Boshlang;ich ta’lim


- bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/34
tarix07.01.2024
ölçüsü0,52 Mb.
#206782
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
BOSHLANG\'ICH TA\'LIM METODBIRLASHMA HUJJATI 2023-2024

2-
bob. Metodbirlashmaning maqsadi va asosiy vazifalari 
 
5.
Metodbirlashmaning maqsadi o‘quv tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fan 
o‘qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o‘quv fanlarni o‘qitish uslublarini 
takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga ko‘maklashadi. 
6.
Metodbirlashmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
o‘qituvchilarga fanlarni o‘qitishga doir me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘quv jarayoniga 
tatbiq etish usullarini ko‘rsatib beradi; 
o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlariga (
PISA -
15 yoshli o‘quvchilarning
 
o‘qish, matematika 
va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash,
PIRLS -
boshlang‘ich 4
-sinf 
o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushuntirish darajasini
 baholash, TIMSS 

 4- va 8-
sinf o‘quvchilarining 
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
 
fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash
) tayyorlash uchun 
yuqori tashkilotlardan kelgan 
qo‘shimcha
materiallar bilan 
fan o‘qituvchilarini
ta’minlaydi;
o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish metodlarini izlab topishga 
ko‘maklashadi; 


“onlayn metodik yordam” bo‘yicha o‘tkaziladigan har xil seminar va 
uchrashuvchilarda tegishli fan o‘qituvchisining ishtirok etishini maktab rahbariyati 
bilan birgalikda ta’minlaydi; 
ta’lim jarayonida yutuqlarga erishayotgan pedagog xodimlar faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ish tajribalarini ommalashtirish bo‘yicha tavsiya 
beradi; 
o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan tarqatma va nazorat ishi materiallarini 
muhokamadan o‘tkazib ma’qullaydi; 
o‘qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop 
adabiyotlar bilan tanishtirib boradi; 
o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga tizimli tayyorlash bo‘yicha variativ o‘quv 
rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko‘radi; 
o‘qituvchilarga dars jarayonida ko‘rgazmali vositalar va axborot 
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar beradi; 
o‘qituvchilarga sinfdan tashqari va to‘garak ishlarini tashkil etishga 
ko‘maklashadi; 
yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga 
sharoit yaratadi; 
o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv metodik qo‘llanmalar va 
didaktik materiallarni muhokamadan o‘tkazadi; 
tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi 
va ularning bajarilishini nazorat qiladi, o‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida 
ochiq darslar tashkil qiladi; 
har bir chorak yakuniga ko‘ra o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish, 
murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo‘yicha metodik tadbirlarni tashkil 
etadi; 
metodbirlashma a’zolari orasida sog‘lom raqobat va ijodiy muhitni 
shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi; 
fan o‘qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli 
tarifikatsiya bo‘yicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik 
kengashiga taklif kiritadi; 
fan 
o‘qituvchilarining
metodik yordamga 
bo‘lgan
ehtiyojini aniqlab, 
Pedagoglarni yangi 
metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat
bo‘limi
metodistlaridan metodik yordam olish uchun hududiy xalq 
ta’limi
boshqarmalari va Pedagoglarni yangi metodikalarga 
o‘rgatish milliy markazlaridagi
Metodik xizmat bo‘limi fan metodistiga murojaat qiladi hamda tegishli metodik
yordam oladi; 
fan o‘qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy 
va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maktab rahbariyatiga tavsiya kiritadi; 
ilg‘or metodikalarga ega o‘qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini 
ommalashtirish, rag‘batlantirish bo‘yicha maktab pedagogik kengashiga taklif 
kiritadi; 


o‘qituvchilarning fan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatlari tasdiqlangan xalqaro va 
milliy sertifikatlarni olishlari uchun ko‘maklashadi; 
mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida yig‘ilishlar, davra suhbatlari, 
uchrashuvlar, ochiq darslar, loyihalar bilan ishlash kabi tadbirlarni amalga oshiradi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin