Ot va uning leksik-garmmatik xususiyatlari
Predmetning nomini (keng ma'noda) bildiruvchi mustaqil so'z turkumiga ot
deyladi. Ot so'z turkumiga oid so'zlar kim? Nima? Kimlar? Nimalar? so'rog'laridan
biriga javob berad:
Yer, quyidagi leksik-semantik xususiyati:
1)Keng ma'noda predmet ma'nosini ifoda etish otning leksik xususiyatidir. Predmet
ma'nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabilar), yer va osmonga,
kundalik turmushga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog', tosh, daryo, tuz, non,
choynak, qoshiq kabilar), o'simliklarning nomi (paxta, sholi, jo'xori, beda kabi),
voqea-hodisalarning nomi (to'y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash) o'rin
vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik), atab qo'yilgan
shaxs va predmetlarning
nomi (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O'qituvchi» nashriyot kabi) ifoda etadi.
Shunga ko'ra otlar ma'no jihatdan 2 turga bo'linadi: atoqli va turdosh otlar.
Samarqand, Akmal. «Qora ko'zlar» (roman), «Fan» (nashriyoti)-atoqli otlar. Kitob,
daftar, kulgi, tinchlik, turdosh otlar.
Otning morfologik xususiyatlari:
1)Ot son kategoriyasiga ega, ya'ni predmet anglatuvchi so'zlar birlik va ko'plik sonda
qo'llanadi.
2)Ot egalik kategoriyasiga ega, ya'ni predmetning (keng ma'noda predmetlik
tushunchasi: shaxs voqea-hodisa va b) uch
shaxsdan biriga taaluqligini,
qarashliligini, mansubligini bildiradi: menning daftarim, sening ukang,
uning
quvonchi kabi
3)Ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma'nosiga ega bo'lib, kelishik
qo'shimchalari otning otga yoki otning fe'lga tobeligini ifodalaydi: bosh kelshik-
kitob, qaratgich kelishik-kitobning., tushum kelishigi-kitobni, jo'nalish
kelishigi-
kitobga, o'rin-payt kelishigi-kitobda, chiqish kelishigi-kitobdan. (Zulfiyaning kitobi,
kitobni sevadi) kabi.
4) Ot so'z yasalish xususiyatlariga ega. Ot va so'z turkumi faol so'z yasalish usullari
morfologik, sintaktik; shuningdek faqat ot so'z turkumini yasaydigan abbrevasiya
usuli bilan yasaladi:
xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, quvonch (morfologik usul
bilan); belbog', ko'zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU
(abbreviasiya usuli bilan)
4)Otlarda modal forma yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma'no
otning leksik
ma'nosiga kichraytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq
kabi qo'shimcha ma'nolarni qo'shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo'zichoq, bo'taloq,
bolagina, Karimjon, Ra'noxon, un-pun, non-pon kabi.