Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqich 1709-guruh talabasi Sherqulova Malikaning Matematika o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan



Yüklə 160,02 Kb.
səhifə6/14
tarix07.01.2024
ölçüsü160,02 Kb.
#202852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqic

Vaqt o’lchovlarini o’rganish. Vaqt falsafiy kategoriya, vaqt materiyaning yashash shaklidir, shu sababli unga ta’rif berishning iloji yuq. Vaqt tushunchasi odamning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi.
Mavzuni o’rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo`yicha aniqlashga o’rgatishdir. Vaqt bu hodisalarning davomiy ekanligi xaqida dastlabki tasavvurlarni bolalar kun, hafta kabi birliklar bilan tanishib hosil qiladilar. Har kuni maktabga boorish kerak. Biror vaqtdan so’ng hodisa takrorlanadi. Kun o’tdi, tugadi. Bir necha kundan so’ng mashg’ulotlardan ozod bulinadigan kun keladi — bir hafta o’tdi. Boshlang`ich sinfning tayyorgarlik davrida «oldin», «keyin» (ilgari) tushunchalari kiritiladi. Bu tushunchalarni mustaxkamlash uchun o’qituvchi darslikdagi rasmlarga o’xshash vaqt haqidagi tasavvurlarni ochib beradigan bir necha rasmlar tizimiga ega bo`lishi kerak. Keyinchalik sutkaning qismlari: tong, kunduz, kechqurun, tun tushunchalari, «bugun», «kecha», «ertaga» tushunchalari shakllantiriladi.
O’quv yili davomida bolalar hafta kunlari nomlarini, oylar tartibini bilib oladilar. Shu sababli kursatma qo’llanma sifatida sinfda yirtma taqvimga ega bo’lish yoki namoyish etiladigan taqvim yasab olish foydalidir. Navbatdagi o’quvchi har bir o’tgan kunni belgilab boradi.
Bolalarning tajribasida ko’p uchrab turadigan vaqt oraliqlarini taqqoslash vaqt bu miqdor ekanligi haqidagi tasavvurni shakllantiradi. Masalan, qaysi biri ko’p vaqtni oladi: maktabga kelishmi yoki maktabdagi mashg’ulotlarmi, darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki ta’tilmi; qaysi biri kam vaqtni oladi: o’quvchining maktabdagi mashg’ulotimi yoki ota-onasining ish kunimi. Vaqt bo’yicha «uzoqroq», «qisqaroq» so’zlari kiritiladi. Odamlarni yoshi bo’yicha taqqoslab, bolalar yoshi katta, yoshi kichik, yoshlari teng tushunchalariniegallaydilar.
Kichik yoshdayoq bolalar vaqtni soat aniqligida aniqlashni o’rganib oladilar. Ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlaridan: sutka, soat, minut, oy, yil o’rganiladi. «Vaqt o’lchovlari» mavzusi bo`yicha darslarda o’quvchilarga odamlar turmushida vaqtning ahamiyatini tushuntirib berish, vaqt o’lchovlarining paydo bo`lishini bolalar o’zlashtira oladigan darajada tushuntirish o’quvchilarning vaqt o’lchovlari orasidagi munosabatlarni qanchalik bilishlarini aniqlash lozim. Suhbatdan parcha keltiramiz: «Odamning butun hayoti vaqt ichida utadi. Inson uchun vaqtni o’lchash, taqsimlash va kadrlash muximdir. Vaqt uzluksiz utadi, uni tuxtatish xam, kaytarish ham mumkin emas. Har bir ish o’z davomiyligiga ega. Mana bizning darsimiz: u boshi va oxiriga ega. Bugungi kun-chi? Uning ham boshi va oxiri bor. Hodisalarning davomiyligi xaqida so’zlaganda, biz vaqtni nazarda tutamiz. Taqqoslash mumkin bo’lgan hamma narsa miqdor bilan tavsiflanadi. Vaqt bu miqdordir. Har bir odam uchun o’z hayot vaqti o’lchab berilgan. Hayotda esa ko’p narsa qilishga ulgurish kerak. Shuning uchun biz vaqtni o’lchashni bilishimiz lozim. Vaqtni kanday o’lchash kerak? Axir uni 1 m chizg’ich kabi yoki 1 kg lik tosh kabi qo’lda ushlab bo’lmaydi-ku. Biroq odam kuzatuvchan. Odamlar juda qadim-qadimda bir quyosh chiqishidan navbatdagi quyosh chiqishigacha bir xil vaqt o’tishini payqaganlar. Teng vaqt oraliqlarida takrorlanadigan hodisalar vaqt o’lchovlari bo’lib xizmat qilishi mumkin. Siz endi quyosh nega chiqishi va botishini bilasiz, chunki Yer o’z o’qi atrofida aylanadi. Yerning o’z o’qi atrofida to’liq aylanish vaqti sutka deb ataladi.
Sutka — bu katta vaqt oralig’i. Bir sutka davomida odam kup narsa qilishga ulguradi. Mana, Siz bolalar uxlashga, maktabga kelishga, shug`ullanishga ulgurasiz... Biroq hamma ham darsning boshlanishiga kechikmasdan kelishi uchun nima qilish kerak? Yana ham kichik vaqt o’lchovi kerak. Mana u. Soat. shesternyalar va prujinalardan iborat bu murakkab mexanizm millarni doira bo`ylab aylanishga majbur qiladi. Mana bu uzun mil bir sutkada doirani 24 marta aylanib o’tadi. Katta mil bir aylanishi uchun ketgan vaqt bir soat deb ataladi (kartochka quyiladi).
Soat. Katta mil sanok bo`yicha nechanchi marta aylana- yotganini bilish uchun, ya’ni soat nechaligini bilish uchun u bilan kichik mil bog’langan va u soat mili deb ataladi. Sonlar yozilgan doira siferblat deb ataladi. Butun doira 12 ta teng bo’lakka bo’lingan va har bir bo’lak yoniga tartib bilan sonlar yozilgan. Har bir soatning boshlanishini katta mil 12 sonida turganida ko’rsatadi, sanoq bo’yicha soat nechaligini qisqa soat mili ko’rsatadi. Soatlar modeli bo`yicha vaqtni ayramiz. o’qituvchi vaqtni aytishni o’rgatadi, Bir soat — bu ko’pmi yoki kammi? Bizning darsimiz tanaffus bilan birga deyarli 1 soat davom etadi. Agar darsda topshiriqlarni bajarish vaqtiga qat’iy rioya qilinsa, juda ko`p bilim olish mumkin. Shu sababli soatni kichikroq o’lchovlarga bo`lish kerak. Buning uchun doirani 60 ta teng bo`limga bo’lishgan. Katta mil bu bitta bo’limni bosib o’tishi uchun ketgan vaqt minut deb ataladi. Bir aylanishda minut mili 60 bo’limni bosib o’tadi. Demak,1soat—60minut.
Demak, 1 minut kichik vaqtmi? Minutlar qanchalik tez o’tayotganiga qarang. Ularni behuda sarf etmang, ularni bilimlar va xayrli ishlar bilan boyiting. O’quvchilarni vaqt o’lchovlari bilan tanishtirilganidan so’ng o’lchovlar tizimiga solinadi, vaqt o’lchovlari jadvali tuziladi.
Vaqt o’lchovlarini o`rganish jarayonida o’qituvchi tarbiyaviy suhbatlar o’tkazish imkoniyatiga ega. Bu odam o’tmishda vaqtni qanday o’lchaganligi haqida, dastlabki taqvimlar haqida yoki soatlar haqida va hokazolar bo’lishi mumkin.

Yüklə 160,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin