir, tarbiyachining, o‘qituvchining vazifasi faqat qoloqlarni va intizomsizlarni ilg‘orlar va intizomlilar qatoriga yetkazib olishdangina iborat emas, balki shu bilan birga barcha o‘quvchilarning, jumladan, eng yaxshi, intizomli, bilimli, san’atga havasmand bolalarning ham aqliy, ham jismoniy quvvatlarini va tashkilotchilik qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishdan iboratdir.
O‘quvchilarni o‘rganib, ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
O‘quvchi shaxsini o‘rganish ham piravord maqsad emas, balki ularga ta’lim-tarbiya berish uchun zaruriy shart-sharoitdir. Odatda tajribali sinf rahbarlari o‘rganayotib tarbiya berish, tarbiyalayotib o‘rganib borish qoidasiga amal qiladilar. O‘quvchilarni o‘rganishi bu tarbiyachilar uchun muvaffaqiyatli tarbiyalashning zaruriy shart-sharoiti bo‘lib xizmat qiladi, tarbiyalash esa o‘z navbatida o‘quvchilarni kamol toptirish jarayonida ularni o‘rganishning asosiy yo‘llaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchilarni o‘rganish borasidagi ishlar shaxsning kamol topishida tabiiy tarzda faol ishtirok etish bilan, o‘quvchilarda zaruriy ma’naviy xislatlar va xarakter xususiyatlarini tarkib toptirish bilan organik ravishda qo‘shilib ketadi. Sinf rahbari o‘quvchilar xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni rivojlantirish, salbiy xususiyatlarga barham berishni “loyihalashtiradi”.
O‘quvchilarni o‘rganishni rejali tarzda va muntazam olib borish darkor.
O‘quvchi xulq-atvoridagi yakka-yarim uchraydigan va tasodifiy voqealarni emas, balki uning shaxsida juda ko‘p uchraydigan tipik xususiyatlarni o‘rganmoq kerak. Shuni hisobga olish kerakki, o‘quvchilar hamma vaqt o‘sib kamol topib boradilar. Ularning qiziqishlari doim o‘zgarib boradi, ularning ichki dunyolari doimo boyib boradi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni faol rivojlanishga o‘rgatmoq va bu rivojlanishni boshqarib borish zarur.
Bolalarni o‘rganish ularga tarbiya va ta’lim berish sifatini oshirishga bo‘ysindirilmog‘i lozim.15 O‘quvchilarni muntazam tarzda o‘rganish asosida boshlang‘ich jamoaga hamda alohida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishining yanada samarali usul va metodlarini tanlab olishga ijodiy yondashish mumkin bo‘ladi. O‘quvchilarning individual xususiyatlari, mayllari hamda qiziqishlarini qayd qilib berish bilangina cheklanib qolish noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu o‘rganish asosida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, bular bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishini tashkil etish muhimdir. O‘z o‘quvchilarini yaxshi o‘rganish demak, tashqi tomoniga emas, balki ular xulq-atvor sabablarini o‘rganishga e’tibor berish kerak.
O‘quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o‘rganish.
O‘quvchini ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali hayotga va jamoat ishiga jalb qilish lozim. O‘qituvchilarning o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va tevarak-atrofidagi kishilar bilan munosabatlarga kirishini o‘rgatish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu munosabatlar jarayonida shaxs yanada to‘la ochiladi. O‘quvchilarni tabiiy hayot va kundalik xatti-harakat jarayonida o‘rganish ularga haqiqiy baho berishga yordam beradi.
O‘quvchilarni xilma-xil metodlar va usullar bilan o‘rganish.
O‘rganish metodlari qanchalik turli-tuman bo‘lsa, o‘quvchilarni shunchalik to‘la va asosli o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Ayni bir vaqtda qo‘shimcha metodlar sifatida o‘quvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan suhbatlardan foydalaniladi. O‘quvchilarni o‘rganish metodikasi ta’sirchan bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchini o‘rganish uning xarakteri va hulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarining oldini olish hamda ijobiy xislatlarni mustahkamlash yo‘llarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quvchilarni o‘rganib, ular hayoti va turmush sharoitlari bilan tanishish.
O‘quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuqlar va kamchiliklari shakllanishida, eng avvalo uning ta’lim va tarbiya olish jarayonida ijtimoiy uy sharoiti, tevarak-atrofi ham ahamiyat kasb etadi.16 O‘quvchilarni o‘rgatish dasturi ularni faqat maktab-dagina emas, balki shu bilan birga uy sharoitida, oilada ham o‘rganishni nazarda tutmog‘i darkor.
O‘quvchining alohida xususiyatlarini emas, balki butun shaxsini o‘rganmoq darkor.
Sinf rahbari tarbiyaviy ishning turli bosqichlarida o‘quvchi xulq-atvorining ayrim tomonlarini o‘rgatishga e’tiborini qaratishi mumkin. O‘quvchini har tomonlama o‘rganishga erishmoq uchun dasturni oldindan yaxshi o‘ylab tuzish, o‘quvchilarni o‘rganish rejasini, suhbat savollarini, insholar mavzularni tayyorlab olish zarur.


XULOSA
Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai-nazari asta-sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining hulq-atvori hamda tevarak-atrofdagi muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. Shaxsning bu tutgan yo‘li qancha aniq va izchil bo‘lsa, tevarak-atrofdagi hayot sharoitlarining turlicha salbiy ta’siri shuncha kuchsiz bo‘ladi. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o‘qituvchi-tarbiyachilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklarni tuzatishga to‘g‘ri keladi. Bu kamchiliklar avvalgi tarbiya jarayonida, ko‘pincha oilada tarkib topgan bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z harakatlarini va ota-onalarning harakatlarini bu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratishi lozim. Odatda, buning uchun bolalarning oiladagi hayot sharoitlarini o‘zgartirish, tarbiyalanuvchilarda noto‘g‘ri xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi sabablarni mumkin qadar yo‘qotish talab etiladi.
Shunday qilib, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan bo‘lib, inson shaxsini tarkib toptirishning bir butun jarayonida doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazadi. Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Bu qoidalar tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. O‘qituvchilar o‘quvchilar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida imon-’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Men ishimni xulosalab quyidagi tavsiyalarni beraman:
Ma’naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari qobiliyatli, iste’dodli bilimli, maxoratli, o`z ishining ustasi, o`z obro`siga ega bo`lgan bo`lishi kerak.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan xolga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo`lgan barcha g`oyalar qaytadan ko`rib chiqilishi, asosiy eʼtibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to`plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.
Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o`quvchilar o`rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo`lish kerak.
Yoshlarimizni erkin mustaqil fikrlashga o`rgatish kerak.
Shaxsning ma’naviy, axloqiy sifatlarini tarbiyalash kerak.
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, shakllanayotgan milliy mafkurani o`quvchi – yoshlar ongiga mukammal yetkazish kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o`qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish.
O`quvchilarni tarbiyaviy tadbirlarga jalb qilish va qiziqtira olish kerak.
Tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini oshirish va uning natijasini amaliy hayotda tadbiq etish kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari kadrlarning kasb mahoratini, umumiy ta’lim mahoratini, umumiy ta’lim va madaniy darajasini muntazam o‘stirib
borishga g‘amxo‘rlik qiladi; xodimlar malakasini hisobga olgan holda va maktabgacha ta’lim muassasasi manfaatlaridan kelib chiqib, ularni tartibli va o‘z vaqtida joydan-joyga ko‘chirib turilishini ta'minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma'muriyat ruhiy-pedagogik o‘qitishning huquqiy va iqtisodiy uyg‘unlanishini ta'minlaydi; xodimlar malakasini oshirishga bevosita maktabgacha ta’lim muassasasida shart-sharoit yaratadi, murabbiylik harakatini rivojlantiradi; mamlakatda va chet ellarda pedagogik va boshqa fanlar erishgan yutuqlar haqida axborot beradi.
Maktabgacha sohasini rivojlantirishda ijtimoiy boshqaruv mexanizmalarini tahlil etishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini va bozor ko‘nikmalarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo‘lib yetishadilar. Boshqarish tizimini takomillashtirish va ijtimoiy sohada har xil tadbirlar ishlab chiqish ham ularning zimmasiga tushadi.

Yüklə 71,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin