Boshlang`ich sinflarda sintaksis va punktuatsiya elementlarini o`rganish. Materiallarni sinflarga joylashtirish tizimi



Yüklə 37,18 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü37,18 Kb.
#168574
1   2   3
OTO`M oraliq

material manbaiga ko’ra quyidagi uchga bo’linadi: 1) o’quvchining o’zi ko’rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya’ni mehnat, kuzatishlar, ekskursiyalar, o’yinlar, o’z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi insho; 2) kitob materiali, rasmlar, filьm, spektaklь, o’qituvchi hikoyasi va boshqa manbalar asosidagi insho; Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko’rish metodiga ko’ra insho ikki turli bo’ladi: 1) sinf o’quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan insho; 2) alohida mavzu asosida individual tayyorgarlikdan so’ng yoziladigan individual insho.Janriga ko’ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo’linadi. Boshlang’ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo’lgan hikoya tarzidagi inshodan ko’proq foydalaniladi.

  1. O`quvchilar inshosini tahlil qilish va undan keyingi ishlar.

Nutq o’stirish metodikasida o’quvchilar inshosi uchun baho me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.O’quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to’g’ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo’qmi, zarur o’rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo’l qo’yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).4. Insho hajmi (so’z, gap soni; lakonizm yoki ko’p so’zlilik).O’quvchilar inshosiga qo’yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi.Nutqiy xatolarga noto’g’ri (noo’rin) tanlangan so’zlar, noto’g’ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto’g’ri ishlatish kiradi. Boshlang’ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to’g’rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o’rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to’g’rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Yüklə 37,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin