Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqic
1.3. Boshlang`ich sinf matematika darslarida miqdorlarnio`rgatishning ahamiyati Miqdor haqidagi tasavvurlarni rivojlantirishda hajm va massa bilan tavsiflanadigan xossalari bilan tanishtirish yordam beradi. «Idishlarning sig’imi» va «litr» tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
«Litr» darsiga tayyorgarlik davrida bolalarda narsalarning hajmiy xossalari haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradigan mashqlarni kiritish lozim:.
Massani o’lchash. Uzunlik, hajm haqidagi tasavvurlarni shakllantirayotganda biz asosan ko’rish xossiga tayanamiz. Massa tushunchasini shakllantirishda «barik» (grekcha «baros» — og’irlik) tayaniladi. Istalgan jism yerga tortilishi natijasida tayanchga bosim beradi yoki osilgan ipni taranglaydi. Kaftga, gavdaga beriladigan bunday bosim ana shu «barik» hisni beradi. Barik bosim miqdori massaga to’g’ri proporsional. Jism massasi qancha katta bo’lsa, og’irlik xissi shuncha katta bo’ladi. Og’irlik kuchining massaga proporsionalligi sababli, ko’pincha bu ikki tushuncha: massa va og’irlik chalkashtirib yuriladi. O’quvchilar ko’pincha «massa» atamasi o’rniga «og’irlik» atamasini ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir.
Og’irlik — vektor miqdor. Og’irlik — bu jism tayanchga bosadigan yoki ilmoqni tortadigan kuchdir. Og’irlik tayanchning holatiga bog’liq. Agar tayanch vertikal yunalishda tezlanish bilan harakatlansa, u xolda jism zurikish yoki vaznsizlik holatida bo’lishi mumkin. Og’irlik tayanch holatiga bog’lik. Og’irlik prujinali dinamometr bilan o’lchanadi. Og’irlikning o’lchov birligi — nyuton. Massa — skalyar miqdor. Fizika qonunlari massani energiyaning o’zgarish o’lchovi sifatida ochib beradi. Massa richagli tarozilarda o’lchanadi. Massaning o’lchov birligi kilogrammdir.
Boshlang’ich maktabda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli «Og’irlik», og’irligini «tortish», «og’irlik toshlari», «og’irligini tenglashtirish» so’zlarini iloji boricha ishlatmay, «massa», «jismlarning massasini o’lchash», «massani o’lchash uchun asbob», «massa o’lchagich» so’zlaridan foydalanish kerak.
Narsalarni massasi bo`yicha farqlay olish qobiliyati, turli massali narsalarni «og’ir», «yengil» so’zlari bilan belgilash qobiliyati bolalarda amaliy turmush asosida bu vaqtga kelib paydo bulgan. Bundan buyon bu mavzuni urganishdan maqsad massa x,akida anik tasavvurni shakl- lantirish, bolalarni massa birliklari (kg, g, s, t) bilan tanishtirishdan iborat. Yaqindagi savdo do`koniga borilsa, bolalar katta massalarni o’nlik va yuzlik tarozilarda o’lchash bilan tanishadilar. Massa birliklarida ifodalangan miqdorlarni qo’shish va ayirish o`nlik sanoq sistemasida natural sonlar ustida tegishli amallar bilan mos qo’yiladi.