BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALSHI
METODBIRLASHMASINING
2023-2024- O‘QUV YILIDA AMALGA OSHIRGAN ISHLARI
HISOBOTI
__________________ tumani ____-umumta’lim maktabi
BOSHLANG’ICH
TA’LIM
yo’nalishi metodbirlashmasi
O’zbekiston Respublikasi XTV ning 2022 yil
5 dekabrdagi 372-sonli buyrug’i asosida 2023-2024-o’quv yilida uchun o’z ish
faoliyatini olib bordi.
BOSHLANG’ICH TA’LIM
yo’nalishi metodbirlashmasi a’zolari
2023-2024-
o’quv
yili uchun tayanch o’quv dasturi bo’yicha o’quv soatlari asosida dars o’tib kelishdi.
O’quvchilar Kundalik.com dasturi orqali baholanishdi.
BOSHLANG’ICH TA’LIM
yo’nalishi metodbirlashmasi o’z ish faoliyati davomida
quyidagi ko’rsatmalar asosida faoliyat yurgizib kelishdi:
✓
Boshlang’ich ta’lim o`qituvchilari fan yutuqlari pedagogik innovatsiya va ilmiy
ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib borish;
✓
Boshlang’ich ta’lim metodbirlashma a’zolari orasida sog‘lom raqobat va ijodiy
muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✓
Boshlang’ich ta’lim o‘qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida
tegishli tarifikatsiya bo‘yicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab
pedagogik kengashiga taklif kiritish;
✓
Boshlang’ich ta’lim o‘qituvchilarining metodik yordamga bo‘lgan
ehtiyojini
aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta’limi boshqarmasi va Pedagoglarni yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam
olish;
✓
Boshlang’ich ta’lim o‘qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy
ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib borish;
✓
Boshlang’ich ta’limni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv
jarayoniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib berish;
✓
dars
jarayonida
ko‘rgazmali
vositalar
va
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish;
✓
har bir chorak yakuniga ko‘ra o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish,
murakkab
mavzularni osonroq tushuntirish bo‘yicha metodik tadbirlarni tashkil etish;
✓
mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qituvchilarning tegishli
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari uchun o‘quvlar tashkil qilib borish;
✓
ilg‘or metodikalarga ega o‘qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini
ommalashtirish, rag‘batlantirish bo‘yicha maktab pedagogik kengashiga taklif
kiritish kabi ishlarni taklif va ko’rsatmalar ostida bajarib kelishdi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash,
pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida yilning
avgust
oyida
va har chorakda kamida bir marta
fan metodbirlashma yig‘ilishi
o‘tkazilib kelindi.
Yig‘ilishlarda o‘qituvchilarga fan metodbirlashma rahbari tomonidan ko‘rsatilgan
metodik xizmatlar natijasida o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligi va sifati,
o‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini maktab miqyosida
ommalashtirish, ularni moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish, xalqaro tan olingan ta’lim
dasturlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar,
fan o‘qituvchilarining dars taqsimotlari, mediasavodxonlik va onlayn axborot bo‘yicha
masalalar muhokama qilinadi va tegishli tavsiyalar berib borildi.
Shuningdek, maktabning fan o‘qituvchilari malaka oshirish kurslarida o‘rgangan
yangiliklarini o‘quv jarayonida qo‘llashi va natijada o‘quvchilarning o‘zlashtirish
samaradorligining o‘sganligi, ta’lim sifatining oshishiga erishganliklari metodbirlashma
yig‘ilishlarida muhokama qilib kelindi.
O‘qituvchilarning taklif va tavsiyalaridan kelib chiqqan holda darslarini “Onlayn tahlil”
qilish bo‘yicha hududiy tuman metodistlar bilan hamkorlikda
tashkiliy ishlarni
muvofiqlashtirib ishlari olib borildi.
1-4 sinf o‘qituvchilarini fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop
adabiyotlar bilan tanishtirib borish choralarini ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
-o`quvchilarni xalqaro baaholash dasturlariga (PISA-15 yoshli oo`quvchilarni o`qish
matematika va tabiiy yo`nalishdagi fanlardan savodhonlik darajasini baholash, TIMSS-
4-8-sinf o`quvchilarining tabiiy yo`nalishdagi fanlardan o`zlashtirish darajasini
baholash) tayyorlash uchun o`qitivchilar qo`shimcha materyallar bilan ta`minlandi.
•
o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida
“onlayn metodik yordamlar” tashkil qilindi;
•
yangi metodik adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘qituvchilarga
yetkazish
choralarini ko‘rildi;
•
o‘qituvchilarni o‘quv tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha metodik tavsiya va qo‘llanmalar bilan
ta’minlandi;
Boshlang’ich ta’lim O‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish ishlarini yo‘lga
qo‘yish maqsadida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi
metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari bilan hamkorlikda “onlayn metodik
yordamlar” tashkil etildi.
Boshlang’ich ta’lim o‘qituvchilariga ijtimoiy tarmoqlar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan samarali foydalanish usullarini o‘rgatish bo‘yicha
video seminarlar
tashkil qilindi va boshqa fan metodbirlashmasi bilan hamkorlikda tegishli ishlr olib
borildi.
BOSHLANG’ICH TA’LIM o‘qituvchilari mustaqil ravishda ijtimoiy tarmoq manbalari
(“Khan Academy O‘zbek -Onlayn ta’lim platformasi”, online-maktab.uz, rtm.uz,
ommalashtirish.uz va boshqalar)dan foydalanib kelmoqdalar.
BOSHLANG’ICH TA’LIM yo’nalishi
metodbirlashmasi rahbari: _________________________