Boshlangʻich taʼlim sirtqi 1-kurs 22-08guruh talabasi Bahriddinova Kamolaning Ona tili fanidan tayyorlagan


Ot quyidagi sintaktik xussuiyatlarga ega



Yüklə 453 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü453 Kb.
#113757
1   2   3   4   5
Mustaqil soz ot otning leksik gramatik xususiyatlari.

Ot quyidagi sintaktik xussuiyatlarga ega
1)ot ot bilan bog'lanadi. Bosh va qaratgich kelishigidagi otlar ana shunday 
xususiyatga ega: 
2)ot fe'l bilan bog'lanadi. Tushum, jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar 
fe'l bilan bog'lanadi: xatni o'qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan kabi; 
3)ot ba'zan sifat, ravish, son, olmosh, undovga ham bog'lanadi: osmon tiniq, uylar 
ko'p, maqsadim shu kabi 
4)bosh kelishik shaklidagi ot gapdaega, kesim, sifatlovchi kabi gap bo'laklari 
vazifasida; undalma, nomenativ gap bo'lib keladi. 
Masalan: O'zbekiston-kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi o'zining ilmi 
va odobiga tayanadi. (Oz-oz o'rganib dono bo'lur). Seni ulug'layman, ey ona xalqim 
(A.O.) Subhidam. Quyosh yotog'idan bosh ko'tardi. (P.Q.) 
5)Qaratgich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi; Sen 
Pushkinning sevgan malagi (A.O.) 
6) Tushum, jo'nalish, o'rin-prayt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to'ldiruvchi, 
hol, ba'zan kesim vazifasini bajaradi. 
Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi. (S.A.) Bog'chada 
daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi. (O) Oltin o'tda bilinadi, odam mehnatda 
(Maqol) 
1. Otning ma'no turlari. 
Otlar ma'no jihatdan ikki turga bo'linadi: turdosh otlar va atoqli otlar: 
Turdosh otlar. Bir turdagi predmetlarning, hodisalarning umumlashtiruvchi 
nomi turdosh ot deyiladi: stol, kitob, tanbur, baxt, kulgi, anjuman kabi. Turdosh otlar 


atoqli otlarga qaraganlar ko'p miqdorni tashkil qiladi. Turdosh otlar kichik harf bilan 
yoziladi. 
Atoqli otlar. Bir xildagi predmet (shaxs) yoki hodisalardan birini ayirib 
ko'rsatadigan otlar atoqli otlar deyiladi. 
Atoqli otlar atab qo'yilgan nomlarni ifodalaydi. Atoqli otlarga quyidagilar 
kiradi: 
1. Kishilarning ismi va familiyalari: Murod, O'ktam, O'tkir, Maxmudjon, 
Axmedov 
2. Yozuvchi va shoirlarning taxalluslari: Oybek, Uyg'un, Muqimiy, Furqat 
3. Uy havonlariga atab qo'yilgan nomlar: Lopar, To'rtko'z, Mosh 
4. Planeta, yulduz va sayyoralarning nomlari: Yer, Zuhar, Yetti qaroqchi, Mirrix 
5. Geografik nomlar (shahar, qishloq, tog', daryo, ko'l, cho'l, qit'a nomlari): 
Toshkent, Marg'ilon, Chotqol, Pomir, Ohangaron, Chirchiq, Osiyo. 
6. Oliy Davlat va yuqori tashkilotlarning nomlari: O'zbekiston Vazirlar 
Mahkamasi, O'zbekiston Oliy Kengashi 
7. Ilmiy muassasalar, oliy o'quv yurtlari, vazirliklar va korxonalar nomi: 
Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti, O'rta Osiyo Ipakchilik ilmiy-tekshirish 
instituti, Toshkent davlat pedagogik universiteti, Moliya vazirligi, Davlat 
banki 
8. Yuqori mansab, oliy faxriy unvon nomlari: O'zbekiston Prezidenti, Vazirlar 
Mahkamasi raisi, Bosh Qo'mondon. 
9. Turli anjuman, xujjat va rezolyusiyalar, tarixiy sanalar, voqealar nomi: Ulug' 
Vatan urushi, Mustaqillik kuni, Toshkent anjumani. 
10. Fabrika, zavod, jamoa xo'jaligi, sport jamiyatlari, kino, teatr, kitob, gazeta, 
jurnal, nomlari: «Sharq yulduzi» xo'jaligi, «Qutlug' qon» romani, «Ma'rifat» 
gazetasi, «Yosh kuch» sport jamiyati, «Guliston» jurnali 
Atoqli otlar ko'plikda qo'llanilmaydi. 

Yüklə 453 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin