Miqdorlarning ulushlari bilan
tanishtirish metodikasi
.
www.pedagoglar.uz
42-son 2–to’plam mart 2023
Sahifa: 205
3-sinf matematika darsligida birning ulushlarini 1/2, 1/3, 1/4 va shu
kabilar o‘quvchilarga o‘qitiladi. Bunday kaslarni o‘rgatayotganda ko‘rgazmali
qurollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, tarvuz, olma, non,
santimetrli lenta, qog‘ozlar. Ko‘rgazmali tushuntirishda, masalan, olmani teng
ikkiga bo‘lish, yordamida kasr hosil qilinadi. Shunga mos olmani teng bo‘lmagan 2
bo‘lakka bo‘lib, u yarim olma emasligini, demak, kasrni hosil qilmaslikni
tushuntirish kerak. Faqat teng bo‘lakka bo‘lgandagina kasr son yoki butunning
ulushi hosil bo‘lishini mustahkam singdirish lozim.
Turli xil geometrik shakllar bilan ishlayotganda bu shakl yordamida
ulushlarni hosil qiladilar, hamda uning ba’zi xossalarini keltirib chiqaradilar.
Masalan, nonni teng 4 bo‘lakka bo‘lishda, uni ikkita yo‘l bilan bo‘lib, o‘zaro
tengligiga, tomonlarining o‘zaro
tengligiga asoslanib
, uning simmetriyasi haqida
tasavvurlarga ega bo‘ladilar.
"Ulushlar" mavzusida o‘qituvchi tomonidan tayyorlanib kelgan shakllarni teng
bo‘laklarga bo‘lish asosida ulushlarni taqqoslash ham tushuntiriladi. Masalan,
o‘qituvchi 5 ta bir xil santimetrli lentani yo‘lakchali qilib qirqishni taklif qiladi.
Bu yo‘lakchaning birinchisini teng ikkiga, ikkinchisini teng to‘rtga, bo‘lib,
ularni ustma-ust qo‘yish asosida har bir teng bo‘laklarni taqqoslaydi. Unda 1/2 >1/4,
1/4 > 1/8, 1/3 >1/6 kabi ekanligiga ishonch hosil qiladilar. 3-sinfda sonning ulushini
topishni amaliy masalalardan boshlash kerak. Masalan, uzunligi 12 sm bo‘lgan
qog‘oz yo‘lakchani olib uni ikkiga buklash topshiriladi. Yo‘o‘lakchaning yarmi
necha sm? 12/2=6 sm. Endi yo‘lakchani yana ikki buklab to‘rt qismga bo‘ladi.
Yo‘lakchaning qanday qismi hosil bo‘ldi va uning uzunligi qancha? Javob: 12:4=3
sm. 1/4 qism. Bu ish chizg‘ich yordamida ham o‘lchab ko‘riladi.
Masala. Kitob 60 bet, o‘quvchi uning 1/4 qismini o‘qidi. Necha bet kitob
o‘qilgan. 60 betning 1/4 qismi qancha? 60 :4=15 bet.
Kasrga oid masalalarni yechayotganda chizmadan ham foydalansa bo‘ladi :
son
kesma orqali tasvirlanadi
, u berilgan sondagi teng bo‘laklarga bo‘linadi, ulushi
belgilanadi, so‘ngra yechishni og‘zaki yoki yozma bajaradi. Masalan, 1/2 m da,
1/3m da, 1/4 m da necha sm bor?
|