3- bob. Metodbirlashmalar faoliyatini tashkil etish 7.
Umumta’lim maktabida boshlang‘ich ta’lim hamda 5-11-sinflarda esa
alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha
Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.
8.
Umumta’lim maktabida bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uch nafar
o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi.
Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda
ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta
Metodbirlashmaga birlashadi.
9.
Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishgan holda,
maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi
yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan,
ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.
10.
Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (
o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar ham ) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha
Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishi shart.
11.
Metodbirlashma tarkibi umumta’lim maktabi direktorining buyrug‘i bilan
shakllantiriladi.
12.
Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.
13.
Metodbirlashma yillik ish reja asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Metodbirlashma ish rejasi metodbirlashma rahbari tomonidan ishlab chiqiladi
va Metodbirlashma yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi, umumta’lim maktabi direktori
tomonidan tasdiqlanadi.
14. Metodbirlashma yig‘ilishlari
har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
15.
Metodbirlashma yig‘ilishlariga boshqa Metodbirlashmalarning mavzulari
yoki qiziqishlariga ta’sir etuvchi masalalarni ko‘rib chiqilishida ularning rahbarlari
(o‘qituvchilar) taklif etilishi lozim.
16.
O‘quv yili oxirida Metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tahlil qilinadi.