II-BOB. BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARDA MIQDORLARNI O’LCHASH MALAKALARINI PEDAGOGIC TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SHAIKLLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi yo’nalishi 4-bosqic
II-BOB. BOSHLANG`ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARDA MIQDORLARNI O’LCHASH MALAKALARINI PEDAGOGIC TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SHAIKLLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI 2.1. Boshlang`ich sinflarda miqdorlarni o`lchash uslublari Bizga ma’lumki, turli xil o‘lchov birliklari mavjud. Bular km, m, sm, dm va eng kichik o‘lchov birligi mm dir. O‘quvchilarni millimetr bilan tanishtirish o‘quvchilarni uzunlik o‘lchovlari bilan tanishtirish ishining eng murakkab bo‘g‘ini hisoblanadi.
1-4 sinflarda o'quvchilar uzunlik, massa, (og'irlik) hajm, vaqt haqida va ularning o'lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo'ladilar. Misollarni yechish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o'lchash usullari o'ziga xoslikka ega bo'lsa ham, har bir miqdorni o'rganishda umumiy bosqichlarni alohida ta'kidlash maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'qituvchi har bir miqdorlami o'rganish jarayonida ana shularga tayanib, o'quvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin.
Miqdorlami o'rgatish bo'yicha metodik sxema:
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlami solishtirish (chamalab ko'rinish, solishtirish, taqqoslash, o'lchash va boshqa xil usullar bilan).
3.Mazkur miqdorning o'lchov birligi va o'lchov asboblari bilan tanishtirish.
4.O'quvchilarda o'lchash ko'nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlami qo'shish va ayirish (Masalalarni yechish jarayonida).
6. Miqdorlaming yangi o'lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlami boshqa o'lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o'lchov birliklarini bitta ikki nomli o'lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7.Ikki xil nomli miqdorni qo'shish va ayrish.
8.Miqdorlami sonlarga ko'paytirish va bo'lish.
Turli miqdorlar haqida tasavvurlami shakllantirish maqsadida turli amaliy mashqlar va misollar bajariladi, namoyish etiluvchi va alohida ko'nikmali vositalardagi foydalaniladi. Bu ish barcha o'quvchilar ishtirokida, alohida-alohida har bir o'quvchi bilan va guruh usulida amalga oshiriladi. O'quvchilar «Miqdor» tushun- chasining asosiy belgilarini turli xil amaliy mashg'ulotlar davomida va turli xil muammoli sharoitlar tufayli o'zlashtirib oladilar.
Miqdorlar va ularning o'lchov birliklari bilan tanishuv nafaqat amaliy ahamiyatga mashq, ayni vaqtda u o'quvchilarda hayotiy muammolarni ko'ra bilish imkoniyattini shakllantirish va shu bilan ularning bilishga qiziqish ishtiyoqini rivojlantirishga imkon beradi.
Boshlang’ich maktabda bolalarga uzunlik, sig’im, massa, yuz, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Har bir miqdorni o’rganish uslubiyotining o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’lsada, biroq narsaning yoki hodisaning xossalarini o’rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o’rganishning umumiy uslubiyoti haqida gapirish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida, aniq-xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo’lgan xossalari bilan tanishtirish mumkin.
Miqdorlarni o’rganish bo’yicha darsni tashkil etish rejasi taxminan bunday:
1 - bosqich. Narsaning ko’plab xossalari orasidan o’rganilayotgan xossani aniqlash. Bu bosqichda o’rganilayotgan xossalarni taqqoslash usulidan «foydalaniladi. Har bir narsa yakkalab qo’yilmasdan, balki boshqa narsalar bilan taqqoslagan holda beriladi.
Dastlab taqqoslanayotgan xossalar orasidagi farq keskin bo’lishi lozim. Bolalar belgilar orasidagi farqni tushunib olganlaridan so’ng, farq kamaytirilishi mumkin. Masalan, bunday taqqoslaymiz: kitoblar solingan portfel og’irrokmi yoki daftarmi,dars uzunrokmi yoki tanaffusmi, sinf xonasi ko’p joyni egallaganmi yoki sport zalimi?
2- Bosqich. Bir jinsli xossalarni taqqoslashni turli usullar bilan o’tkazish mumkin: ko’z bilan ko’rib, xissiy yul bilan, ustiga ko’yish bilan, turli o’lchovlar yordamida. O’lchovlar yordamida taqqoslash miqdorni beradi.
3- bosqich. Atamani kiritish va miqdorning o’lchov birligi bilan tanishtirish.
4- bosqich. O’lchov asbobi bilan va unda foydalanish qoidalari bilan tanishtirish.
Massa mavzuni o'rganishdagi atamalarga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Sababi, so'nggi vaqtlargacha massani oddiy tarozida tortib, uning ko'rsatkichlarini «og'irlik», deb atar edilar. Vaholanki, massa va og'irlik bir xil narsa emas. Og'irlik - massaning tezlanishga ko'paytmasidan iborat bo'lgan kuchdir. Shuning uchun bolalarga savol berilganda «ushbu predmetning og'irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so'rash joiz boiadi. Savolning bunday shaklda qo'yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan. Massa haqida tasavvumi shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlami ajratish mumkin.
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak. Buning uchun o'qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin: Stolga ikkita bir xil rangli va o'lchamli ikkita kubikni qo'yish lozim (ularning birini yog'ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomondan farqi bo'lmasligi kerak). O'qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo'lsa ham, ularning o'rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada ekanligiga qiziqish uyg'onadi. Ba'zi bolalar esa kubiklarni yaqindan va hatto ko'tarib ko'rishga harakat qilishadi. Shunda o'qituvchi «og'irroq» va «yengilroq»predmetning massasi bilan bog'liq sifati ekanini tushintiradi.
Matematikada «og'irroq» va «engilroq» so'zlari o'miga «Ushbu predmetning massasi ko'p (yoki kam)» degan iboralar ishlatiladi. So'ng o'qituvchi har bir 33 o'quvchiga (massasiga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo'liga olib, ulardan qay biri og'iriroq ekanini so'raydi. Javob turlicha bo'lishi mumkin.
Shunda o'qituvchi predmetlar massasini qo'lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo'llarini tushunti- radi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O'quvchilarning diqqatini tarozi pallalari bo'sh vaqtida ko'rsatkich til- larning holatiga, so'ngra esa, pallalarga har xil buyum qo'yilgandan keyingi holatga qaratiladi.
O'qituvchi bolalarga, uzunlikni oichashda qo'llanilgani kabi, massani o'lchash uchun o'lchov birligi zarurligini ma'lum qiladi. Bunday o'lchov birligi sifatida «kilogramm» qabul qilingan. O'qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O'quvchilar toshlarini o'lchash (tortish) bo'yicha mashqlarni o'tkazadilar. Buning oqibatida ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o'lchov bilan boshqa mavzularni kengroq anglash, hisob- kitob bo'yicha ko'nikmalarini mukammallashtiradilar Massalarning yig'indisi, ayirmasi yoki qoldig'ini topish bilan bog'liq masalalarni yechish jarayonida o'quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan miqdorlarni qo'shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar.