Ma’ruzaning kirish qismi. Mustaqillik va milliy istiqlol mafkurasi hamda milliy meros haqida tushuncha. Bu boradagi O‘zbekiston rahbariyatining olib borayotgan siyosati. Ma’ruzaning asosiy qismi. Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy va Voiz Koshifiylarning asarlaridagi davomiylik g‘oyalarining bir-biri bilan bog‘langanligi, asarlarning yaratilishi haqida ma’lumot beriladi. So‘ngra asardagi oila, ota-onaning hurmat, vazifa, burchlari haqidagi ma’lumotlar. Oilada ayol va erkak fazilatlari qanday qilib farzand burchini anglatishi muammolari. Axloq-odob tarbiyasidagi dono fikrlar, rivoyat, hikoya, tanbehlar orqali asoslab, tushuntirib maktab hayoti bilan bog‘lanadi. Ma’ruzaning yakuniy qismi.Milliy merosimizdan qanday foydalanishga doir metodik ko‘rsatma va tavsiyalar beriladi. Maktabda «Ota-onalar kunini» tashkil qilish pedagogik bilim berish turlaridan biridir. Ota-onalarni maktabga ma’lum kunda taklif etib turli o‘quv-tarbiya ishlaridan xabardor qilish an’anaviy ahamiyatga ega bo‘lib, u «Maktabda ota-onalar kuni» yoki «Ochiq eshik»lar kuni deyiladi. Bu kundagi ish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Pedagogik maslahat burchagani tashkil etish.
Bolalar ijodiyotidan kurgazmalar uyushtirish.
Ochiq darslarga ota-onalarni taklif qilish.
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.
Ota-onalar uchun konsert dasturini namoyish etish.
Yuqoridagi ota-ona va maktab hamkorligidagi ishlar metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilsa ijobiy natija beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Toshkent., «O‘qituvchi»,1992. 2.I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” –T.: Ma’naviyat. 2008. 3.Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi rivojlantirishning 2017-2021 yillar bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”.-T.: O‘zbekiston, 2017 . 4.Sh.M.Mirziyoyev. “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi” –T.: O‘zbekiston, 2017. 5.R.Mavlonova “Tarbiyaviy ish metodikasi” darslik. T. 2014. 6.Safo Ochil. “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari” T.,O‘qituvchi, 1997. 7.Abu Rayxon Beruniy “Hikmatlar”. Toshkent, «Yosh gvardiya»,1973. 8.Xudoyqulov X.J. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”. –T.: TTYMI. 2007 y.