Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fanidan 2020-yil 3- kurslar 2- semestr uchun majmua


«Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash» metodi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/14
tarix29.11.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#71086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan

«Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash» metodi

Tahsil oluvchilar bilan ommaviy va gurux shaklida ishlashda ushbu metodni qo‘llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg‘ulotlar so‘ngida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javobni tashkil etishda foydalanish mumkin. Metod kuyidagi xarakatlarni tashkil etish asosida ko‘llaniladi:

  • o‘qituvchi tomonidan sinfda taxsil oluvchilarining soniga ko‘ra har bir tahsil oluvchi uchun qizil va yashil rangli kartochkalar xamda mavzuga oid savolnoma tayyorlanadi;

-- savolnomadan «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berish mumkin bo‘lgan savollarning o‘rin olishiga axamiyat qaratiladi;

  • xar bir taxsil oluvchiga qizil va yashil kartochkalar tarkatiladi;

  • tahsil oluvchilarga qizil rangli kartochkalarning «tasdiq», yashil rangli kartochkalarning «inkor» ma’nosini anglatishi uqtirib o‘tiladi;

  • taxsil oluvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga «tasdiq» yoki «inkor» ma’nolarini anglatuvchi kartochkalarni ko‘rsatish asosida javob kaytaradilar.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining VIII sinfida «Iqtisodiy bilim asoslari» fani bo‘yicha tashkil etilgan mashgulot jarayonida «Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash» metodini ko‘llashda taxsil oluvchilarga kuyidagi savollarni berish mumkin:
Inson extiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (resurslar) zarur bo‘ladimi?
Havo, suv, quyosh nuri va issiqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni inson kuchi bilan xosil qilish mumkinmi?
Mahsulotlar faqatgina moddiy ne’matlardangina iboratmi?
Xizmat ko‘rsatishning muayyan ko‘rinishi maqsulot bo‘la oladimi?
Moddiy ne’mat yaratmaydigan, biroq natijasi insonlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat xizmatlar deb ataladimi?
Mahsulot ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resurslar (xomashyo, insonning yasismoniy va aqliy kuchi, turli mexanizm, mashina va asbobuskunalar, ishlab chiqarish korxonalari)ning bo‘lishi shartmi?
Iqtisodiy resurslar mikdorining «cheklangan deb hisoblanishi»
to‘g‘rimi?
Jamiyatda iqtisodiy cheklanganlik muammosi mavjudmi?
Iktisodiy cheklanganlik muammosining iqtisodiyotning asosiy (bosh, yetakchi) muammosi deb hisoblanishi to‘g‘rimi?


  1. Yüklə 0,9 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin