Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə23/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

-mi affiks yuklamasi o'zidan oldingi so'zga qo'shib yoziladi, -chi, -a, -ya yuklamalari esa o'zidan oldingi so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimxobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 2. Nahotki shu gaplarga ishongan bo 'Isangiz.
2. Ayirish-chegaralash yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina,- qina).
Bu yuklamalar ayrim narsa va hodisalami boshqalardan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo'llaniladi. -gina affiks yuklamasi o'zidan oldingi so'zga qo'shib yoziladi: To'yga Sheraligina kelmadi, xolos. O'ktam indamadi, faqat yuragida to'lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. Faqat yuklamasining o'rnida yolg'iz so'zini ham qo'llash mumkin. Sifat so'z turkumiga oid bu so'z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg'iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim).
3. Ta'kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu. Gapda ifodalan-
gan biror voqeani ta'kidlash uchun qo'llaniladi: Sobir-ku keldi,
Mahmud kelmadi-da!
4. Kuchaytiruv yuklamalari: axir, hatto, hattoki, -oq
(-yoq).
-oq, (-yoq) affiks yuklamasi o'zidan oldingi so'zga qo'shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom qilishini, boshlanish paytini, ta'kidlashm ko'rsatadi: Gullarni ko'riboq ко 'ngli yorishdi. Axir, hatto, hattoki yuklamalari ham fikrni kuchli ta'kidlash, awalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do'stimsan-kul

  1. O'xshatish-qiyoslash yuklamalari: xuddi, naq, go 'yo,
    go 'yoki. Bahorda bu bog 'lar go 'yoki kelindek yasanadi.
    (CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to 'Idirgan, go 'yo
    kechaning o'zi kuylaydi kabi gaplarda yuklama-bog'lovchi
    vazifasim bajaradi.)

  1. Inkor yuklamasi: na. Takror holda ishlatilib inkor
    ma'nosini ifodalaydi:

Na ко 'kitingfonari о 'chmasdan,
Na yulduz sayr etib ко 'chmasdan. (U.)
Yordamchi so'zlar - ko'makchi, bog'lovchi va yuklamalar tilimizni, uning cheksiz imkoniyatlarini yana ham boyroq, ifodalarimizni yana ham aniqroq va go'zalroq qilishning vosita-laridandir. Yordamchi so'z turkumlari yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarga olib keldi:
1. Ko'makchi, bog'lovchi va yuklamalar nutqimizning cheksiz imkoniyatlarini yanada boyroq, lfodalarimizning yanada aniqroq va go'zalroq bo'lishini, jumlalarning rang-barangligini ta'minlovchi muhim vositalardandir.
2.Yordamchi so'zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so'zlar bilan qo'shimchalar oralig'ida turadi.
3.Yordamchi so'zlar nutq rang-barangligini ta'mmlashini birgina misol yordamida ko'rish mumkin: 1) senday qiz, 2) sendek qiz, 3) sendayin qiz, 4) setting kabi qiz, 5) sen singari qiz, 6) sening singari qiz, 7) senga о 'xshash qiz, 8) senga o'xshagan qiz... (Bu birikmalar о'xshash ma'noni ifodalagani bilan ularning har biri juda nozik farqlarga ega).
4.Bog'Iovchi-yuklama, ko'makchi-bog'lovchi, ko'makchi-yuklama kabilar muosir, til tizimida ko'rsatilganidek, yordamchi so'z turkumlariga xos bo'lgan "oraliq uchinchi"lardir.
5.Tilimizda nisbiy ko'makchilar, nisbiy bog'lovchilar, nisbiy yuklamalar sirasi mustaqil so'zlarning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda.
6.O'z mohiyati bilan yuklamalar modal so'zlarga yaqin turadi. Shu tufayli bu ikkisi ko'pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so'zlar bilan yuklamalarni tenglashtirib bo'lmaydi. Yuklamalar:
1) yuklamalar rang-barang ma'nolarni ifodalaydi,
shulardan ba'zilarigina modal ma'noga yaqin keladi;
2) yuklamalar ko'pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror
so'zga tirkalib yuradi. Modal so'zlar esa:
1) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murak-kablashtiruvchi vosita sifatida ro'yobga chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, [WpmJ gap qurilish qolipming [RmJ qismida mujassamlangan va xilma-xil vositalar bilan ifodalanadigan tasdiq/ inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat'iylik, istak, imkoniyat kabi modal ma'nolar gapning boshqa bo'laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga kirishmaydigan modal so'zlar, tasdiq/inkor so'zlar vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi...(A..Qah.)
2) mustaqil ravishda yakka o'zi bitta gap bo'lib kela oladi
va modal so'z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so'z-gaplarning
barchasida kesimlik kategoriyasi ma'nosi so'zning lug'aviy
ma'nosida mujassamlangan bo'ladi: Kelasizmi? - Albatta.



  1. So`roq va taajjub, kuchaytiruv va takid, ayiruv va chegaralov, aniqlov, gumon va inkor yuklamalari haqida 20 ta misol yozing va tahlil qiling

Reja:
1. Kuchaytiruv yuklamalari:
2. Ta’kid yuklamalari
3. Aniqlov yuklamasi:
4. Gumon yuklamasi:
Yuklamalar mustaqil so‘zlarga yoki gapga qo‘shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlardir. Yuklamalar so‘z o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lmagan yordamchi so‘zlardandir. Ular tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) so‘z yuklamalari: hatto, faqat, nahotki, axir, kabilar; 2) affiks yuklamalar: -gina, -mi, -chi, -a (-ya) -ku, -yu, -u kabilar.
Yuklamalar ma’nolariga ko‘ra quyidagi guruhlarni tashkil etadi:

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin