Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fanidan 2020-yil 3- kurslar 2- semestr uchun majmua


MAVZU. O’QUV-TARBIYAVIY JARAYONINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING TADBIQIY ASOSLARI



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə4/14
tarix29.11.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#71086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan

5.MAVZU. O’QUV-TARBIYAVIY JARAYONINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING TADBIQIY ASOSLARI

  1. Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning o’ziga xos jihatlari: ilmiy, protsessual-tavsifiy (tavsiflash, o’quv jarayonini algoritmlash), protsessual-harakatli (o’quv jarayonini amalag oishrilishi).

Pedagogik texnologiyalar konsepsiyalarida eng aniq ko‘rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko‘rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika sseptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistensializm.
Materializm. Ta’lim ma’lumotlari milliy zahiralarida – O‘zbekistonning - o‘quv meto­dik adabiyotlarida eng avval dialektik-materializm falsafiy yo‘nalish­lar aks ettirilgan: maktab ta’lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet davrida bema’ni hisoblangan. An’anaviy ta’lim tizimi aynan ana shu falsa­faga asoslangan. Shu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama rivojlanish (ma’naviy, g‘oyaviy, intellektual, estetik, jis­mo­niy) masalasini samarali hal etuvchi dunyoqarash muammolariga bir qator alternativ yondoshishlar mavjud.
Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik prinsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.
Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistensilizm kabi yo‘nalishlar qo‘shiladi.
Teosofiya diniy yo‘nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to‘g‘ri shakllantiradi.
Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q, u moddiy emas, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat’iy mo‘ljallangan maqsadni ko‘zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi savollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.
Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, u bolaning qiziqishlari va talablarini birinchi o‘ringa qo‘yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.
Ekzistensializmning falsafiy konsepsiyasi “inson o‘zidan nima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistensializm vakillari ekzistensiya ma’nosini, uning ma’naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo‘rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistensialistlar esa ko‘tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistensiyani boyitib, ba’zi gumanistik g‘oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma’naviy tanlovi ongli va aniq bo‘ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo‘lib ishtirok etadi.
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, tarbiyaning pragmatik konsepsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar qo‘yish, ijtimoiy g‘oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va uni insonparvarlik yo‘nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.Insonparvarlik yo‘nalishiga alternativ deb ssientistik – texnokratik konsepsiyasi hisoblanadi. Ratsionalizm, ochiq-oydin insonpar­var­likka qarshi nazariya (Irqiy, millatchilik va boshqalar).
Ssientizm dunyoqarash yo‘nalishi sifatida insoniy jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o‘zini namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari tabiiy va aniq fanlarga xos bo‘lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari absolyutlashtiriladi. Ssientik ko‘rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun’iy qo‘llashda, sxemalashtirishda, nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda.

  1. Pedagogik texnologiyaning darajalari: texnologik, umumiy-pedagogik (umumiydidaktik), xususiymetodik (fanga oid), lokal (modulli).

“Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uchta tartib bilan bir-biriga bog‘liq darajalarda ishlatiladi.
1. Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umum­didak­tik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta’limning ma’lum bosqichida ushbu region, o‘quv yurtida yaxlit ta’lim jarayonini ifoda etadi. Bu yerda peda­go­gik texnologiya pedagogik tizimga o‘xshashdir: unga o‘qitishning maqsadlari, mazmuni, vosita va metodlari to‘plami, faoliyat ob’ekti va sub’ekti algoritmi kiradi.
2. Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya “xususiy metodik” ko‘rinishida qo‘llaniladi, ya’ni bir fan, sinf, o‘qituvchi doirasida o‘qitish va tarbiyalash ma’lum mazmunini amalga oshirish uchun metodlar va vositalar to‘plami sifatida ishlatiladi.
3. Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o‘quv-tarbiyaviy jarayon­ning alohida qismlari, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal etish texnologiyasidan iborat (alohida turdagi faoliyat, tushunchalar shakllantirish, alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash, dars texnologiyasi, materiallarni takrorlash va tekshirish texnologiyasi, mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar).
Bundan tashqari texnologik mikrostrukturalarni ham ko‘rsatdilar: usullar, qismlar, elementlar va boshqalar. Texnologik mantiqiy tizimga tizilar ekan ular yaxlit pedagogik texnologiyani tashkil etadilar.



  1. Pedagogik texnologiyalarning tuzilishi: kontseptual asos, mazmunli qism, protsessual qism – texnologik jarayon.

Texnologiya metodikasidan natijalarining mustahkamligi, qayta yangi­lanishi, ko‘plab “agarda” ikkilanishlarining yo‘qligi bilan farq qiladi (agarda iste’dodli o‘quvchi bo‘lganida, agarda qobiliyatli bolalar, agarda ota-onalar...).
Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba’zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba’zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o‘qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi.
1-mavzuda pedagogik texnologiya haqidagi tushunchalardan texnologiya o‘quv jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, uning tuzilishi, vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog‘liqdir. Shuning uchun pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi:
1. Konseptual asosi.
2. O‘qitishning mazmunli qismi:
- o‘qitish maqsadlari – umumiy va xususiy, aniq;
- o‘quv materiali mazmuni.
3. Protsessual qismi – texnologik jarayon:
- o‘quv jarayonini tashkil etish;
- o‘quvchilar o‘quv faoliyati metodlari va shakllari;
- materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha o‘qituvchining faoliyati;
- o‘quv jarayoni diagnostikasi.

  1. Pedagogik texnologiyalarga qo’yiladigan talablar: tizimlilik, boshqaruvli, samaradorlik, ishlab chiqarish.

Har qanday pedagogik texnologiya ba’zi bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:

  1. Konseptuallik. Har bir pedagogik texnologiyaga ta’lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma’lum ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo‘lishi kerak.

  2. Tizimliylik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo‘lishi kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog‘liqligi, yaxlitligi.

  3. Boshqaruvchanlik. O‘qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko‘zlash, rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqichma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o‘zlashtirish mumkinligini ko‘zda tutadi.

  4. Samaralilik. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud va natijalar bo‘yicha samarali, harajatlar bo‘yicha optimal bo‘lishi, o‘qitishning ma’lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya’ni, 70% foizdan ortiq o‘quvchilar “yaxshi” bahoga va “a’lo” bahoga o‘qishlari kerak).

  5. Qayta yangilanish. Pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta’lim muas­sasalarida, boshqa sub’ektlar bilan qo‘llanilishini (takror­la­ni­shi­ni, qayta tiklanishini) nazarda tutadi.


  1. Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari: moddiy va ideal, dia-lektik va ideal, ilmiy va diniy, insonparvar va insonparvarlikka qarshi, pragmatik va ekzistentsial, erkin tarbiya nazariyasi va boshqalar.




  1. Qo’llanilish darajasiga ko’ra pedagogik texnologiyalar tasnifi.




  1. Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini shakllantirish.

O‘quv maqsadiga erishilganligini tekshirish uchun ishonchli usul bo‘lgandagina, pedagogda uni baholash imkoniyati bo‘ladi. Aynan shu bilan, ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va maqsadga erishilganligini baholashning ishonchli usul mavjudligi bilan, pedagogik texnologiya an’anaviy pedagogikadan ajralib turadi. O‘kuv fanlarining an’anaviy o‘quv dasturlarda maqsadlar odatda «tushunmoq», «o‘zlashtirmoq» kabi fe’llarni qo‘llab umumiy ifodalanadi. Aniq qo‘yilmagan maqsadlarga erishilganligini baholash imkoniyati bo‘lmaydi. Pedagoglar maqsadlarni odatda qo‘yidagicha qo‘yadilar (M.V.Klarin bo‘yicha):

  • O‘quv maqsadini o‘rganiladigan mazmun orqali aniqlash. O‘quv maqsadini bu usulda qo‘yish bilimning fan mazmuniga yo‘naltirilganligidan darak beradi. Masalan: beshinchi mavzu mazmunini o‘rganing! O‘quv maqsadi bunday qo‘yilganda, maqsadga erishganligini tekshirish imkoniyati bo‘lmaydi!.

  • O‘quv maqsadini pedagog faoliyati orqali aniqlash, o‘quv maqsadini bu usulda qo‘yilganida, pedagog diqqat markaziga o‘z faoliyatini qo‘yadi. Masalan: talabalarni avtomobilning pnevmatik tormozlarning ishlash prinsiplari bilan tanishtirish. Maqsadni ifodalashidan ko‘rinib turibdiki, bu maqsad haqiqiy o‘qitish natijasi bilan bog‘liq emas. O‘quv maqsadi bunday qo‘yilganida, maqsadga erishganligini baholash umuman hisobga olinmagan.

  • O‘quv maqsadlarini talabaning ichki rivojlanish (aqliy, hissiy, shaxsiy…) jarayonlari orqali aniqlash. Ushbu usulda bir necha fanlar (masalan: umumta’lim fanlari) yoki alohida fan bo‘yicha umumlashgan ta’lim maqsadlari aniqlanadi. Masalan: korxonaning moliya faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish. Bu usul bir mavzu yoki mavzuning tayanch tushunchalari doirasiga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bu usulda alohida bir mashg‘ulot bo‘yicha aniq maqsad qo‘yib bo‘lmaydi, demak o‘qitish natijalarini baholash imkoniyati ham bo‘lmaydi.

  • O‘quv maqsadini talabalar faoliyati asosida belgilash. O‘quv maqsadini bunday qo‘yganda, darsni rejalashtirish va aniqligi nazarda tutiladi. Ammo bunda ham eng muhim narsa, kutilajak natija hisobga olinmaydi. Masalan: dars maqsadi – korxona balans daromadini aniqlash bo‘yicha masalalarni yechish. Bu holatda qo‘yilgan maqsadga erishishni belgilovchi mexanizm nazarda tutilmagan.

Pedagogik texnologiya negizida aniq qo‘yilgan maqsadlarga ketma-ket yo‘naltirish, yaxlit o‘quv jarayonini qamrab olgan tezkor aloqa va talaba xatti-harakati orqali o‘qitish yotadi.

Talabalar xatti-harakati orqali o‘qitish – pedagogik texnologiyalar falsafasining negizidir.


Pedagogik texnologiyada o‘quv maqsadlarni qo‘yish usuli, bu o‘quv maqsadlarining talaba xatti-harakatlari bilan ifodalangan o‘quv natijalari orqali shakllantirishdan iboratdir.

Bunda pedagog yoki boshqa ekspert talaba xatti-harakatini aniq ko‘rishi yoki o‘lchashi mumkin. Talabalar xatti-harakatlari orqali ifodalangan rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishni qayta takrorlanish imkoniyat yaratish uchun, o‘quv maqsadlari shundan aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganligini ikkilanmasdan aniqlash mumkin bo‘lsin.


Ba’zan ularni identifikatsion o‘quv maqsadlari deb ham ataydilar. Maqsadni to‘la identifikatsiya qilish g‘oyasi asosida, talabalar faoliyatini an’anaviy umumiy qilib emas, balki aniq kuzatiladigan, o‘lchamli qilib ifodalash nazarda tutiladi.

O‘quv maqsadi tushunarli, aniq, identifikatsiyaga moyil bo‘lishi kerak.





  1. Pedagogik texnologiyaning asosiy kategoriyalari. a.e.

Ta’lim texnologiyasi muammolari, mualliflik maktablari va o‘qituvchi-novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va sistemalashtirishni talab etadi. Sistemani tashkil etuvchi poydevor asosi sifatida pedagogika uchun yangi bo‘lgan tushunchadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi - pedagogik jarayonlarni taxlil qilish va loyihalashtirishga yangicha “texnologik” yondoshish va “texnologiya”. Pedagogik texnologiya tushunchasi pedagogik leksikaga mustahkam kirib keldi. Ammo uni tushunish va ishlatishda turlicha o‘qishlar katta farqi bor. Bugungi kunga kelib pedagogik texnologiya tushunchasini 300 dan ortiq ifodalanishi mavjud.


“Pedagogik texnologiya” tushunchasi uchta aspektlar bilan taqdim etilishi mumkin:

    1. Ilmiy pedagogik texnologiya - o‘qitishning maqsadi, mazmuni va metodlarini o‘rganuvchi va ishlab chiquvchi, pedagogik jarayonlarni loyihalashtiruvchi pedagogik fanning bir qismidir.

    2. Protsessual - ta’rifiy: jarayonni tasvirlash o‘qitishning ko‘zda tutilgan natijalariga erishish uchun vositalar va maqsad, metodlar to‘plami.

    3. Protsessual - amaliy: texnologik jarayonni amalga oshirilishi, hamma shax­siy, instrumental va metodologik pedagogik vositalarning ishga soli­nishi.

Shunday qilib, pedagogik texnologiya o‘qitishning eng samarali yo‘llarini izlovchi fan sifatida ham, o‘qitishda qo‘laniladigan usullar, prinsiplar va boshqaruvlar sistemasi sifatida ham, o‘qitish haqiqiy jarayoni sifatida ham ishtirok etadi.



Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin