Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqic
1-topshiriq. Darsliklardan bir xil nomdagi massa miqdorlarini qo'shish va ayirishga oid masalalarni topish. O'quvchilar gramm o'lchov birligi va uning boshqa massa o'lchov birliklari bilan munosabati to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladilar. 1 kg = 1000 gr. 3-sinfda esa - sentner va tonna o'lchov birliklari va ular o'rtasidagi munosabatlarni o'rganadilar. Masalan: 1 t = 1000 kg, 1 t = 10 s, 1 s = 100 kg. Bunday munosabatlar quyidagi mashqlarni bajarish jarayonida o'quvchilar ongida o'rnashib qoladi.
a) kilogrammalarda ifodalang: 2 t. 006 kg 8000 gr.b) grammalarda ifodalang: 1 kg - 0,25 gr 2 kg 050 gr. d) sentnerlarda ifodalang: 9 t - 6 s 8000 kg. Taqqoslang (yulduzchalarni <, >, = belgilar bilan almashtiring): 12t • 1200 kg; 32 g ■ 32 kg; 4 t 8 s • 480 kg; 220 s • 20 12 s.
Hajm. Hajm tushunchasi va uning o'lchov birligi litr tushunchasi bilan bobirinchi sinfda tanishadilar. 3-sinfda hajm o'lchov birligining ko'rinishlari o'rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o'rganishda nomli ko'rsatkichdan boshqa nomli ko'rsatkichga o'tish, ikki xildagi hajm miqdorini qo'shish va ayirish kabi jarayonlar bo'lmaydi.
Vaqt. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq lozim. O'quvchilarning kunlar va oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
Vaqtga oid tasavvurlarni tarkib toptirish, vaqt o'lchovlavrini o'rganish hamdategishli malaka va ko'nikmalarni tarkib toptirish metodikasi.3-sinfda "Vaqt o'lchovlari" mavzusini o'rgatishda bolalar vaqt o'lchovining asosiy birliklari haqida konkret tasavvurga ega bo'lishlari kerak. Bular yil, hafta, sutka, soat, minut.
O'qituvchining vazifasi o'quvchilarni vaqtni aniqlashlarida soatdan amalda foydalanishga, shuningdek, hodisaning qancha davom etganligini, boshlanishi va oxirini aniqlash bilan bog'liq bo'lgan har xil masalalarni yechishda table kalendardan foydalanishga o'rgatishdan iborat.
Ma'lumki, vaqt o'lchovlari, o'lchovlarning metrik tizimidan farqli o'laroq bevosita o'lchash imkoniyatini bermaydi. Bu hoi turli ko'rsatmali qoilanmalardanfoydalanish kerakligini ko'rsatadi.
1. Tabel-kalendar. Joriy yil uchun bunday tabel-kalendarni o'quvchilarning o'zlari o'qituvchi rahbarligida mehnat darslarida tayyorlaydilar.
2. Soatlarning namoyish modellari.3. Maktab o'quvchisining kundalik rejimli jadvallari.
Birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi.
Yilda oylarning kelish tartibini mustahkamlash maqsadida rim raqamlari bilan (I-XII) yarmi kiritiladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga tanish bo'laklari bo'lgan ertalab, kunduzi, kechqurun, tun tushunchalari orqali kiritiladi. Undan tashqari vaqtinchalik quyidagi ketma-ketlikka asoslanadi: o'tgan kuni, kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin. O'quvchilarga kalendardagi chislolar sutkalarni ifodalashni, sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishini tushuntirish kerak. Shundan keyin soat va minut qaraladi.
.