O’zbekiston Respublikasi XTV ning 2022 yil 5
dekabrdagi 372-
sonli buyrug’i asosida
tayyorlangan
___________ viloyat ___________ tumani
Maktabgacha va maktab
ta’lim
bo‘limi
ga Qarashli ____-
umumiy o‘rta
ta’lim maktabining
Boshlang;ich ta’lim
yo‘nalishi
o‘qituvchilariga
uzluksiz metodik
xizmat ko‘rsatish bo’yicha
2023-2024-O’quv yili
O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi vazirining 2022-yil
5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat
ko‘rsatish
TARTIBI
1-bob. Umumiy qoidalar
1.
Mazkur tartib umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash,
pedagog xodimlarning salohiyatini oshirish, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish va ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmat ko‘rsatish tizimini belgilaydi.
2.
Ushbu tartib Respublika ta’lim markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sirdaryo
shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Pedagoglarni yangi metodikalarga
o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, xalq
ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tatbiq etiladi.
2-bob. Uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi
3.
Xalq
ta’limi
tizimida
uzluksiz
metodik
xizmat
ko‘rsatish
tizimi
quyidagilardan
iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan metodbirlashmalari;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik kengashi;
Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari;
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limlari huzuridagi
O‘quv metodik kengashlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sirdaryo shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar
xalq ta’limi boshqarmalaridagi O‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi
metodistlari;
Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy metodik kengashlar.
4.
Ushbu uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimidagi kengash va birlashmalarning faoliyati tegishli
nizom asosida tashkil qilinadi.
5.
Quyidagilar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan o‘qituvchilariga metodik xizmat ko‘rsatadi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan metodbirlashma rahbarlari; umumiy o‘rta ta’lim maktablarida pedagogik
kengash a’zolari;
tuman, shahar xalq ta’lim bo‘limidagi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy metodikalarni targ‘ib
qilishni rivojlantirish sho‘basi metodistlari;
Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan
metodistlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sirdaryo shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar
xalq ta’limi boshqarmalaridagi O‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi
metodistlari;
Respublika ta’lim markazi fan metodistlari.
Dostları ilə paylaş: |