Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatish metodikasi mavzusini o’rganib, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Umumiy o’rta ta’lim boshlang’ich sinflarda matematikani o’rganishda algebraik materiallarni o’rgatish shakllari, vositalari, usullari hamda pedagogik shart-sharoitlari.
Boshlang’ich sinflarda matematika darslarida sonli ifoda, harfiy ifodalarni o’rgatish usullarini aniqlash;
Boshlang’ich sinflarning o’quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar yechishga o’rgatish metodikasini yoritish;
Boshlang’ich sinf matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Boshlang’ich sinflarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida algebraik materiallarni o’rgatish bo’yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish yo’llarini ko’rsatish.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o’quv-metodik komplekslarni tanlov asosida tanlab olish tartibi to’g’risida Nizom, umumiy o’rta ta’limni yanada takomillashtirishni ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga oid yondashuvlari, tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalar.