Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish og’zaki qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari, boshlang’ich sinf o’quvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga ko’ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni asta-sekin murakkablashtira boriladi: avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham qo’shiladi; keyinroq shaxsini o’zgartirib bayon yozishga o’tiladi. Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga ko’ra, 2-sinfda katta bo’lmagan (30-40 so’zli) matn yuzasidan o’qituvchi yordamida so’roqlar asosida bayon yozish, 3-sinfda 40 - 60 so’zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo’lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish, 4 - sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so’zli) bayon yozish ko’zda tutiladi.Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g’oyali matn tanlanishi, bayon mavzusi o’quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur.Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan namunani tushunmasdan yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan, sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.Til vositalari matnni o’qish, suhbat, matn tahlili davomida o’zlashtiriladi; matndagi so’zlar va nutq oborotlari bolalarning «o’ziniki» bo’lib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi, o’zlashtirgan mazmunni to’liqroq, aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan o’quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi o’sadi, ijodiy elementlar qo’shila boradin Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog’liqlik saqlanishi, asosiy faktlar berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o’rinlar to’liq bayon qilinishi zarur.
Og`zaki hikoya va yozma insho.
“Insho” asli arabcha so’z bo’lib, ma’nosi “yaratish”, “bino qilish”, “boshlash” demakdir. Bu co’zning ma’nosi hozirda ancha torayib, asosan, o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo’llanadi.Insho − ijodiy ish bo’lib, u o’quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o’ylash, mantiqiy bog’lanishni belgilash, so’z, so’z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o’zaro bog’lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o’quvchidan aqliy kuchini to’la ishga solish bilan birga, o’z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko’nikmasini ham talab etadi.Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo’shiladi. O’quvchi inshoni mustaqil, ijodiy xarakterda bo’lgani uchun, «o’ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi − inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o’quvchilar nutqini o’stirish, aqliy, ijodiy o’sishiga mo’ljallangan dasturga o’tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o’sdi.Og’zaki va yozma inshoga o’rgatish jarayonida o’quvchilarda mavzuni tushunish va yoritish, o’z inshosini aniq fikrga bo’ysundirish, material to’plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko’nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.Og’zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.Insho