“Barkamol avlod yili” davlat dasturi to’g’risidagi Qarorida “o’qitishning sifatini oshirish, DTS, o’quv dasturlari va o’quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtrish bilan birga, ta’lim jarayoniga yangi axborot kommunikatsiya vapedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriyetish orqali mamlakatimiz maktablarida zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash ... samarali tizimini yanadarivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish” muhim vazifalarimizdan ekanligialohida ta’kidlangan. Darhaqiqat, o’zbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq o’tmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, mehnatsevar, vatanparvar qilib tarbiyalash yo’l - yo’riqlarini ko’rsatib o’tganlar. Bunga Muso alXorazmiy (783-850), Ahmad al-Farg’oniy (797-865), Javhariy, Mirzo Ulug’bek (2394-1449), faylasuf va huquqshunoslar Abu Nasr Forobiy (873-950), Imom al-Buxoriy(810-870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824 - 892) , Burhoniddin al-Marg’inoniy(1123 -1197), Nasafiy; qomusiy olimlar Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino(980 - 1037);tilshunos, tarixchi va shoirlar Mahmud Qoshg’ariy (XI asr), Yusuf Xos Xojib (XI asr), Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144), Alisher Navoiy (1441 - 1501); Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va boshqalarning bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos bo’ldi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning o’qishi, mehnati,odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta o’rin berilgan. Jumladan, NasriddinTusiy (1201 - 1274) fikri bo’yicha o’qituvchi o’quvchilarni aql-zakovatiga ta’sir qilishiuchun, o’quvchilarni ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas’uliyatini his qilishilozim. Forobiy o’qituvchi faoliyatida yoshlarning axloqiy normalari va amaliy ko’nikmava malakalarini o’zlashtirishga yo’naltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanliginiifodalaydi. Ibn Sino fikricha, o’qituvchilik olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm - narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishi o’qituvchi faoliyatida muhim hisoblanishini ta’kidlab o’tadi. Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalariva o’rni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma’noda insonparvarlik va insonshunoslik asosida qurilgan. Beruniyning pedagogik g’oyalaridan eng muhimibilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir . O’zidan oldin o’tgan buyuk allomalar, xususan, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy an’analarini davom ettirgan va ularni XII-XIII asrlarda rivojlantirgan olimlardan biri Mahmud Ibn Muhammad ibn Umar al-Chag’miniydir. Albatta, boshqa mutafakkirlar qatori al- Chag’miniy ham dunyoning xudo tomonidan yaratilganini e’tirof etadi, lekin shu bilan birga u “Mulahhas fi hayat al-basita”) “Sodda shaklli narsalarning qisqacha bayoni” asarida tabiat o’zining maxsus qonunlariga ega bo’lib, ma’lum faollik ko’rsatishi mumkin deb yozadi: “Olam, Yer, suv, havo, o’t (olov)” va osmon jismlarining yig’indisidan iborat. Ularning hammasi harakatda. Yana xudodan boshqa hamma borliqqa olam deb aytamiz. Tabiat kuchlari jism mavjudligining asosidir. U (tabiat) barcha harakat va sokinlikning manbasidir. Demak, al-Chag’miniyning fikricha, tabiat “tabiiy kuchga” egadirki, ushbu kuch uning ichki faolligini zaruriy shartga aylantiradi