www.pedagoglar.uz
42-son 2–to’plam mart 2023
Sahifa: 204
BOSHLANG‘ICH SINIFLARGA KASR TUSHUNCHASINI
TANISHTIRISH METODIKASI
Otabayeva Zuhra
UrDU Pedagogika fakulteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarga kasr tushunchasini
o‘rgatish muammolari va yechimlari haqida, kasr tushunchasini o‘rgatishga doir
tavsiyalar yoritilib berilgan.
Kalit so‘z: innovatsion texnologiya, kasr tushunchasi , miqdorlar ,ulushlar,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
O‘quv predmeti sifatida matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo, kichik
yoshdagi o‘quvchilarni umumiy tizimda o‘qitish va tarbiyalash vazifasini
qo‘yadi.Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining mazmunini va
tizimliligini aks ettiradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini
o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematika darslarini tashkil qilish
murakkab jarayondir. Sababi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bir xillikdan zerikib
qolishadi. Bunda o‘qituvchi pedagogik mahoratini ishga solgan holda darsni
noan'anaviy shaklda olib borsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshlang‘ich
matematika fani bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Boshlang‘ich
matematik bilimlarni egallashlarida tayanch ustun vazifasini bajaradi.
Dars o‘tish jarayonida o‘qituvchi innovatsion texnologiyalardan va
ko‘rgazmali qurollardan foydalanib darsni tashkil qilishi kerak. Kasrlarni hosil
bo‘lishi, ularni taqqoslash, sonni ulushini topish va berilgan ulushiga ko‘ra sonning
o‘zini toppish bilan tanishadilar. 4-sinfda 1 ning ulushi va bir necha ulushi, uning
yozma ko‘rinishi tasavurlariga ega bo‘ladilar. Kasr tushunchasi geometriyada kesma
ulushi, middorlarning ulushi o‘zaro bog‘langan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga
kasr va miqdor tushunchalari 3-sinfda o‘rgatiladi.
Dostları ilə paylaş: |