Boshlangʻich sinflarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslar va ularning samaradorligi



Yüklə 26,52 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü26,52 Kb.
#185502
  1   2
4-mavzu. Boshlangʻich sinflarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan


4-mavzu. Boshlangʻich sinflarda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslar va ularning samaradorligi.


Reja:
1. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta‘limning interfaol usullari
2. Zamonaviy pedagogik texnologiyaларни ona tili ва ўқиш дарсларида қўллаш хусусиятлари.
3. Zamonaviy pedagogik texnologiyaларни математика ва технология дарсларида қўллаш хусусиятлари.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar tushunchasining mohiyatini yorituvchi turli qarashlar va turli ta’riflar mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:
Pedagogik texnologiya-o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T. Lixachyov).
Pedagogik texnologiya - o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi-talaba shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P. Bespalko). Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P. Volkov).
Pedagogik texnologiya, o‘z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qobiliyatga va zaruriy o ‘qituvchilik ish tajribasiga ega bo‘lgan etuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o‘rgatuvchi sikl sifatida ro‘yobga chiqariladigan o ‘quv jarayonini yaratishga imkon beradilar.
O‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga ta’sir etuvchi, keyingi omil, o‘quv grafigini maqbullashtirish hisoblanadi. O‘qitish jarayonining samaradorligi nuqtai nazardan, bir haftaga ajratilgan auditoriya soatlarning eng kam miqdori to‘rt soatni tashkil etishi kerak. Haftalik auditoriya soatlari bundan kam bo‘lgan fanlar uchun o‘quv jarayonini blokli tashkil etish tavsiya etiladi. O‘quv maqsadlariga erishishda, o‘quv jarayonining muhim tarkibiy elementi sifatida, o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishga alohida o‘rin ajratiladi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari samarali hisoblanadi. O‘qitishning ushbu texnologiyalari, talabaning tabiiy qobiliyati darajasida fanlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadilar, shaxs rivojiga imkoniyat tug‘diradilar.
O‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga kafolatli erishish, o‘qitish jarayonini texnologik tashkil etish va boshqaruvchanligi orqali ta’minlanadi.
O‘qitish jarayoni sifati, olingan bilim va malakalarni muntazam joriy diagnostik testlar o‘tkazish, o‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar vosita va usullari yordamida tuzatishlar kiritish, orqali ta’minlanadi. Rejalashtirilgan natijalarga unga kafolatli erishishni ta’minlash imkoniyati mavjud.
Qayta takrorlanadigan o‘qitish shakli sifatida, qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi (tuzilmasi) rasmda tasvir etilgan.
O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Tabiatga muvofiqlashtirilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
Bularga o‘quvchi-talabaning ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar kiradi.

Zamonaviy rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o‘quvchitalaba shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi.


Bulardan tashqari xususiy (o‘quv fanlari), muqobil hamda mualliflik zamonaviy pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud. Empirik - sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.

Yüklə 26,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin