O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi
vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli
buyrug‘iga
2-
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risidagi
NIZOM
1-
bob. Umumiy qoidalar
1.
Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim maktabi metodbirlashmasining maqsadi, asosiy
vazifalari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2.
Metodbirlashma -bu umumiy o‘rta ta’lim maktablari (
keyingi o‘rinlarda umumta’lim
maktablari
) da uzluksiz metodik xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga
metodik xizmatni amalga oshiradigan, ularning innovatsiya, tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya
jarayonlarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi.
3.
Metodbirlashma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i va
boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga, shuningdek, umumta’lim maktabining ustavi va ushbu
nizomga amal qiladi.
4.
Mazkur nizom talablari barcha davlat umumta’lim maktablariga nisbatan tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: