www.pedagoglar.uz
42-son 2–to’plam mart 2023
Sahifa: 206
Keyinchalik, sonni uning ulushi bo‘yicha topishga doir masalalar bilan sonning
ulushini topishga doir masalalar aralashtirib kiritiladi. 3-sinfda ulushni va ulushga
qarab sonni topishga doir faqat sodda masalalar, 4-sinfda esa murakkab masalalar
yechdiriladi.
Kasrlarni o‘rganish metodikasi.
4-sinf matematika darsligida "Ulushlar" mavzusi berilgan Bu yerda ham
ko‘rgazma qurol bilim berishning bosh mezoni bo‘ladi. Narsalarni, shakllarni va
boshqa atrofdagilarni teng bo‘laklarga bo‘lish va shu bo‘laklardan bittasini,
ikkitasini, uchtasini, ... olish masalasi, uni ifodalash, va yozish asosiy vazifa bo‘ladi.
Bunda kasr, kasrning surati, maxraji kabi terminlar bilan tanishtiriladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasr mavzusini
tushuntirish jarayonida inovatsion texnologiyalardan,ko‘rgazmali qurollardan
foydalangan holda o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Chunki boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga an'anaviy darsdan noan'anaviy tashkil qilingan dars qiziqarli va
tushunarliroq bo‘ladi. Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy
shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda
guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar,sinfdan tashqari ishlardan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. 3-sinf Matematika darslik . 2022-yil
2. Majmua 3-kurs.Matematika o‘qitish metodikasi.2022-2023-o‘quv yili
3. http//. ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |